Xoʻjamazgil makoni
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xoʻjamazgil makoni — yuqori paleolit davriga oid makon. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanining Xoʻjamazgil qishlogʻi yaqinidagi qoya bagʻrida joylashgan. Maydoni taxminan 3 ga. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti xodimlari oʻrgangan (1969). Xoʻjamazgil makonidan koʻplab tosh qurollar, xilmaxil pichoqlar, qirgʻichlar, keskichlar, tosh boltalar, nukleuslar, tosh parrakchalar va plastinkalar topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |