Vikipediya:Oʻchirishga/Ulug‘bek Shodibekov
Qiyofa
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Natija: Munozarada qatnashgan foydalanuvchilar fikrlariga binoan sahifa oʻchirishga qaror qilindi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:01, 2024-yil 9-oktyabr (UTC)
- Ulug‘bek Shodibekov (tahrir | munozara | tarix | himoya | oʻchirish | ishoratlar | kuzatuv | qaydlar | koʻrishlar)
- (Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi)
Maqolaning ensiklopedik ahamiyati yoʻq. Maqoladagi deyarli birorta maʼlumot manbalarda yoʻq. VP:BNN ga ham mos emas. Soqqa evaziga yozilganga oʻxshaydi. Muzaffar Murodovich (munozara) 12:10, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- VP:AKTYORLAR boʻyicha ham ensiklopedik ahamiyatga ega emas. Jamshid Nurqul (munozara) 12:14, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- Ensiklopedik ahamiyati yoʻqligi haqidagi fikringizga qoʻshilaman. Shuningdek, maqolada keltirib oʻtilgan manbalarda ham matnda berilgan axborotlar tasdiqlanmagan. Qolaversa, maqola matnining bir necha oʻrinlarida xatoliklar hamda gʻaliz jumlalar mavjud. 7Devona 14:05, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- Oʻchirilsin. Enwikidagi yozganidek, maqolalardagi birorta manba nufuzli emas. Nataev munozara 16:10, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
Xulosa: Ushbu maqola quyidagi sabablarga koʻra ensiklopedik ahamiyatga ega emas:
- Maqola subyektiga aylangan shaxs hech qanday aktyor yoki xonanda emas, balki Youtube hamda Instagram platformalarida mashhur vaynerdir.
- Ushbu shaxs maqolada keltirib oʻtilganidek nufuzli davlat mukofotlari, jumladan Nihol davlat mukofotiga sazovor boʻlgani tasdiqlanmadi.
- Maqolada keltirib oʻtilgan va mazkur shaxs rol oʻynagani iddao qilingan „Qoʻshni Ulugʻbek“ hamda „Sasha aka“ filmlari aslida kinofilm emas, balki ushbu shaxs ishtirokidagi koʻp qismli vaynlar hisoblanadi.
- Maqolada koʻrsatilgan manbalar ham VP:NM talablariga javob bermaydi. Jumladan, manba sifatida keltirilgan savol-javob hamda malumot saytlari blog saytlar hisoblanadi. kun.uz, daryo.uz saytlaridagi maqolalar esa Farhod Mannopovning vafoti munosabati bilan tashkil qilingan intervyu boʻlsa, repost.uz saytidagi maqola esa maqola subyekti haqida emas.
Yuqoridagi sabablardan kelib chiqqan holda mazkur maqola oʻzbekcha Vikipediyaning amaldagi qoida hamda koʻrsatmalariga mos emas, deb topildi va Oʻchirildi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:59, 2024-yil 9-oktyabr (UTC)
- Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.