Vismut rudalari
Vismut rudalari - vismut olinadigan birikmalar. Sof tugʻma vismut, vismutin, tetradimut, kozalit, bismit, bismutit minerallaridan tashkil topadi. Qalay, volfram, mis, qoʻrgʻoshin va b. metallarning rudalari bilan koʻpincha birga uchraydi. Dunyoda olinadigan vismutning 90% tarkibida vismut boʻlgan qoʻrgʻoshin, rux, mis, qalay rudalari va konsentratlarining metallurgiyada qayta ishlanishidan olinadi. Rudalarda vismutning miqdori 0,01, baʼzan 0,1%. Vismut olinadigan konlarda 1% dan koʻproq. Bunday konlar juda kam.
V.r. endogen konlari postmagmatik va gidrotermal boʻlib, granit togʻ jinslari bilan genetik bogʻliq. V. r.ni greyzenli,’ kvars-tomirli (volframit, berill, molibdenit, vismutin, kozalit), skarnli (sheelit, mis, polimetalli), kolchedanli (vismut bilan), oltin-vismutli va b. koʻp konlari maʼlum. Ekzogen sharoitlarda tub konlarni yemirilishidan bazobismutit va bismutitli allyuvial va delyuvialallyuvial sochmalari hosil boʻladi.
Yirik V.r. konlari Boliviya, Meksika, AQSH, Peru va b. mamlakatlarda, RF (Zabaykale), Oʻzbekistonda (Ustarasoy) topilgan.
V.r. oson eriydigan qotishmalar olishda va shisha sanoatida nur sindirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan shishalar i. ch.da, shuningdek tibbiyot va b. sohalarda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |