Vyacheslav Xrustalev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyacheslav Xrustalev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Yegorovich Xrustalev
Tavallud sanasi 27-yanvar 1947-yil
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Bekobod Toshkent viloyati
Vafot sanasi 28-oktyabr 2004-yil(2004-10-28)
(57 yoshda)
Vafot joyi Belarus Minsk, Belarus
Boʻyi 187 sm
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1966—1968 Sovet Ittifoqi Politodel 39 (0)
1969—1974 Sovet Ittifoqi Dinamo Minsk 25 (0)
1975—1977 Sovet Ittifoqi Traktor Pavlodar 83 (0)
1978—1979 Sovet Ittifoqi Dnepr Mogilyov 88 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vyacheslav Yegorovich Xrustalev (ruscha: Хрусталёв, Вячеслав Егорович; 1947-yil 27-avgust, Bekobod — 2004-yil 28-oktyabr, Minsk) — sovet futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyacheslav Xrustalev 1947-yil 27-avgustda Toshkent viloyati (hozirgi Oʻzbekiston), Bekobod shahrida tugʻilgan.

Vyacheslav darvozabon sifatida futbol oʻynagan. 1966—1968-yillarda Toshkent viloyatining „Politodel“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1966-yilgi mavsumda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi, 1967-yilgi mavsumda 4 marta maydonga tushdi, 1968-yilgi mavsumda esa 35 ta oʻyinda maydonga tushib, asosiy darvozabonga aylangan[1].

1969—1974-yillarda u Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. Bu davrda asosan zahira futbolchisi sifatida faoliyat yuritgan. Olti mavsum davomida u SSSR chempionatlarida 21 ta oʻyin oʻtkazgan, 1971 va 1972-yillgi mavsumlarda esa hech qachon maydonga tushmagan. 1974-yilgi mavsumda u birinchi ligada 4 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol oʻtkazib yuborgan[1].

1975-yilda ikkinchi ligada oʻynagan "Traktor Pavlodar" jamoasi tarkibiga oʻtgan. Uch mavsum davomida Traktor jamoasi safida 83 ta oʻyin oʻtkazgan[1].

1978—1979-yillarda „Dnepr Mogilev“ tarkibida ikkinchi ligada oʻynagan va 88 ta oʻyin oʻtkazgan[1].

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u Minskdagi 3-sonli sport maktabida murabbiy, soʻngra direktor boʻlib ishlagan[2].

1994-yildan Minskdagi Dinamo stadioni direktori boʻlgan[2].

U 2004-yil 28-oktyabrda Minskda yurak xurujidan vafot etgan[3]. U Minskning Sharqiy qabristoniga dafn etilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Хрусталёв Вячеслав Егорович, 27.08.1947, футболист“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  2. 2,0 2,1 „Хрусталев Вячеслав Егорович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2023-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  3. „Умер Вячеслав Хрусталев“ (ru-RU). sb.by (2004-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  4. „Скоропостижно скончался Вячеслав Хрусталев“ (ru). kp.ru (2004-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]