Kontent qismiga oʻtish

Xayrulla Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayrulla Karimov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-aprel 1978-yil (1978-04-22) (46 yosh)
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2004 Navbahor 93 (11)
2005—2007 Mashʼal Muborak 23 (1)
2008—2016 Bunyodkor 144 (3)
2010   Nasaf Qarshi 12 (0)
2016Navbahor Namangan 10 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Oʻzbekiston 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2017-yil 18-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 13-avgust uchun)

Xayrulla Karimov (ruscha: Каримов, Хайрулла Тошпулатович; 1978-yil 22-aprel, Namangan viloyati, Oʻzbekiston[1]) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi. Bugungi kunda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiylik qilmoqda.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karimov faoliyatini Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. 1996-yilda klub bilan Oʻzbekiston Oliy ligasida gʻolib chiqqan. 1996-yildan 2004-yilgacha „Navbahor“ safida toʻp surgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ klubiga oʻtgan va Ligada ikkinchi oʻrinni egallagan. Karimov „Bunyodkor“ga 2008-yilda koʻchib oʻtgan. Keyinchalik oʻzining jamoaviy oʻyinlari natijasida „Bunyodkor“ jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri boʻlgan va jamoa sardorligiga loyiq koʻrilgan. 2014-yil 7-mart kuni „Bunyodkor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi va bu kubokni ikki marta qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. 1999-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda faoliyatidagi dastlabki jamoasi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshladi va ikkinchi davra boshida „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi[2]. Toshkentlik jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi[3].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2006—2010-yillarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan[4][5].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yil 3-avgustda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[6][7].
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubok Xalqaro Boshqa Jami
Division Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Bunyodkor 2008 Oʻzbekiston Superligasi 17 0 - 4 0 - 21 0
2009 16 3 3 0 - 5 0 - 24 3
2010 4 0 7 0 - 2 0 - 13 0
2011 20 0 1 0 - 6 1 - 27 1
2012 23 0 8 0 - 11 1 - 42 1
2013 24 0 4 0 - 7 0 - 35 0
2014 18 0 5 0 - 7 0 1 0 31 0
2015 21 0 3 0 - 2 0 - 26 0
2016 1 0 0 0 - 0 0 - 1 0
Umumiy 144 3 31 0 - - 44 2 1 0 220 5
Nasaf Qarshi (Ijara) 2010 Oʻzbekiston Superligasi 12 0 0 0 - - - 12 0
Navbahor Namangan (Ijara) 2016 Oʻzbekiston Superligasi 10 0 2 0 - - - 12 0
Umumiy faoliyat 166 3 33 0 - - 44 2 1 0 244 5
Oʻzbekiston terma jamoasi
Yillar Isht Gol
2007 9 0
2008 4 0
2009 2 0
Jami 15 0

2017-yil 1-aprelda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[6]

  1. „Информация с официального сайта «Бунёдкора»“. 2011-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  2. „Хайрулла Каримов “Навбаҳор”га қайтмоқда“. 09 янв 2016 12:30da asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Бутсаларини михга илганлар“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  4. Mamrud, Roberto. „Uzbekistan – Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2009-yil 16-iyul). Qaraldi: 2009-yil 13-avgust.
  5. „Informatsiya na sportportal.uz“. 2012-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Hayrullo Karimov“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
  7. „H.Karimov“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
  8. „Хайрулла Каримов Ўзбекистон Суперкубогини иккинчи бор қўлга киритди“. Championat.asia.