Kontent qismiga oʻtish

Vsauce

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vsauce
YouTube maʼlumoti
Kanallar Vsauce, Vsauce2, Vsauce3, WeSauce, D!NG, vsauceLEANBACK
Yaratuvchi Michael Stevens
Taqdim etilgan
  • Vsauce: Michael Stevens
  • Vsauce2: Kevin Lieber
  • Vsauce3: Jake Roper
  • WeSauce: Michael Stevens, Kevin Lieber, Jake Roper
  • D!NG: Michael Stevens, Kevin Lieber, Jake Roper, Nicholas Fung
  • vsauceLEANBACK: Michael Stevens
Faoliyat yillari
  • Vsauce: 2007–hozirga qadar
  • Vsauce2: 2010–hozirga qadar
  • Vsauce3: 2010–hozirga qadar
  • WeSauce: 2012–2015
  • D!NG: 2015–2020
  • vsauceLEANBACK: 2011–2012
Janr Taʼlim, axborot, fan, oʻyin, texnologiya
Obunachilar
  • Vsauce: 18.6 million
  • Vsauce2: 4.51 million
  • Vsauce3: 4.1 million
  • WeSauce: 157,000
  • D!NG: 1.8 million
  • vsauceLEANBACK: 71,500
Jami koʻrishlar
  • Vsauce: 2.66 milliard
  • Vsauce2: 761 million
  • Vsauce3: 545 million
  • WeSauce: 4.57 million
  • D!NG: 187 million
  • vsauceLEANBACK: 20.9 million
100 000 ta obunachi 2011
1 000 000 ta obunachi 2012[1]
10 000 000 ta obunachi 2016[2]
Yangilangan 2023-yil 12-aprel

Vsauce – oʻqituvchi Michael Stevens tomonidan yaratilgan YouTube kanal[3]. Kanallarda ilmiy, psixologik, matematik va falsafiy mavzular, shuningdek, oʻyinlar, texnologiya, ommaviy madaniyat va boshqa umumiy qiziqishlarga oid videolar taqdim etiladi[4][5].

2010-yil 17-aprelda Michael Stevens asosiy Vsauce kanalini ishga tushirdi[6]. Vsauce kanalidagi LÜTning 18-qismiga koʻra, „Vsauce“ nomi „Fake Name Generator“ deb nomlangan veb-sayt generator qismidan foydalangan holda yaratilgan[7]. Stevens Vsauce.com soxta veb-saytini yaratgandan soʻng, uni roʻyxatdan oʻtkazdi va videolarni yuklashni boshladi[7]. Dastlab, kanaldagi videolar videooʻyinlarga qaratilgan boʻlib, loyihada bir qancha boshlovchilar bor edi[8]. Biroq, IMG! kabi baʼzi segmentlarning bozori sekin-asta tusha boshlagandan soʻng loyihada Stevensning oʻzi qoladi [manba kerak]. Keyin kanal axborot va onlayn tadbirlar aralashmasiga aylandi va faqat taʼlim boʻlimlari paydo boʻldi[manba kerak]. Taʼlim segmentlari yanada ommalashdi va 2012-yil 9-sentyabrdan boshlab, faqat ta'lim segmenti taqdim etildi[9].

2010-yil dekabr oyida Vsauce2 (7-dekabr) va Vsauce3 (24-dekabr) kanallari yaratildi[10]. 2012-yil 25-iyulda WeSauce kanali yaratildi[11]. Vsauce 2012-yil sentyabr oyida eng tez rivojlanayotgan kanallardan biri edi[12]. Oʻsha oy davomida asosiy Vsauce kanali 1 million obunachiga yetdi[13].

