Yadroviy reaksiyalari
Ikki zarra (ikki yadro yoki yadro va zarra) bir-biri bilan 10 m lar chamasiga yaqinlashganda yadroviy kuchlarning ta'siri tufayli o'zaro intensiv ta'sirlashadi, natijada yadroviy o'zgarishlar vujudga keladi. Bu jarayonni yadroviy reaksiyalar deb ataladi. Reaksiyalarning turlari ko'p. Lekin reaksiyaga kirishuvchi zarralarning tabiatiga asoslanib uch sinfga:
1) zaryadli zarralar;
2) neytronlar;
3)Gamma - kvantlar ta'sirida amalga oshadigan reaksiyalarga ajratish mumkin.
Zarrani yadro bilan bevosita o'zaro ta'sirlashuvi tufayli amalga oshadigan reaksiyalar. Misol tariqasida deytronni yadro bilan o'zaro ta'sirlashuvini bayon qilaylik. Yadroga yaqinlashgan deytonning protonini yadro itarib yuboradi (ikkalasining ham zaryadi musbat bo'lganligi uchun). Deytonning neytroni esa yadroga kirishi mumkin. Natijada deyton bo'linib ketadi, ya'ni uning neytronini yadro yutadi, protoni esa yadroga kirmasdan o'tib ketadi. Buni ba'zan, "uzib olish" reaksiyasi deb ham ataladi.
Yadroviy reaksiyalarni tajribalarda o'rganish tufayli reaksiyalarda saqlanish qonunlarining bajarilishi aniqlandi:
1. Yadroviy reaksiyaga kirishuvchi zarralarning umumiy zaryadi reaksiyada vujudga kelgan zarralarning umumiy zaryadiga teng.
2. Yadroviy reaksiyaga kirishayotgan zarralardagi nuklonlaming to'liq soni reaksiyadan keyin ham saqlanadi, ya'ni reaksiyada hosil bo'lgan zarralar nuklonlarining to'liq soniga teng bo'ladi.
Ushbu maqola Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti talabasi Jurayeva Marjona tomonidan wikitaʼlim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yadro parchalanish jarayonida ma'lum miqdorda neytronlar ajralib chiqadi. Bu hodisa muhim ahamiyatga ega. Neytronni yutgan yadro o'zidan yana ikkita yoki uchta neytronlar chiqarib parchalanadi. O'z navbatida har bir neytron yangi yadroni parchalaydi va yana ma'lum miqdorda neytronlar chiqaradi. Bunday jarayon ko'p takrorlanadi. Shu sababdan bunday jarayon zanjir reaksiyasi deyiladi. Zanjir reaksiyasida eng muhimi ajralgan energiya emas, ajralgan neytronlardir. Zanjir reaksiyasi yadro energiyasidan amalda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi yadroviy reaksiyani 1919 -yilda Rezerford amalga oshirgan. Bunda azotni - zarralar bilan bombardimon qilish natijasida kislorod va proton hosil bo'lgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atom tuzilishi (Wayback Machine saytida 2008-01-22 sanasida arxivlangan)
| |
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar | |
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon | |
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar |