Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Tiklashga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu yerda oldin oʻchirilgan sahifalarni tiklash uchun arizalar roʻyxati keltirigan. Agar sahifa oʻchirishga endi qoʻyilgan boʻlsa, Vikipediya:Oʻchirishga sahifasining tegishli boʻlimida muhokama qiling.

Iltimos, yangi soʻrovlarni sahifaning eng pastidan qoʻshing.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Maqola ensiklopedik ahamiyatga ega deb oʻylayman. Maktab Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan qurilgan. Nufuzli manbalar yetarlicha. {{Tezda oʻchirishga}} andozasi tahrirlayotganimda qoʻyilgan. Maqola toʻliq yoritilmagandi. Qolaversa, maqola munozarasi yakunlanmay turib oʻchirib yuborilgan. Mana bu munozarada esa, Nodir aka qolishi kerakligi haqida aytgandi.

Agar ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmasa, ijod maktablaridagi barcha maqolaga tezda oʻchirish taklifini bildiraman —Muzaffar Murodovichmunozara 19:34, 9-Fevral 2023 (UTC)

Farishtalar va iblislar

Chunki men yaratgan maqolamda toʻliq maʼlumotlar keltrigan edim, nufuzli manbalardan ham foydalandim, nafaqat ingliz tilidagi muqpbili, balki undanda koʻproq foydali maʼlumotlarni kiritdim va hali portallarni endi kiritayotgan edim. Mening maqolamdan oldin oʻzbek tilida shunga oʻxshash maqola mavju boʻlgan, ammo u sifatsiz va manbalardan holi boʻlganligi sababidan yangi maqola yaratgan edim. Eski maqolani esa tahrir qila olmadim, qayta tiklashlaringiz soʻrab, hurmat va ehtirom ila S. N.K —Santuagara (munozara) 14:18, 25-Iyul 2023 (UTC)

Ispaniya Sharqiy-Hindistoni

Bu sahifani Umarxon III Avtomat qilingan deb oʻchirib tashladilar. Bu mavzuni oʻzim qoʻlda tarjima qilganman. Iltimos sahifani tiklasangizlar iltimos!!! —DONABDU2003 (munozara) 08:03, 30-Iyul 2023 (UTC)

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Sahifa asossiz ravishda oʻchirilgan, ushbu nomli OTM hozirda mavjud va litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda —Farrux99 (munozara) 14:57, 27-Avgust 2023 (UTC)

Maqolani oʻchirish sababiga qarang: mualliflik huquqlarini yaqqol buzish: Plagiat: 56 foiz.
Malikxan munozara 15:09, 27-Avgust 2023 (UTC)
Qaysi manbaadan plagiat koʻchirilganini keltirib oʻtsangiz, iltimos. Men sahifani qayta yaratishim mumkinmi? Farrux99 (munozara) 06:04, 1-Sentabr 2023 (UTC)

Edirne shahri

bu sahifa boshqa sahifa nusxasi emas —Hasan Tohirov (munozara) 12:24, 15-Sentyabr 2023 (UTC)

Edirne maqolasi avvaldan mavjud.
Malikxan munozara 04:53, 17-Sentyabr 2023 (UTC)

Valeriy Meladze

Avtomat tarjima deb oʻchirilibdi, oʻz xatoim tufayli thr andozasini toʻliq koʻrib chiqmasdan olib tashlabman, qaytarilsa, tahrirlab, maʼlumotlarni oʻz soʻzim bilan qaytadan yozib chiqaman —Hammasigakulibqoydim (munozara) 05:41, 16-Sentyabr 2023 (UTC)

Maqola qoidalarga binoan oʻchirilgan. Hafsala boʻlsa, yangidan yaratishingiz mumkin. Ammo tushunarli oʻzbek tilida yozing.
Malikxan munozara 04:53, 17-Sentyabr 2023 (UTC)
Javob uchun rahmat, tushunarli Hammasigakulibqoydim (munozara) 07:04, 17-Sentyabr 2023 (UTC)

Ahmad Hodiy Maqsudiy

Bu maqolani asosiz oʻchirib yuborishgan deb oʻylayman, chunki maqolani yozishdagi barcha qoidalarga amal qilgan holda yozganman. Keyin fountainda baho berilib qabul qilingan edi bu maqola. Sal oʻtib Umarxon III tomonidan (tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi) degan tarkibda oʻchirilib yuborilgan. Shu maqolani qayta koʻrib chiqshilani soʻriman. —Toshkentlikqiz (munozara) 10:30, 16-Sentyabr 2023 (UTC)

Maqola qoidalarga binoan oʻchirilgan. Hafsala boʻlsa, yangidan yaratishingiz mumkin. Ammo tushunarli oʻzbek tilida yozing.
Malikxan munozara 04:53, 17-Sentyabr 2023 (UTC)

Dorothy Vaughan

Bu maqola baholangan edi. Keyin Umarxon III tomonidan oʻchirilgan. Buni asosiz deb oʻylayman. Chunki wikipedia qoidalariga amal qilgan holda yozgan edim. Bu maqolani qayta koʻrib chiqib, qaytarib bershilani soʻriman —Toshkentlikqiz (munozara) 10:35, 16-Sentyabr 2023 (UTC)

Maqola qoidalarga binoan oʻchirilgan. Hafsala boʻlsa, yangidan yaratishingiz mumkin. Ammo tushunarli oʻzbek tilida yozing. Bundan tashqari, asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, balki aslidek yozing.
Malikxan munozara 04:53, 17-Sentyabr 2023 (UTC)

Mobicom Uzbekistan

Mobicom Uzbekistan kompaniyasi haqida barcha malumotlar toʻgʻri kiritilgan edi, lekn u maqola Umarxon III tomonidan oʻchirilgan buni men asossiz deb ayta olaman. Chunki wikipedia qoidalariga amal qilgan holda yozilgan va kompaniyaning malumotlari toʻliq kirgazilgan edi. Bu maqolani qayta koʻrib chiqib, tezroq tiklab bershilani soʻriman. —Azimov Diyorbek (munozara) 11:19, 20-Sentyabr 2023 (UTC)

Maqola asossiz emas, balki qoidalarga binoan oʻchirilgan.
Malikxan munozara 11:18, 30-Sentyabr 2023 (UTC)

Murolim Xamroqulov

Sahfianing tiklanish sababi biz Instagram va Telegram uchun Galochka olmoqchi edik. U yerda Wikipediada shaxs haqida maʼlumot soʻramoqda. Shu sababli sahifani qayta tiklab berishingizni soʻrayman! —Davronbek Tursunboyev (munozara) 10:10, 23-Sentyabr 2023 (UTC)

Vikipediyada ensiklopedik ahamiyatga molik mavzularda maqola yozish mumkin. VP:BIO sahifasi bilan tanishib chiqing.
Malikxan munozara 11:18, 30-Sentyabr 2023 (UTC)

Gamma-spektroskopiya

Bu maqolani foydalanuvchi Turgʻunoydan oldingi holatida tiklash kerak, menimcha —Xusinboy Bekchanov (munozara) 02:41, 21-Oktyabr 2023 (UTC)

Giperesteziya

Ushbu sahifa hech bir munozarasiz Alibek Attamov va Umarxon III tomonidan oʻchirib yuborildi. Vaholanki, maqola uning inglizcha versiyasidan ham koʻproq maʼlumotni jamlagan holda, butun oʻzbek segmentidagi aloqador deyarli barcha mavjud maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan edi. Mashina tarjimasi emas edi va imlo boʻyicha ham muammolar deyarli yoʻq edi. Yuqoridagilarni va bir necha soatlik mehnatimni hisobga olgan holda, ushbu sahifani qayta tiklashingizni va bu ishni qilganlarga munozara va muhokamalarsiz, xatolar va kamchiliklarni tushuntirmasdan, tahrir uchun imkon bermasdan sahifalarni oʻchirib yubormaslik boʻyicha ogohlantirish berishingizni soʻrayman. —Sunnatulla Hakimov (munozara) 23:43, 28-Noyabr 2023 (UTC)

