Kontent qismiga oʻtish

Vidin provinsiyasi

Koordinatalari: 43°48′0″N 22°41′0″E / 43.80000°N 22.68333°E / 43.80000; 22.68333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vidin provinsiyasi

Област Видин
Provinsiya
Skyline of Vidin provinsiyasi
Vidin provinsiyasi
Bayroq
43°48′0″N 22°41′0″E / 43.80000°N 22.68333°E / 43.80000; 22.68333
Mamlakat Bolgariya
Maydon 3,032.9 km2 (1,171.0 kv mi)
Aholisi
 (2022)
72,754
Zichligi auto kishi/km2
Vidin provinsiyasi xaritada
Vidin provinsiyasi
Vidin provinsiyasi

Vidin viloyati (bolgarcha: Област Видин) – Bolgariyaning eng shimoli-gʻarbiy viloyati. Gʻarbda Serbiya, shimoli-sharqda Ruminiya bilan chegaradosh. Uning maʼmuriy markazi Dunay daryosi boʻyidagi Vidin shahridir. Vidin viloyati 11 ta munitsipalitetga boʻlingan. 2023-yil holatiga koʻra, viloyat aholisi 72,754 kishidan iborat boʻlgan[1].

Koʻplab qal’alarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Jumladan, Usmonlilar bosqini davridagi Bolgariyaning soʻnggi qal’alaridan biri boʻlgan Baba Vida va Belogradchik qal’asi ham vayrona holatda saqlangan.

Munitsipalitetlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vidin viloyatidagi munitsipalitetlar hamda ularning markazlari

Vidin viloyati 11 ta munitsipalitetdan tashkil topgan (birlik shakli: obщina, obshtina – koʻplik shakli: obщini, obshtini). Quyidagi jadvalda har bir munitsipalitetning lotin va kirill alifbosida yozilgan nomlari, asosiy shahar (qalin harf bilan) yoki qishloq nomi hamda har bir hududning 2009-yil dekabr holatiga koʻra aholi soni koʻrsatilgan.

Munitsipalitet Krillcha Aholisi[2][3][1] Shaharcha/qishloq Aholisi[3][4][5][6]
Belogradchik Белоградчик 7,045 Belogradchik 5,334
Boynitsa Бойница 1,717 Boynitsa 595
Bregovo Брегово 6,168 Bregovo 2,592
Vidin Видин 66,126 Vidin 49,471
Gramada Грамада 2,384 Gramada 1,647
Dimovo Димово 7,175 Dimovo 1,211
Kula Кула 4,958 Kula 3,287
Makresh Макреш 1,938 Makresh 473
Novo Selo Ново село 3,381 Novo Selo 1,144
Rujintsi Ружинци 4,890 Rujintsi 915
Chuprene Чупрене 2,285 Chuprene 576
Vidindagi Baba Vida qal’asi
Vidin provinsiyasining geografik xaritasi

Vidin provinsiyasi Dunay tekisligi va Staraplaninaning eng gʻarbiy qismlarini oʻz ichiga oladi. Dunay esa Ruminiya bilan chegarani tashkil etadi. Staraplaninaning yon bagʻirlari zich oʻrmonlar, yam-yashil oʻtloqlar bilan qoplangan. Shuningdek, bu yerda Belogradchik qoyalari ham mavjud. Serbiya bilan chegarada 80 ga yaqin gʻorlar joylashgan boʻlib, ularning eng mashhuri Magura gʻoridir. U miloddan avvalgi 10 000 yillarda chizilgan gʻor rasmlari bilan mashhur. Gʻorga yaqin joyda koʻl ham bor.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Belogradchik qoyalari
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1946194,007—    
1956188,518−2.8%
1965179,429−4.8%
1975176,761−1.5%
1985166,68−5.7%
1992151,636−9.0%
2001130,074−14.2%
2011101,018−22.3%
202175,408−25.4%
Manba: pop-stat.mashke.org[7]

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Vidin provinsiyasida 130 074 nafar kishi istiqomat qilgan. Shundan 48.4% erkaklar, 51.6% esa ayollardir[8].

