Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjamazgil makoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo`jamazgil Makonidan yoʻnaltirildi)

Xoʻjamazgil makoni — yuqori paleolit davriga oid makon. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanining Xoʻjamazgil qishlogʻi yaqinidagi qoya bagʻrida joylashgan. Maydoni taxminan 3 ga. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti xodimlari oʻrgangan (1969). Xoʻjamazgil makonidan koʻplab tosh qurollar, xilmaxil pichoqlar, qirgʻichlar, keskichlar, tosh boltalar, nukleuslar, tosh parrakchalar va plastinkalar topilgan.