Maqola hazil sifatida oʻchirilmadi, u Vikipediya qoidalariga mos kelmadi. Ishtirokchilarga ogohlantirishlarni yuborishni taklif qilish esa tiklash uchun arizangizdan ham ahmoqroq koʻrinadi. 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 00:21, 29-Noyabr 2023 (UTC)
„Ishtirokchilarga ogohlantirishlarni yuborishni taklif qilish esa tiklash uchun arizangizdan ham ahmoqroq koʻrinadi.“ – Sizga kim izn berdi bunaqa yozishga, @Alibek Attamonov? Sal oʻzingizni bosib oling va haddingizdan oshmang.
Maqola oʻchirilishidan avval tegishli foydalanuvchilar ogohlantirulishi shart (mualliflik huqulari yaqqol buzilgan holda ham foydalanuvchi munozarasida yozish kerak). @Muxriddin Azimov, @Umarxon III, maqola Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlariga mos kelmasa, muhokamasiz oʻchirib yubormaylik. Aynan qaysi qoidaga zid edi maqola? Vikilashtirilmagani tezda oʻchirish uchun yetarli asos boʻla olmaydi. Nataev munozara 01:58, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Qoʻshilaman. Sunnatulla Hakimov (munozara) 03:19, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Qoidalarga mos kelmagan boʻlsa, aynan qaysi qoidalarga mos kelmaganini birma-bir sanab bering, sizdan iltimos. Men yozganimga javob bera olaman. Bu maqola oʻchirishga loyiq emas edi. Xatoyingizni mard boʻlib tan oling. Undan koʻra, qayeridadir xato boʻlsa menga tushuntiring, oʻrgating. Yuqoridagi arizalarga bir koʻz tashlang, koʻpchilik Umarxon III dan shikoyat qilgan, siz ham shu kishiga oʻxshamoqchimisiz? Men hali yangiman va oʻzimga oʻxshagan yangi qiziquvchilar oʻzbek wikipediasini boyitaman, hissamni qoʻshaman deb turganida, na xatosini tushuntirmay, na sababini aniqlashtirmay va na ogohlantirmasdan tuturiqsiz shablon gaplar bilan oʻchirib yuborish, ularning shashtini qanchalik tushirib yuborishini tasavvur qila olasizmi? Bunday ishlaringiz bilan oʻzbek wikipediasining kelajagiga bola urayatganingiznichi? Menimcha, ogohlantirishsiz maqolani oʻchirmaslik boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishishingiz kerak. Sunnatulla Hakimov (munozara) 03:18, 29-Noyabr 2023 (UTC)
@Sunnatulla Hakimov, maqolani boshidan yaratishingiz mumkin bemalol. Quyidagi narsalarga eʼtibor qiling:
  • Maqolada nufuzli manbalar boʻlishi shart.
  • Maqola tuzilishi, ensiklopedik ohang haqida tasavvurga ega boʻlishi uchun boshqa tillardagi vikilardagi maqolalarni oʻqib koʻring.
  • Maqolalarni bezash sahifasi bilan tanishib chiqing. Masalan, boʻlim nomi „Mavzuga aloqadir“ emas, balki „Yana qarang“ boʻladi.
  • Maqolani yaratganingizdan keyin boshqa tillarga ulang (masalan, siz yozgan holat haqida enwikidagi maqola mana bunday nomlanadi: en:Hypersensitivity.
  • Vikifikatorni ishlatish esdan chimqasin.
  • Mashina tarjimasidan umuman foydalanmang.
Savol tugʻlsa, bemalol shu yerda yozavering. Nataev munozara 02:08, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum.
  1. Yuqoridagi arizalardan birida ham, Malikxan degan kishi „Hafsala boʻlsa, yangidan yaratishingiz mumkin“ deb javob beribdilar. Siz ham boshidan yarating deyapsiz!? Bu odamning ustidan kulishi emasmi? Qanday qilib bir-necha soat ustida ishlangan maqolani mashaqqat bilan chop etgach, u oʻchirilsa-yu, uni boshidan yozish uchun xohish yoki „hafsala“ topilsa? Bu qaysi sogʻlam aqlga toʻgʻri keladi? Maqolani qayta tiklab bering, men undagi xatolarimni toʻgʻrilab, tahrirlashga tayyorman. Bundan tashqari, bitta maqola bir kishi tomonidan ideal tarzda yaratilinmaydi. Bu Wikipedia! Buni mendan ham yaxshi bilasizlar, bu hamkorlikdagi ish, hamma birgalikda yillar mobaynida yaratadi, axir.
  2. Nufuzli manbalar togʻrisida. Giperesteziya termini juda tor maʼnodagi tushuncha boʻlib, u haqida biror alohida kitob yoki nufuzli manba yoʻq. Bundan tashqari, maqola ostidagi manbalarga bir koʻz tashlasangiz, u yerda oʻtgan asrdan beri ushbu terminga ozmi-koʻpmi izoh bergan 10 dan ortiq kitoblarni keltirib oʻtganman. Balki, bular orasida xatolari bordir, ammo buni ham vaqti bilan toʻgʻrilasa boʻladiku.
  3. Ensiklopedik ohang. Bu tibbiy maqola edi. Afsuski, oʻzbek tibbiyoti shunchaki, tarjimalardan iborat, xolos. Unga qandaydir ohang berish uchun yana yillar kerak, nazarimda. Ammo, keyingi maqolalarda harakat qilaman, albatta.
