Kontent qismiga oʻtish

Yakkasaroy mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yakkasaroy

Yakkasaroy mahallasi
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700013
Avtomobil kodi 01

Yakkasaroy mahallasi (S.Mirahmedov koʻchasi, 141) – Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Qoʻshbegi, Yakkasaroy-2, Toʻqimachi mahallalari bilan chegaradosh. Oʻtmishda (18-19 asrlarda) Karvonsaroy deb atalgan. Boshqa shahar, yurtlardan kelgan savdo karvonlari shu hududda toʻxtab oʻtgan va Beshyogʻoch darvozasidan kirib shaharda savdo sotiq qilgan. 1991—1992-yillarda Yakkasaroy nomi berilgan. Aholisi 4350 kishi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 40 ta koʻp qavatli uy, 2 ta bolalar bogʻchasi, oʻrta maktab, tuman soliq inspeksiyasi, prokraturasi, 2 ta shifoxona, 4 ta kafe, 2 ta aloqa boʻlimi, novvoyxona, oshxona, oziq-ovqat doʻkoni, dorixonalar, Fozilota qabristoni mavjud. Mahallada Oʻzbekiston xalq hofizi Orif Alimahsumov yashab oʻtgan[1].

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 678-bet.