Vikipediya:Kontent boʻyicha asosiy tamoyillar
Qiyofa
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Vikipediyada kontent uchta asosiy asosiy tamoyil bilan tartibga solinadi: betaraf nuqtai nazar, tasdiqlansh imkoniyatining mavjudligi hamda mustaqil tadqiqotlarning taqiqlanganligi. Vikipediyani tahrirlovchilar ushbu uchala qoida bilan yaqindan tanishishlari kerak:
- Betaraf nuqtai nazar (VP:BNN) — Vikipediyadagi barcha maqolalar va boshqa ensiklopedik kontent betaraf nuqtai nazar bilan yozilishi, barcha muhim qarashlar adolatli va mutanosib ravishda hamda biror-bir nuqtai nazarga yon bosmagan holda yoritilishi kerak.
- Tasdiqlash imkoniyatining mavjudligi (VP:TIM) — Eʼtiroz bildirilgan yoki eʼtiroz bildirilishi mumkin boʻlgan material va barcha iqtiboslar ishonchli, chop etilgan manbaga tayanishi kerak. Tasdiqlash imkoniyatining mavjudligi ensiklopediyani oʻqiyotgan va tahrirlayotgan shaxslar keltirilgan maʼlumotlar ishonchli manbadan olinganini tekshira olishlari mumkinligini anglatadi.
- Mustaqil tadqiqotlarning taqiqlanganligi (VP:MTT) — Vikipediyada original tadqiqot natijalari chop etilmaydi: Vikipediyadagi barcha materiallar tekshirish mumkin boʻlgan, ishonchli manbalarga tayanishi kerak. Maqolalarda koʻrsatilgan manbalarda ochiqchasiga ilgari surilmagan qarashlarning yangi tahlili yoki sintezi boʻlmasligi kerak.
Bu siyosatlar Vikipediya maqolalariga kiritilishi mumkin boʻlgan materialning turi va sifatini belgilaydi. Bu uch qoida bir-birini toʻldirib turadi, shuning uchun ular alohida-alohida talqin qilinmasligi kerak. Ushbu tamoyillar tayanadigan besh ustun oʻrnini boshqa siyosat yoki qoida va koʻrsatmalar egallay olmaydi. Ushbu uchta siyosat sahifalarini faqat tamoyillarni qoʻllash va ularni tushuntirishni yaxshilash maqsadidagina tahrirlanishi mumkin.