Kontent qismiga oʻtish

Xoʻja Ilgʻor masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xoʻja Ilgʻor masjidi
Turi Meʼmoriy obida
Ochilish sanasi 1905-yil
Xarita

Xoʻja Ilgʻor masjidiRishtondagi meʼmoriy yodgorlik (20-asrboshi). Shokir mingboshi buyurtmasi bilan otaoʻgʻil ustalar Eshonxon va Norboylar qurishgan. Masjid toʻrtburchak tarhli (40x13 m), uch ustunli, atrofi uch tomondan ayvon bilan oʻralgan[1]. Xonaqohning gʻarbiy devoriga va ayvoniga mehroblar ishlangan, shifti islimiy naqshlar, qirrali tag ustunlar handasiy naqshlar bilan serhasham bezatilgan. Gul va naqshlarning oʻzaro uygʻunligi va rangbarangligi eʼtiborni tortadi. Masjidning shim. tomonida hovuz boʻlib, atrofiga daraxtlar ekilgan.

Qashqadaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (1617-asrlar); "Imkonagiy" nisbali olim, shayx Xoʻja Abduboqiy tomonidan qurilgan (nomi shundan). X.Xoʻja ilgʻor masjidi dastlab qishloq qabristoni tepaligidagi yuqori (xonaqoh va 2 daxma) va tepalik yon bagʻridagi quyi (oʻzaro tutashgan 2 hovli atrofida joylashgan masjid, Madrasa, karvonsaroy) inshootlar guruhidan iborat majmua tarkibida boʻlgan. Yuqori va quyi guruhi inshootlar gʻishtdan qurilgan devor ustidagi yoʻl (pandus) orqali birlashgani bilan oʻziga xos meʼmoriy mujassamot yechimiga ega boʻlgan. Quyi guruhdagi inshootlar 20-asr 60-yillari buzilgan, yuqori guruhsagi xonaqoh va (2 katta va kichik) daxma saqlangan.

Xonaqoh toʻgʻri toʻrtburchak (24,0x20,2 m) tarhli, anʼanaviy gumbaz tomli, tarzlari peshtoqli (asosiy kirish qismidagi peshtogʻi boshqalaridan birmuncha baland); devorlardagi ravokli darchalarga ganchkori panjaralar, bino burchaklariga guldastaminoralar ishlangan; mehrobi serhasham bezatilgan — murakkab iroqi muqarnas hamda chaspak usulidagi namoyonlar diqqatni tortadi. Katta va kichik daxmalar ustidagi oq marmar qabrtoshlarining yon tomonlari kulrang marmar bilan qoplangan, ular yuzasi handasiy (toʻrtburchak, murabba va boshqalar) shakllarga boʻlinib, oʻyma naqshlar bilan nafis bezatilgan.

  1. „Jo'ja Ilg'or masjidi“ (uz). Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.