Stevens „A Defense of Comic Sans“ nomli videoda Alsina matn shrifti Vsauce kanallari tomonidan logotip yaratuvchisi Nik Guintaning qoʻlyozmasiga juda oʻxshashligi sababli ishlatilganligini taʼkidlaydi[14]. Natasha Jen tomonidan ishlab chiqilgan yangi brending sxemasi 2014-yil dekabr oyida kanallarga „rivojlangan kanal“ hissini olib kelish uchun qabul qilingan. U „Vsauce“ nomi nazarda tutilgan sous gʻoyasini yetkazish uchun DIN Next Rounded shrifti va suyuqlik dizaynidan foydalanadi[15].

Michael Stevens, Vsauce asoschisi

Vsauce kanali, shuningdek, Vsauce1 nomi bilan tanilgan va uni butun brenddan va boshqa kanallardan ajratib turadi. Videolar kanal asoschisi Maykl Stevens tomonidan fan, matematika, antropologiya va falsafaga oid mavzularda taqdim etiladi[manba kerak]. Videolarda Stevens mavzuni yoki savolni chuqur muhokama qiladi, shu jumladan, javobni turli talqinlari, tegishli faktlar va kuzatishlar asosida keltirib beradi[16]. 2013-yilda Stevens oʻz videolaridagi maʼlumotlarni topish uchun Vikipediya va akademik maqolalarda tadqiqot olib borishini aytdi[17]. Stevens 2017-yilda oʻqituvchi va televideniyada chiqadigan shaxs Adam Savage bilan Brain Candy Live nomli shou uchun hamkorlik qilgan[18].

Vsauce videolari The Huffington Post[19], CBS[20] va Gizmodo[4][21][22] kabi onlayn yangiliklar nashrlarida namoyish etilgan[23].

Mind Field — Michael Stevens tomonidan YouTube Premium (sobiq YouTube Red) uchun maxsus ishlab chiqarilgan Amerika koʻrsatuvi. Vsauceda Mind Fieldning har biri sakkizta epizoddan iborat boʻlgan uchta fasli chiqarildi. 2019-yil 1-oktabrda barcha epizodlar YouTube Premium sotib olmaganlar uchun bepul lekin reklamali koʻrish mumkin boʻldi[24].

Kevin Lieber, Vsauce2 boshlovchisi

Kevin Lieber boshchiligidagi Vsauce2 noodatiy bilimlar, gadjetlar va odamlarga oid mavzularni yoritadi. 2019-yildan beri Vsauce2 asosan ehtimollik, paradoks va dilemmalarga oid videolar yuklab kelmoqda, ularning aksariyati tabiatan matematik yoki iqtisodiy boʻlib, real vaziyatlar orqali tasvirlangan[25][26]. 2019-yilgacha videolar MindBlow, BiDiPi, 54321 va BOAT kabi takrorlanuvchi segmentlar ostida chiqarilgan[25].

The Create Unknown

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil noyabr oyida Lieber va kanal prodyuseri Mett Tabor ijtimoiy tarmoqda faoliyat yuritadigan sahxslar mehmon qilib chaqiriladigan The Create Unknown podkastini ishga tushirdi. Podkastda Casey Neistat, Veritasium kanalidan Derek Muller , Smarter Every Day kanalidan Destin Sandlin, Dolan Dark, iDubbbz va Grandayy kabi taniqli shaxslar mehmon sifatida chaqirilgan[27].

Jake Roper, Vsauce3 boshlovchisi

Vsauce3 — Jake Roper tomonidan boshqariladigan va xayoliy dunyolar va videooʻyinlarga oid videolar chiqaradigan kanal[25][28]. Hozirda toʻrtta takrorlanuvchi segment mavjud: HeadShot, Game LÜT, 9bit va Fact Surgery. Vsauce3 „It's Okay to be Smart“ kanalidagi YouTuber Jo Hanson va BrainCraft kanalidan Vanessa Xill bilan hamkorlik qilgan. U, shuningdek, Bill Nye, Jack Black, The Muppets, Paul Rudd, and Neil deGrasse Tyson kabi mashhur mehmonlari ishtirokidagi videolarni taqdim qilgan. 2015-yil 25-noyabrda Jake oʻzida saratonning kam uchraydigan shakli boʻlgan sarkoma borligini ma’lum qildi[29]. 19-dekabr kuni Jake davolanishni boshlaganini va uning pastki oyogʻidagi oʻsma jarrohlik yoʻli bilan muvaffaqiyatli olib tashlanganini eʼlon qildi[30].

WeSauce Vsauce kanallari muxlislarining ijod namunalarini jamlagan kanal edi. Kanalda Your BiDiPi, JAM, Music LeanBack!, Riddle Challenge, This World of Ours va ITVS segmentlari mavjud edi. WeSauce 2015-yil 15-oktabrdan beri faol emas [manba kerak].

D!NG, ilgari DONG (Do Online Now, Guys) Vsauce kompaniyasining qoʻshimcha kanali boʻlib, unda Internetdagi noodatiy sahifalar, ilovalar va oʻyinlar haqidagi videolar yuklanadi[31]. Baʼzi videolarda matematika va fanning turli mavzulariga ham qoʻl urilgan. DONG 2015-yilda o‘z kanali ishga tushirilgunga qadar avval asosiy Vsauce kanalida, soʻngra Vsauce3 kanalida taqdim etilgan segment boʻlib, birinchi video 2015-yil 29-oktabrda yuklangan. Kanal reklama beruvchiga mos kelmaydigan nomga ega boʻlgani uchun 2019-yil 12-mayda „D!NG“ deb oʻzgartirilgan[32].

Vsauce1 kanalida Michael Stevens Bill Nye, BrainCraft, Derek Muller, Good Mythical Morning, The Filthy Frank Show va boshqa baʼzi kanallar bilan hamkorlik qilgan. Vsauce MinutePhysics kanalidan Henry Reich bilan ikkita videoda hamkorlik qilgan: „Guns in Space“[21] va „What if the Earth were Hollow?“[33]. 2014-yilda Jake Vsauce3 kanalida „Did You Know Gaming?“ video-oʻyini haqida 2ta epizod chiqardi. 2016-yil avgust oyida Stevens BattleBots shousida mehmon sifatida ishtirok etdi. 2018-yilning 24-martida Stevens HowToBasic YouTube kanali bilan hamkorlik qildi[34].

2014-yilda Vsauce eng yaxshi yangiliklar va maʼlumotlar uchun „Webby for People’s Voice“ mukofotini qoʻlga kiritdi[35].

2014 va 2015-yillarda kanal eng yaxshi fan va taʼlim kanali, koʻrsatuvi yoki seriali nominatsiyasi boʻyicha Streamy mukofotini qoʻlga kiritdi.