2009-yil oxirida Bolgariya Milliy Statistika Instituti tomonidan Vidin provinsiyasining aholi soni eʼlon qilingan. Unga koʻra, hududdagi aholisi soni 108 067 kishini tashkil etgan[9]. Maʼlumotlarda aholining 32.6% qismi 60 yoshdan oshganlar ekanligi qayd etilgan[10].

Vidin Bulgariyadagi eng qadimiy provinsiyalardan biri boʻlib, 2016-yil oxirida aholisining 28,9 foizi 65 yosh va undan kattalardan tashkil topganligi aniqlangan. Shahar va qishloqda yashovchi qariyalar ulushi oʻrtasida katta farq bor: shaharlarda aholining 21,1 foizi 65 yosh va undan katta boʻlsa, qishloq joylarda bu koʻrsatkich 42,8 foizni tashkil qiladi. 15 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi shaharlarda 13,5%, qishloqlarda esa atigi 9,8% ni tashkil etadi.

Etnik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vidin provinsiyasidagi etnik guruhlar (2011-yil holatiga koʻra)
Etnik guruh Foiz
Bolgarlar
  
91.2%
Ruminlar
  
7.7%
Boshqalar
  
1.1%

Jami aholi soni (2011-yil holatiga koʻra): 101 018[11]

Etnik guruhlar (2011-yil holatiga koʻra)[12]: qaysi etnik guruhga mansub ekanligi aniq boʻlgan aholi: 95 126 kishi

Vidin provinsiyasida dinlar (2001-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra)
Diniy guruhlar Foiz
Pravoslavlar
  
96.1%
Protestantlar
  
0.3%
Rim-katoliklari
  
0.1%
Musulmonlar
  
0.1%
Boshqalar
  
3.3%

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra, viloyatdagi aholining diniy mansubligi quyidagicha[13]:

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra
Diniy tarkib Aholi soni %
Pravoslav xristianlar 125,063 96.15%
Protestantlar 397 0.31%
Rim katoliklari 143 0.11%
Musulmonlar 139 0.11%
Boshqalar 602 0.46%
Dinsizlar 3,730 2.87%
Jami 130,074 100%

Shaharchalar va qishloqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalin harflar bilan yozilgan joy nomlari shaharcha maqomiga ega (bolgar tilida: град, grad sifatida transliteratsiya qilinadi). Boshqa aholi punktlari esa qishloq maqomiga ega (bolgar tilida: село, transliteratsiya selo). Joy nomlari lotin alifbosiga transliteratsiya qilingan[14], keyin qavs ichida bolgar tilida kirill alifbosi bilan asl nomi (Bolgariya Vikipediyasidagi tegishli maqolaga havola) berilgan.

Belogradchik munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belogradchik munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 17 ta qishloq mavjud:

Boynitsa munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boynitsa munitsipalitetida 9 ta qishloq mavjud:

Bregova munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bregovo munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 9 ta qishloq mavjud:

Vidin munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vidin munitsipalitetida ikkita shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 33 ta qishloq mavjud:

Gramada munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gramada munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 7 ta qishloq mavjud:

Dimovo munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dimovo munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 22 ta qishloq mavjud

Kula munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kula munitsipalitetida bitta shaharcha (qalin harflar bilan yozilgan) va 8 ta qishloq mavjud:

Makresh munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makresh munitsipalitetida 7 ta qishloq mavjud:

Novo selo munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novo Selo munitsipalitetida 5 ta qishloq mavjud:

Rujintsi munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rujintsi munitsipalitetida 10 ta qishloq mavjud:

Chuprene munitsipaliteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chuprene munitsipalitetida 9 ta qishloq mavjud: