Kontent qismiga oʻtish

Vladislav Kiryan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladislav Kiryan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladislav Kiryan
Tavallud sanasi 6-iyul 1979-yil (1979-07-06) (45 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi / Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2000 Qizilqum ? (?)
2001 Zarafshon 31 (1)
2002—2008 Paxtakor 137 (12)
2009 Navbahor 16 (0)
2010 Lokomotiv Toshkent 10 (0)
2010 Zarafshon ? (?)
Milliy terma jamoa
2002—2007 Oʻzbekiston 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladislav Kiryan (ruscha: Кирьян, Владислав; 1979-yil 6-iyul[1]) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi. U asosan yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatini „Qizilqum“ klubi tarkibida Oʻzbekiston birinchi ligasida boshlagan. 1999-yilgi mavsum oxirida u oliy ligaga yoʻl oldi, 2000-yilda u 2 ta oʻyin oʻtkazdi. 2001-yilgi mavsumda u oliy liganing yana bir klubi Zarafshonda oʻynadi. 2002-yilda „Paxtakor“ ga oʻtdi[2]. Uning tarkibida 2002-yildan 2007-yilgacha ketma-ket 6 mavsum Oʻzbekiston Kubogi chempioni va gʻolibi boʻlgan. 2009-yilda „Navbahor“ da, 2010-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Zarafshon“ klublarida toʻp surgan, shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

2006-yil „Paxtakor“ jamoasining 50 yillik yubileyida Toshkent jamoasining tarkibida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga qarshi maydongga tushgan[3].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002—2007-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ham 17 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Rossiyaga koʻchib oʻtdi. 2020-yildan boshlab u Belgorod viloyatida biznes bilan shugʻullangan[4].

Paxtakor