  4. Yana qarang jumlasining oʻzi oʻzbek tilida gʻalati eshitilinadi. Bu shunchaki, inglizchadagi „See also“ning tarjimasidir. Shuning uchun, Mavzuga aloqador jumlasi menga mantiqliroq koʻringan edi. Mayli agar ommaga tushunarli boʻlsa, Yana qarang deb yozaveraman.
  5. Hypersensitivity bu butunlay boshqa narsa. Enwikida bu maqolani Hyperesthesia deb qidirsangiz topa olasiz. (Uzr, telefonda qanday qilib havola ulashni hali tushunolmadim.) Sizdan iltimos, bir qidirib oʻqib koʻring. Enwikida bu termin haqidagi maqola qanchalar joʻn va kam yozilganligiga eʼtibor bering. Men ingliz, rus va oʻzbek manbalarini va hozir Tibbiyot oliygohida oʻtayatgan psixiatriya fanidagi manbalar va bilimlarimni birlashtirgan holda yaratgan ushbu maqolani, bilmadim balki, tibbiyotga aloqasi boʻlmagan shaxslar tomonidan hech qanday ogohlantirish va tushuntirishlarsiz oʻchirib yuborilishi, meni quyushqondan chiqarib yuborishi tabiiydir, balki?
  6. Mashina tarjimasidan foydalanmaslikka va Vikifikatorni oʻrganishga harakat qilaman.
  7. Men talablarimda qatʼiy turib, maqolani tiklashingizni soʻrayman. Xatolarim ustida, albatta ishlashda davom etaman. Bundan oldin ham, bu maqolamni bir marotaba oʻchirishgan edi. Oʻshanda ham muayyan davr mobaynida maqolani boyitib bormoqchi edim. Lekin, xatoyimni tushunib gʻing demasdan, bor kuchimni ishga solib bu maqolani qaytadan yaratsam, yana xuddi oʻsha shablon sabablar bilan oʻchirib yuborishdi. Maqolani tiklashingizni va bundan keyin maqolalarni ogohlantirish, munozara, aniq tushuntirishlar va xatoni toʻgʻrilashga imkoniyatlarsiz oʻchirib yuborishlariga qarshi fikrlarni adminstratorlar darajasida munozaraga qoʻyishingizni soʻrayman.
Sunnatulla Hakimov (munozara) 03:57, 29-Noyabr 2023 (UTC)
„Sogʻlom aql“ va hokazo deb dod solmang. Vikipediya qoidalarini birdaniga oʻzlashtirish qiyin. Asta-sekin oʻrganib olasiz. Maqola sizga toʻliq izoh berilmay oʻchirgani xato va @Muxriddin Azimov hamda @Alibek Attamonov buni anglab yetishganiga umid qilaman.
Maqolani koʻrib chiqdim. Tiklagandan koʻra yangidan yaratgan soz. Sababi maqola toʻgʻri rasmiylashtirilmagan, manbalar <ref> teglariga olinmagan, Vikipediyaga toʻgʻri kelmaydigan ohangda yozilgan.
Yangidan yaratar ekansiz, Vikipediya tibbiyot darsligi yoki davolash boʻyicha maʼlumot beriladigan sayt emasligini unutmang. Qarang: Vikipediya:Vikipediya nima emas. Vikipediya – general encyclopedia, yaʼni undagi maqolalar oddiy odam tushuna oladigan uslubda yoziladi. „Davolash“ boʻlimini yaratib, oʻquvchiga vrach maslahatlarini berish („yaxshi uyqu“ va hokazo) yaramaydi. Manbalarga tayangan holda qoʻllaniladigan davolash usullari haqida qisqa, tushunarli maʼlumot keltirishingiz mumkin. Enwikida va ruwikida tibbiyot boʻyicha maqolalar qanday yozilganini koʻrib chiqsangiz, tasavvurga ega boʻlasiz.
Maqolani en:Hyperesthesiaga ulash toʻgʻri boʻlsa, oʻshanga ulang.
Keyin, imloga eʼtibor bering. Tahrirchi, Savodxon xizmatlaridan foydalaning. Nataev munozara 16:23, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum hurmatli Nataev! Maqola birinchi marotaba Axadjon1 tomonidan tezda oʻchirishga berilganda saqlab qoladigan holda emas edi, shuning uchun koʻrib chiqib oʻchirib yuborgan edim. Maqola yangi foydalanuvchi tomonidan yaratilganligiga etibor bermabman. Yangi foydalanuvchilarga yumshoq muomilada boʻlish haqidagi fikringizni dastaklayman va shunga harakat qilaman. Ikkinchi marotaba tezda oʻchirishga bergan va oʻchirgan foydalanuvchilarni ham bu holatga etibor qaratishlarini soʻrab qolaman! Barchangizga yoqimli tahrirlar! Muxriddin Azimov (munozara) 17:08, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu aleykum men birinchi maqolani oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatganimda, maqola siz aytgandek yomon holatda edi, aniq eslolmayman lekin, maqolada manbalar va turkumlar mavjud emas edi, albatta eʼtiborli boʻlaman! Yoqimli tahrirlar! — Axadjon1 (munozara) 17:16, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Salom, ha, men maqolani o'chirish sababini to'liq ko'rsatmasdan tez o'chirish uchun yuborganimda xato qildim. Men o'chirishlar tarixini ham ko'rib chiqdim, chunki maqola allaqachon o'chirilgan edi, shuning uchun "U4: Avval oʻchirilgan va qayta yaratish taʼqiqlangan sahifa" qoidalari haqida o'yladim. 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 19:54, 29-Noyabr 2023 (UTC)

„"MASHINASOZLIK" ILMIY-TEXNIKA JURNALI“

Ushbu nomda rasman ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy jurnal chop etiladi. Maqolada ham jurnal sahifasiga havola ham berilgan.„Sahifani chop etish“ tugmasini bosing. —Umidjon Mamarasulov (munozara) 13:23, 20-Aprel 2024 (UTC)

40 farz

Bu yerga sahifani nega tiklash zarur, deb oʻylashingiz haqida yozing. Yozib boʻlgandan keyin pastdagi „Sahifani chop etish“ tugmasini bosing. —RashidTuychiyev (munozara) 04:46, 18-avgust 2024 (UTC)40 farz

Timeless (The Weeknd va Playboi Carti qoʻshigʻi)

Maqola hech qanaqasiga avtomat tarjima emas, har bitta gap alohida oʻgirib chiqilgan —Azizxon Muzaffarov (munozara) 06:47, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)[javob berish]

Boshidan tanishib chiqish, avtomat tarjima deb hisoblangan joylarini koʻrib chiqib, tuzatishga vaqt berilmadi. Azizxon Muzaffarov (munozara) 06:49, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)[javob berish]

Tuz yoʻli

Tarixiy kerakli maʼlumotlar, yetarlicha tarjima qilingan , deb oʻylashingiz haqida yozing. Yozib boʻlgandan keyin pastdagi „Sahifani chop etish“ tugmasini bosing. —Behruz1111 (munozara) 07:41, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)[javob berish]

