Kontent qismiga oʻtish

Xonbaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xonbaliq (Oʻrta Moʻgʻ.ᠻᠠᠨᠪᠠᠯᠢᠺ) – Yuan imperiyasining poytaxti, zamonaviy Pekinning nomi. Shaharning xitoycha nomi Dadu (xit. an’anaviy 大都, soddalashtrilgan 大都, pinyin: Dàdū; buyuk poytaxt), moʻgʻullar tomonidan Daidu[1][2] deb talaffuz qilingan. Shaharning moʻgʻul va turkiy tillardagi „Xonbaliq“ nomi toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinganda „Xon shahri“ degan maʼnoni bildiradi[3]. Marko Polo oʻz asarlarida shaharni Kambalu deb yozgan.

Yuan poytaxti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻgʻullar istilosidan avval shahar Chjundu deb nomlangan va Szin imperiyasining poytaxti boʻlib xizmat qilgan. 1215-yilda shaharmoʻgʻullar tomonidan zabt etiladi va yoqib yuboriladi. 1264-yilda Xubilay shaharni oʻz poytaxti sifatida tiklashga qaror qiladi. Shaharnk qayta qurishga meʼmorlar Liu Binchjun va Amir ad-Din[4] rahbarlik qilishadi. Oʻsha yili devorlarning qurilishi boshlanadi. Xon saroyini qurish ishlari esa 1274-yilda boshlangan.

1271-yilda Yuan davlati tashkil etilgandan soʻng, Xubilayxon shahar nomini Dadu deb oʻzgartiradi. Shahar imperiyaning markaziga aylanadi[5]. Shaharda qurilish ishlari 1293-yilgacha olib boriladi. Buyuk Xonning avvalgi qarorgohi boʻlgan Shandu shahri yozgi qarorgoh maqomini oladi. Venetsiyalik savdogar Marko Polo Xitoyda boʻlganida bu ikkala poytaxtda ham uzoq vaqt davomida yashagan.

Keyingi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyliklar shahar nomini rasman oʻzgartirganiga qaramay, „Xonbaliq“ nomi Yuan imperiyasi qulaganidan ancha keyin moʻgʻullar orasida saqlanib qolgan; Shunday qilib, Xitoy bosqinidan oldin Oyratlar hukmdori Esen-tayshi moʻgʻul zodagonlariga murojaat qilib shunday deydi:

«Xonbaliqni o'zimizga qaytarib olamiz!»[6].

  1. Rossabi M. Khubilai Khan: His Life and Times, p. 131.
  2. Denis Twitchett, Herbert Franke, John K. Fairbank. The Cambridge History of China: Volume 6, Alien Regimes and Border States (Cambridge: Cambridge University Press, 1994), p. 454.
  3. Bartold V. V. Sochineniya v 9 tt. T. 3. Raboti po istoricheskoy geografii. / Red. B. G. Gafurov. Predisl. A. M. Belenitskogo i O. G. Bolshakova. – M.: Nauka, 1965.
  4. „People’s Daily Online: The Hui ethnic minority“. 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-may.
  5. The New Encyclopædia Britannica (Encyclopædia Britannica, Chicago University of, William Benton), p. 2.
  6. Мин ши (История династии Мин). Сер. Сыбу бэй-яо. Шанхай, 1936. Цз. 328