Kontent qismiga oʻtish

Vikiinkubator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikiinkubator
Vikiinkubator logosi
Web-manzil incubator.wikimedia.org
Interwiki n:
Asosiy boʻlim Koʻp tilli
Asos solingan sana 2006-yil 2-iyun
Asoschi Jimmy Wales va Vikimedia jamoati
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikiinkubator (viki va inkubator soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikimedia Incubator) — Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalarini baholash va sinab koʻrish uchun yaratilgan sayt. Vikipediya, Vikilugʻat, Vikiiqtibos, Vikimanba, Vikikitob, Vikiyangiliklar, Vikiversitet, Vikigid kabi loyihalarning turli tillardagi yangi versiyalari avval Vikiinkubatorda sinab koʻriladi. Vikiinkubatordagi loyihalar alohida viki sifatida ish boshlashi uchun maxsus qoʻmitalar tegishli qaror chiqarishi kerak boʻladi.