Kadirov Anvar

Wikipedia sahifasi qo'shilgan inson To'rtko'l tumani uchun ancha yillar xizmat qilgan va hozirda xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bu shaxsning xizmatlarini tarixga muhrlash va Wikipedia ni kerakli ma'lumotlar bilan boyitish uchun hissamni qo'shmoqchiman. „Sahifani chop etish“ tugmasini bosing. —Best writer 222 (munozara) 17:42, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)[javob berish]

Gulf urushi

Mana maqolangizni o‘chirmaslik uchun bir necha sabablar keltirilgan matnlar: --- Hurmatli ma’muriyat! Mening maqolamni o‘chirish rejasiga nisbatan o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Quyida uni platformada saqlab qolish zarur deb hisoblashimning asosiy sabablari keltirilgan: 1. Ma’lumotning o‘ziga xosligi va foydaliligi: Maqolam o‘quvchilarga yangi va foydali ma’lumotlar taqdim etadi. Ushbu mavzu bo‘yicha boshqa manbalarda bunday batafsil va tushunarli izoh berilmagan. Bu esa o‘quvchilarning bilimini kengaytirishga xizmat qiladi. 2. Tadqiqotga asoslangan kontent: Maqola mazmuni izlanishlar va manbalarga asoslanib yozilgan. Barcha iqtiboslar va faktlar aniq manbalardan olingan bo‘lib, mualliflik huquqlariga hurmat bilan yondashilgan. Har bir manba o‘z o‘rnida ko‘rsatib o‘tilgan. 3. O‘quvchilar uchun muhim va qiziqarli bo‘lishi: Ushbu maqola o‘quvchilar orasida qiziqish uyg‘otadigan va ko‘p odamga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzuni yoritadi. Bu orqali o‘quvchilarni jalb qilish va foydali bilim berishga xizmat qiladi. 4. Mualliflik huquqlari bilan bog‘liq muammolarning hal qilinishi: Agar maqolada ba’zi bir texnik xatolar yoki mualliflik huquqlari bilan bog‘liq noaniqliklar mavjud bo‘lsa, ular to‘g‘irlanishi va barcha qoidalarga mos keladigan shaklda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ushbu maqola platforma uchun foydali va kerakli ekaniga ishonaman va uni saqlab qolishingizni so‘rayman. Hurmat bilan, [Maqola muallifi: SHPP] —SHPP (munozara) 15:09, 2024-yil 11-noyabr (UTC)[javob berish]

Xose Antonio Primo De Rivera

Mana maqolangizni o‘chirmaslik uchun bir necha sabablar keltirilgan matn namunasi: --- Hurmatli ma’muriyat! Mening maqolamni o‘chirish rejasiga nisbatan o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Quyida uni platformada saqlab qolish zarur deb hisoblashimning asosiy sabablari keltirilgan: 1. Ma’lumotning o‘ziga xosligi va foydaliligi: Maqolam o‘quvchilarga yangi va foydali ma’lumotlar taqdim etadi. Ushbu mavzu bo‘yicha boshqa manbalarda bunday batafsil va tushunarli izoh berilmagan. Bu esa o‘quvchilarning bilimini kengaytirishga xizmat qiladi. 2. Tadqiqotga asoslangan kontent: Maqola mazmuni izlanishlar va manbalarga asoslanib yozilgan. Barcha iqtiboslar va faktlar aniq manbalardan olingan bo‘lib, mualliflik huquqlariga hurmat bilan yondashilgan. Har bir manba o‘z o‘rnida ko‘rsatib o‘tilgan. 3. O‘quvchilar uchun muhim va qiziqarli bo‘lishi: Ushbu maqola o‘quvchilar orasida qiziqish uyg‘otadigan va ko‘p odamga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzuni yoritadi. Bu orqali o‘quvchilarni jalb qilish va foydali bilim berishga xizmat qiladi. 4. Mualliflik huquqlari bilan bog‘liq muammolarning hal qilinishi: Agar maqolada ba’zi bir texnik xatolar yoki mualliflik huquqlari bilan bog‘liq noaniqliklar mavjud bo‘lsa, ular to‘g‘irlanishi va barcha qoidalarga mos keladigan shaklda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ushbu maqola platforma uchun foydali va kerakli ekaniga ishonaman va uni saqlab qolishingizni so‘rayman. Hurmat bilan, [Maqola muallifi: SHPP] —SHPP (munozara) 15:11, 2024-yil 11-noyabr (UTC)[javob berish]

