Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish/Tepasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu sahifada bir yoki undan koʻp Vikipediya hisoblari ayni shaxs tomonidan gʻarazli niyatda yuritilayotgani yoki yoʻqligini tekshirishimiz uchun soʻrov qoldirishingiz mumkin.

Surishtiruv oʻtkazilishini soʻrashdan oldin qoʻgʻirchoq hisob yuritilayotganini taxmin qilish uchun yetarlicha asos borligiga amin boʻling.

  1. Dalil keltirishingiz shart. Surishtiruv boshlar ekansiz, shubhali qoʻgʻirchoq hisoblar aloqador ekanligini koʻrsatuvchi dalillarni taqdim etishingiz shart. Dalillar orasida hisoblar bir-biriga aloqador ekanligini koʻrsatuvchi difflar boʻlishi kerak. (Tegishli tahrirlar oʻchirilgan holatlar bundan mustasno; bunday holatlarda hisoblar tahrirlagan sahifalarning nomlarini koʻrsatish yetarli boʻladi.)
  2. Dalillarni tushunarli holda keltirishingiz shart. Mujmal soʻrovlar koʻrib chiqilmaydi. Hisoblar bir-biriga aloqador ekanligi boʻyicha shubhalaringiz nimaga asoslanishini koʻrsatishingiz zarur.
  3. Loʻnda yozishingiz kerak. Dalillar loʻnda bayon qilinishi kerak. Aniq va qisqa izoh va dalillar keltirilgan soʻrovlar tezroq koʻrib chiqiladi.

Surishtiruvlarni administratorlar oʻtkazadi. Surishtiruv doirasida hisoblar faoliyati tahlil qilinib, ular aloqador ekanligi yoki yoʻqligi imkon qadar aniqlanadi. Oshkora soʻrov qoldirilgan holatlarda foydalanuvchilarni tekshiruvchilar ham surishtiruv oʻtkazishi mumkin. Tekshiruvchilar hisoblar bilan bogʻliq texnik maʼlumotlarni tahlil qilib, koʻrib chiqilayotgan hisoblar naqadar aloqador ekanligini aniqlaydi. Bunday tekshiruv natijasi odatda texnik dalillar deyiladi. Vikipediyaning oʻzidagi va hammaga ochiq dalillar esa xulq-atvorga oid dalillar deyiladi.

Foydalanuvchilarni tekshirish qoidalariga koʻra, xulq-atvorga oid aniq dalillar taqdim etilgandagina texnik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Texnik dalillar taqdim etilishini soʻrab, xulq-atvorga oid dalillarni taqdim etmasangiz, surishtiruv oʻtkazilmaydi. Bundan tashqari, maxfiylik siyosatiga muvofiq, tekshiruvchilar odatda muayyan IP manzil muayyan foydalanuvchi hisobi bilan bogʻliq ekanligini oshkora taʼkidlamaydi.