Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi
Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | majmua |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XII asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Qavatlar soni | 1 |
Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi — Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XII—XV asrlar[1]). Majmua Buxoro shahridan 50 km uzoqlikda boʻlib, xojagon tariqatining asoschisi Abduxoliq ibn Abdujalil Gʻijduvoniy tomonidan bunyod etilgan[2]. Majmua Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi, Ulugʻbek madrasasi, masjid va huvuzdan iborat. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy Buxorodagi yetti pirlarning birinchi vakili hisoblanadi. U Xojayi jahon nomi bilan mashhur boʻlib, tasavvuf maktabiga asos solgan. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohi oldida temuriy Mirzo Ulugʻbek 1433-yilda bir madrasa bunyod ettiradi. 2003-yilda Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniyning 900 yilligi keng nishonlangan[2]. Majmuadagi Ulugʻbek madrasasi tashqi koʻrinishi bilan ajralib turgan. Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxon (1539—1550) davrida ushbu majmuada masjid bunyod etilgan. Buxoro xoni Abdullaxon II (1583—1598) davrida 1583-yil madrasa va masjid qayta taʼmirlangan. Mirzo Ulugʻbek madrasasi peshtoqida Alaq surasining 1-7-oyatlari keltirilgan boʻlib, 2003-yilda taʼmirlangan[3]. Mazkur yozuvlar suls xatida yozilgan. Biroq ularning aksariyati qulab tushgan. 1946-yil Mirzo Ulugʻbek madrasasi yozuvlarini maʼlum bir qismini oʻqigan va shunga koʻra qayta tiklangan[4]. Abduxoliq Gʻijduvoniy qabrtoshi toshdan yasalgan va yon tomonlarida suls xatida Qur’oni Karimdan „Mujodala“ surasining oʻn birinchi oyati bitilgan. Qabrtoshning qisqa yon tomonlarida esa epitafiya (baxshida yozuv) yozilgan[5]. Majmuadagi huvuzdagi tarnovda esa nastaqil xatida Xofiz Sheroziyning gʻaziladan parcha keltirilgan[6]. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasidagi masjid esa 2003-yida yangitdan qayta qurilgan[7]. Hozirgi kunda Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasida ziyoratchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ражабов 2016, s. 190.
- ↑ 2,0 2,1 Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 230.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 233.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 235.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 237.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 239.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 241.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0.
- Каримова Г., лойиҳа муаллифи, таржима ва изоҳлар муҳаррирлари Б. Бобожонов, К. Рахимов. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар. Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 2011 — 564-bet. ISBN 978-9943-01-716-0.