Viktor Ufimsev
Viktor Ufimsev | |
---|---|
Tavalludi |
8-noyabr 1899-yil |
Vafoti |
31-dekabr 1964-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Viktor Ivanovich Ufimsev (1899-yil 8-noyabr, Barnevskoye qishlogʻi, Perm guberniyasi – 1964-yil 31-dekabr, Toshkent) – sovet rassomi (1944). SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi[1]. Oʻzbekiston SSR xalq artisti[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktor Ivanovich 8-noyabr 1899-yil Perm guberniyasi, Barnevskoye qishlogʻida tavallud topgan. Bolaligida Tobolskda, keyin otasi Birinchi rus inqilobida qatnashgani uchun surgun qilingan va Tara shahrida yashagan[3].
Omskdagi davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1908-yilda Viktorning oilasi Omskga koʻchib oʻtdi va Plotnikovskaya koʻchasida yashadi. 1910-yilda tijorat maktabiga oʻqishga kirdi va uni 1919-yilda tugatdi. 1916-yilda uning ishiga sanʼat oʻqituvchisi A. Lenk eʼtibor qaratdi.
Ufimsev 1917-yildan boshlab Omsk ishchilar amaliy bilimlar institutida Aleksey Nikolayevich Klementyev dars bergan chizmachilik va rassomlik kurslarida tahsil oldi. 1919-yilda „rus futurizmining otasi“ shoir va rassom David Burlukning kechasida qatnashganidan soʻng, futurizm gʻoyalarini qabul qildi va Klementyev rassomlik kursida oʻqishni toʻxtatdi[4].
1920-yildan Omsk Qizil Armiya klubida rassom boʻlib ishladi va shu yili RABIS kasaba uyushmasi rassomlar seksiyasi aʼzosi boʻldi. Viktor 1921-yilda „III International“ targʻibot kemasida Ob va Irtish boʻylab sayohatda qatnashdi va Barnaul, Novonikolayevsk (hozirgi Novosibirsk) va Tomskga tashrif buyurdi. U yerda mahalliy rassomlar bilan muloqot qildi, ular bilan ish almashdi va muzeylarga tashrif buyurdi (xususan, Barnaul sanʼat muzeyi, uning kollektsiyasida birinchi darajali avangard rassomlarining yigirmadan ortiq asarlari mavjud)[5].
Rassom Ufimsev 1921-yilda „Chervonnaya Troyka“ (1921–1923) futuristik ijodiy guruhining tashkilotchilaridan biri va rahbari boʻldi. Guruhga rassomlardan tashqari (N. A. Mamontov, B. S. Shabl-Tabulevich va boshqalar) shoir L. N. Martinov, bastakor V. Ya. Shebalin va boshqalar kirdi[6].
1922-yildan Gʻarbiy Sibir viloyat muzeyida rassom boʻlib ishladi.
Viktor 1923-yilda Moskvaga bordi va u yerda V. V. Mayakovskiy va V. E. Meyerxold bilan uchrashdi.
Viktor 1923-yil avgust oyida N. A. Mamontov bilan birga Oʻrta Osiyoga borib, Samarqand qadimiylik va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komissiyasida ishladi. Mahalliy tabiat va madaniyat rassomda kuchli taassurot qoldirdi va uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatdi. 1924-yilda konstruktivistlar yetakchilaridan biri M. Y. Ginzburg boshchiligida Buxoro meʼmoriy yodgorliklarini oʻrganish boʻyicha ekspeditsiyada qatnashdi[7][8]
Markaziy Osiyodagi davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ufimsev Oʻzbekistonda 1933–1936-yillarda Hamza teatrida bosh rassom boʻlib faoliyat yuritdi va 1940–1945-yillarda Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining raisi boʻldi[9]
1941-yilda Samarqandda Temur maqbarasi ochilishida qatnashdi.
Viktor 1955-yilda Vishniy Volochok yaqinidagi „Akademik dacha“ ijodiy uyiga sayohat qildi.
1958-yildan Toshkent rassomlik bilim yurtida dars berdi.
1958–1959-yillarda chet elda Afgʻoniston Qirolligiga sayohat qilgan.
1961-yilda Hindistonga sayohat qildi.
Viktor Ivanovich Ufimsev 1964-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida vafot etdi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ufumsev 1959-yil 18-martda Qizil Bayroq ordeni, 1951-yil 6-dekabrda "Shon-sharaf belgisi" ordeni, 1945-yilda „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali bilan taqdirlandi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Шклярская, Яна. Виктор Иванович Уфимцев: «Мы называли себя новаторами» // Третьяковская галерея. — 2008. — № 1. — С.82-85“. 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ „Источник“. 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „Заветная нить поиска : Рассказы об Омском музее изобразит. искусств, истории его создания и некоторых произведениях из его коллекций живописи, графики, скульптуры декор.-прикл. искусства. — Омск : Кн. изд-во, 1988“. 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ А. В. Крусанов. Русский авангард: 1907-1932 : исторический обзор : в трех томах. Новое литературное обозрение, 1996. ISBN 978-5-86793-218-3.
- ↑ „Дариус, Е. И. Музей изящных искусств г. Барнаула (реконструкция истории первого художественного музея на Алтае на основе архивных материалов) // Искусство Сибири и Дальнего Востока: наследие, современность, перспективы : материалы межрегион. науч.-практ. конф. с междунар. участием, 2-3 декабря 2015 г. — Барнаул, 2015. — С. 200—204“. 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ „Муратов П. Д. Художественная жизнь Сибири 1920-х годов. Л.: Художник РСФСР, 1974“. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ „Хан-Магомедова В. «Куски жизни» Виктора Уфимцева // Искусство. — 2009. — № 24“. 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ „Сибирский авангард: живопись и графика 1910—1920-х годов в собрании Омского государственного историко-краеведческого музея : альбом-каталог / авт. вступ. ст. и сост.: И. Г. Девятьярова, Т. В. Еременко. — Омск : Омский гос. историко-краеведческий музей : Омскбланкиздат, 2013“. 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ "Ufimsev Viktor Ivanovich" OʻzME. U-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Уфимцев Виктор Иванович“ (ru). russkiy-peyzazh.ru. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |