Kontent qismiga oʻtish

Vikipediyaning teranligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyaning teranligi (inglizcha: Depths of Wikipedia) — bu ijtimoiy tarmoqlardagi Vikipediyadagi noodatiy, hayratlanarli va qiziqarli maʼlumotlarni yoritib borishga moʻljallangan akkaunt (hisob)lar guruhi. 2020-yilda Michigan universiteti talabasi Annie Rauwerda (talaffuzi: Enni Rauverda)[1] tomonidan Instagram ijtimoiy tarmogʻida yaratilgan akkauntda Vikipediyadagi hazil yoki absurd mavzulardagi maqolalaridan parchalar berila boshlangan.

Shuningdek, qoʻshimcha ravishda Annie Rauwerda Vikipediyaning teranligi va maqolalarni tahrirlash boʻyicha seminarlar va jonli efirda komediyali koʻrsatuvlarni tashkil ettirgan.

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Annie Rauwerda. 2022-yil

Instagramdagi Vikipediyaning teranligi akkaunti (hisobi) 2020-yil aprel oyida Michigan universiteti nevrologiya fakulteti talabasi Annie Rauwerda tomonidan yaratilgan[2][3][4]. Annie Rauwerda akkaunt (hisob)ni shaxsiy loyiha va inglizcha Vikipediyadagi noodatiy, hayratlanarli hamda qiziqarli maʼlumotlarni boshqalar bilan baham koʻrish maqsadida COVID-19 pandemiyasining boshida yaratgan[2][5]. Rauwerdaning soʻzlariga koʻra, doʻstining jurnali uchun Vikipediyadan olgan maqola parchalari kollaji va Vikipediyadagi cow tipping (tarjimasi: sigirni yiqitish) haqidagi maqolasidagi fotosuratdan ilhomlanlanib, mazkur loyihani yaratgan[3].

Annie Rauwerda loyiha yaratilmasdan oldin Vikipediyaga qiziqqan, bolaligidanoq onlayn ensiklopediyagi maqolalarni oʻqish va oʻrta hamda yuqori maktabdagi sinfdosh doʻstlari bilan birgalikda Wikiracing (tarjimasi: Vikipoyga) musobaqalarida qatnashgan[2][6].

Annie Rauwerda Vikipediyadagi Instagramda mashhur boʻlgan Caroline Calloway (talaffuzi: Karolin Kallovey) haqidagi maqola toʻgʻrisidagi xabarni oʻz akkauntida joylashtirgandan soʻng, uning obunachilari koʻpayadi[5][6].

Instagram akkauntidagi obunachilar soni ortganidan so‘ng, Rauwerda TikTok va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida xuddi shu nomdagi akkauntlarni yaratadi va Vikipediyagi noodatiy maqolalarni batafsilroq yorituvchi axborot byulletenini ishga tushiradi[5][6].

Vikipediyaning teranligida „Portlovchi shimlar“, „Yadroviy Gandi“, „Ulkan doskada shaxmat“, „Jinsiy faol papalar roʻyxati“ kabi mavzulardagi maqolalar haqida maʼlumotlar mavjud[2][7].

Annie Rauwerda Vikipediya maqolalari boʻyicha tez-tez maʼlumotlar olib turadi, ammo qaysi birini akkaunt (hisob)ga joylashtirishni oʻzi tanlaydi[5]. 2021-yil oktabr oyida Rauwerda „kuniga 30 tadan 50 tagacha foydalanuvchilarning xabarlarini qabul qilishi“ haqida aytib oʻtdi[6].

Annie Rauwerda Vikipediya muharriri sifatida Vikipediyadagi maqolalarni tahrirlash yuzasidan seminarlar va jonli efirda komediyali shoular oʻtkazgan[2][3][5][6][8].

Vikipediyaning teranligi akkaunti (hisobi) obunachilari orasida taniqli kishilar Neil Gaiman, John Mayer, Troye Sivan va Olivia Wilde bor[7][9].

Kansas State University ritorika va texnologiya fakultetiti professori Heather Woods soʻzlariga koʻra, Vikipediyaning teranligi „internet madaniyatiga kirishda jozibador yoki baʼzan kulgili darajadagi yoqimsiz takliflarni berish orqali“ internetni „kichiklashtiradi“[5]. Vikipediyani moliyalashtirish bilan shugʻullanuvchi Vikimedia jamg‘armasining brend direktori Zachary McCune akkaunt (hisob)ni „Ishdan soʻng Vikipediyaning yaxshi joylariga sayohat qiladigan eng yaxshi maskan“ deb taʼriflagan[5].

  1. Dzotsi, Emmanuel; Goldman, Alex; Nederveen-Pieterse, Kim „#188 Into the Depths“. Reply All. Gimlet Media (2022-yil 9-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Shamani, Joshi „I Look For the Weirdest and Wildest Things on Wikipedia. Here's What I've Learned.“. Vice Media (2022-yil 13-yanvar). 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 Stiernberg, Bonnie „How One Instagram Account Finds the Weirdest Stuff on Wikipedia“ (ingliz tilida). InsideHook (2021-yil 15-yanvar). 2021-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  4. Agarwal, Aashna „The Viral Instagram Page Diving Into the Depths of Wikipedia“ (ingliz tilida). Lithium Magazine (2021-yil 5-yanvar). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Kambhampaty, Anna P.. „Want to See the Weirdest of Wikipedia? Look No Further.“ (ingliz tilida). The New York Times (2022-yil 31-mart). 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Cavender, Elena „Travel down a Wikipedia rabbit hole with the mastermind behind DepthsOfWikipedia Instagram“ (ingliz tilida). Mashable (2021-yil 24-oktyabr). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 Dunn, Frankie „This Instagram account dug up the weirdest things on Wikipedia“ (ingliz tilida). i-D (2021-yil 16-mart). 2021-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
  8. Zhou, Naaman (April 25, 2022) [April 18, 2022]. „Wikipedia, In The Flesh“. The New Yorker. Condé Nast. 19-bet. April 18, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 7, 2022.
  9. Bryant, Aidan „Journey To the "Depths of Wikipedia"“ (ingliz tilida). F Newsmagazine (2021-yil 11-may). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.