  1. VsauceGaming. „1 Million Subscribers!“. Facebook (2012-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-oktyabr.
  2. @tweetsauce. „💥 10 Million Subscribers! 💥 Thanks for watching! Thanks for supporting educational content!! 📈🔬🔭⚗💡📚 🌏“ (2016-yil 27-fevral).
  3. „What is Vsauce?“. THNKR TV. YouTube (2012-yil 20-noyabr). 2021-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.
  4. 4,0 4,1 Eric Limer. „What Is the Hottest Temperature Anything Can Be?“. Gizmodo (2012-yil 30-sentyabr). 2015-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-oktyabr.
  5. *Rocco Penn. „If everyone jumped at once, not much would happen“. Techi (2012-yil 19-avgust). 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
    • Phil Plait (August 25, 2012). „Jump!“. Discover Magazine. 2012-09-12da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 9, 2012.
    • Mark Russell. „How Much Does the Internet Weigh?“. Newser (2011-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
    • Sean Ludwig. „The spacebar is pressed 6M times a second & other crazy typing facts (video)“. Venture Beat (2012-yil 22-iyul). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  6. Vsauce is 11 years old today!! Apr 16, 2021
  7. 7,0 7,1 "Make Your Cat a DJ – and more! LÜT #18". Vsauce. YouTube. Retrieved July 24, 2013
  8. Ed Carrasco (September 14, 2012). „YouTube's Vsauce Has the Special Ingredients to Make Science Viral [Interview]“. New Media Rockstars. Qaraldi: April 18, 2013.
  9. „Vsauce videos“. Vsauce. YouTube. Qaraldi: 2013-yil 18-aprel.
  10. „WeSauce about“. WeSauce. YouTube. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.
  11. Elayna Seguin. „Top 5 Rapidly Growing YouTube Channels“. East Side Newspaper. My High School Journalism (2012-yil 15-sentyabr). 2013-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-sentyabr.
  12. *Ed Carrasco (September 14, 2012). „YouTube's Vsauce Has The Special Ingredients to Make Science Viral [Interview]“. New Media Rockstars. Qaraldi: September 15, 2012.
  13. „'A Defense of Comic Sans': Vsauce Gives History of the World's Most Hated Font (Video)“. Huffington Post (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2013-yil 29-aprel.
  14. „Pentagram's New Grown-Up Logo for Vsauce's YouTube Stars“. Wired. February 9, 2015. Qaraldi: November 2, 2015.
  15. Lahey, Jessica „What Classrooms Can Learn From Youtube“ (en-US). The Atlantic (2014-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  16. Brady Haran. „Meet Vsauce – Sixty Symbols“. Sixty Symbols. YouTube (2013-yil 2-mart). 2021-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.
  17. Liptak, Andrew „Adam Savage on his live science show, cosplay, and 'promoting the joy in making things'“ (en). The Verge (2017-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  18. 21,0 21,1 Kyle Wagner. „Guns in Space, and How to Kill Our Sun“. Gizmodo (2012-yil 27-avgust). 2012-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-sentyabr.
  19. *Eric Limer. „How Many Pictures Have Ever Been Taken?“. Gizmodo (2012-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  20. Vsauce (2019-10-01), Laws & Causes (inglizcha), qaraldi: 2021-06-20[sayt ishlamaydi]
  21. 25,0 25,1 25,2 Metzener, Dave „Vsauce, Vsauce2 & Vsauce3 – YouTube Channels“. Metzener.com (2013-yil 31-mart). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.
  22. „About“. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  23. „'The Create Unknown' podcast“ (en). Triangle Content. 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
  24. Dan Van Winkle. „Vsauce and a Stop Motion Animated PlayStation Bring You Six Awesome PlayStation Facts [Video“]. Geekosystem (2013-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.
  25. *Roper, Jake „I Need to Tell You Something.“. Youtube. Jake Roper (2015-yil 25-noyabr).
  26. Roper, Jake „What defines you?“. Youtube. Jake Roper (2015-yil 25-noyabr).
  27. Greengart, Tani „Three Strategies of Successful Educational Videos“. Jewish Link of New Jersey (2017-yil 13-iyul). — „Vsauce itself explains scientific and psychological phenomena, Vsauce2 creates mind-blowing videos about new technology, Vsauce3 analyzes the junction between science and pop culture and D.O.N.G. introduces viewers to all the weirdest internet sites and merchandise.“. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  28. Garcia, Elijah „Vsauce Experimental Channel Changes Name From 'DONG' To 'D!NG', Fearing Demonetization“. Mammoth Gamers (2019-yil 14-may). 2020-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-may.
  29. Keith Shaw. „Science Monday: MinutePhysics teams with VSauce for a What-if-a-palooza“. IT World (2012-yil 27-avgust). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  30. Katzowitz, Josh „The HowToBasic YouTube channel finally reveals its creator—sort of“. The Daily Dot (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  31. Seikaly, Andrea. „Jay Z, Google, Netflix Among Webby Awards Winners“ (2014-yil 28-aprel). Qaraldi: 2014-yil 30-aprel.
[tahrir | manbasini tahrirlash]