Kontent qismiga oʻtish

Van Chuanfu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Wang Chuanfudan yoʻnaltirildi)
Van Chuanfu
xitoycha: 王传福

2023-yilda
Tavalludi 8-aprel 1966-yil (1966-04-08) (58 yosh)
Fuqaroligi Xitoy[1]
Taʼlimi Markaziy-janubiy sanoat universiteti
Pekin rangli metallar umumiy tadqiqot instituti
Kasbi kimyogar, tadbirkor

Van Chuanfu (xitoycha: 王传福) – xitoylik kimyogar, milliarder tadbirkor, BYD kompaniyasi asoschisi, raisi va bosh direktori.

Van Anxoy provinsiyasining Uvey okrugida kambagʻal fermerlar oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida, ota-onasi vafot etgani uchun uning tarbiyasi bilan akasi va opasi shugʻullangan[2].

Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u oʻsha paytdagi Markaziy-janubiy sanoat universitetida (hozirgi Markaziy-janubiy universitet) metallurgiya fizik kimyosi boʻyicha tahsil oldi va 1987-yilda u yerni tamomladi. 1990-yilda Pekin rangli metallar umumiy tadqiqot institutida magistr darajasini oldi[3].

U bir necha yil hukumat tomonidan homiylik qilingan tadqiqotchi sifatida ishladi, lekin 1995-yilda xususiy sektorga kirib, Shenjendan tashqarida oʻzining BYD kompaniyasiga asos soldi[4]. 2009-yil boshida uning boyligi 3,4 milliard AQSh dollariga teng boʻlib, Hurun Reportning 2014-yilgi Global boylar roʻyxatida 408-oʻrinni egallagan edi[5]. 2009-yil oxirida uning boyligi 5,1 milliard dollarga oʻsdi va Hurun Reportda Xitoyning eng boy odami deb topildi. Bu, asosan, 2008-yilda Berkshire Hathawayning 225 million yangi aksiyalarini sotib olganidan keyin uning kompaniyasi qiymatining besh baravar oshishi bilan bogʻliq edi[6].

2021-yil noyabr oyida Forbes Vanning boyligi 23,5 milliard dollarga oshgani va uni Xitoyning 14-eng boy odamiga aylantirgani haqida xabar berdi, bu BYD aksiyalari narxining oʻtgan yilga nisbatan ikki baravar oshishi bilan bogʻliq[7].

Van Xitoy Kommunistik partiyasining aʼzosi va Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishida delegat sifatida qatnashadi[8][9][10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van oilali va Shenjenda yashaydi[11].

  1. (unspecified title)
  2. Gunther, Marc. „Warren Buffett takes charge“. Fortune After (2009-yil 13-aprel). 2009-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  3. „The Stars of Asia: Wang Chuanfu“. BusinessWeek (2003-yil 9-iyun). 2024-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-aprel.
  4. „Wang Chuanfu: Building electric dreams in China“. CNN (2009-yil 29-sentyabr). 2009-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Wang Chuanfu“. Hurun. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „BYD's Wang Chuanfu Tops China Rich List After Buffett Backing“. Bloomberg (2009-yil 29-sentyabr).
  7. Flannery. „Stock, Sales Surge Lifts Wealth Of China EV Maker BYD's CEO“ (en). Forbes. 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. He. „A US travel ban would bar China's top billionaire entrepreneurs from America“ (en). CNN (2020-yil 17-iyul). 2021-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Xia, Jun; Yao, Fiona Kun; Yin, Xiaoli; Wang, Xinran; Lin, Zhouyu (2023-12-27) "How Do Political and Nonpolitical Ties Affect Corporate Regulatory Participation? A Regulatory Capture Perspective" (en) Business & Society doi:10.1177/00076503231219687 ISSN 0007-6503. 
  10. Brendan, Scott. „The Pomp and Politics of China's Annual Congress“ (en). Bloomberg News (2017-yil 7-mart). 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Forbes profile: Wang Chuanfu“. Forbes. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.