Friedrich Ludwig Jahn

Mana maqolangizni o‘chirmaslik uchun bir necha sabablar keltirilgan matn namunasi: --- Hurmatli ma’muriyat! Mening maqolamni o‘chirish rejasiga nisbatan o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Quyida uni platformada saqlab qolish zarur deb hisoblashimning asosiy sabablari keltirilgan: 1. Ma’lumotning o‘ziga xosligi va foydaliligi: Maqolam o‘quvchilarga yangi va foydali ma’lumotlar taqdim etadi. Ushbu mavzu bo‘yicha boshqa manbalarda bunday batafsil va tushunarli izoh berilmagan. Bu esa o‘quvchilarning bilimini kengaytirishga xizmat qiladi. 2. Tadqiqotga asoslangan kontent: Maqola mazmuni izlanishlar va manbalarga asoslanib yozilgan. Barcha iqtiboslar va faktlar aniq manbalardan olingan bo‘lib, mualliflik huquqlariga hurmat bilan yondashilgan. Har bir manba o‘z o‘rnida ko‘rsatib o‘tilgan. 3. O‘quvchilar uchun muhim va qiziqarli bo‘lishi: Ushbu maqola o‘quvchilar orasida qiziqish uyg‘otadigan va ko‘p odamga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzuni yoritadi. Bu orqali o‘quvchilarni jalb qilish va foydali bilim berishga xizmat qiladi. 4. Mualliflik huquqlari bilan bog‘liq muammolarning hal qilinishi: Agar maqolada ba’zi bir texnik xatolar yoki mualliflik huquqlari bilan bog‘liq noaniqliklar mavjud bo‘lsa, ular to‘g‘irlanishi va barcha qoidalarga mos keladigan shaklda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ushbu maqola platforma uchun foydali va kerakli ekaniga ishonaman va uni saqlab qolishingizni so‘rayman. Hurmat bilan, [Maqola muallifi: SHPP] —SHPP (munozara) 15:13, 2024-yil 11-noyabr (UTC)[javob berish]

Yashil kitob Muammar Qaddafiy

Muammar Qaddafiyning *Yashil kitob* (*Al-Kitāb al-Akhdar*) asari mavjud bo'lib, u 1975-yilda yozilgan va Liviya rahbari Qaddafiy tomonidan davlat boshqaruvi va jamiyat haqidagi o'z falsafiy qarashlarini bayon etgan asar hisoblanadi. Ushbu kitob uchta qismdan iborat bo'lib, unda Qaddafiy xalq boshqaruvi, iqtisodiy tenglik, milliy birdamlik, va boshqa ijtimoiy mavzulardagi g‘oyalarini bayon qilgan. Qaddafiy *Yashil kitob* orqali o'zining xalqni boshqarish va demokratiya haqidagi "uchinchi nazariya" konsepsiyasini ilgari surdi. Bu nazariya na kapitalizmga, na kommunizmga o'xshab, xalqni bevosita boshqaruvga jalb qilishni maqsad qilgan edi. Kitobda Qaddafiy davlat tuzilmasida va jamiyatda adolatni ta’minlashni, kapitalizm va kommunizmning kamchiliklarini yo‘qotish g‘oyasini taqdim etadi. Shu sabab, *Yashil kitob* Liviyada jamiyatning siyosiy va iqtisodiy tuzilmalarini shakllantirishga kuchli ta’sir qilgan. Kitob qisqa emas, balki kengroq siyosiy-ijtimoiy nazariyalarni o'z ichiga olgan va Liviya tarixida muhim o'rin egallagan asar hisoblanadi. —SHPP (munozara) 15:17, 2024-yil 11-noyabr (UTC)[javob berish]

dasturiy taminotni ichlab chiqish strategiyasi

Bu maqola nimas sababtan ocirilgan ensiklopedik maqola emasmi, hammsi to'gri yo'zilgan ediku. —ARISlanbek25 (munozara) 16:03, 2024-yil 19-noyabr (UTC)[javob berish]