Kontent qismiga oʻtish

Yangi gvineya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yangi Gvineyadan yoʻnaltirildi)
Yangi gvineya
Geografiya
Maydoni 785 753 km2
Dengiz sathidan balandligi 164 m.
Eng baland nuqtasi Puncak Jaya
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya va Papua Yangi Gvineya
Mintaqa Papua va West Papua
Demografiya
Aholisi 11 300 000
Qo'shimcha ma'lumot

Yangi Gvineya (indonezcha: Pulau Irian; inglizcha: New Guinea) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi orol. Kattaligi boʻyicha dunyo. da 2-oʻrinda (Grenlandiyadan keyin). Maydoni 829 ming km²(baʼzi maʼlumotlarga koʻra 771,9 ming km²). Uzunligi 2000 km dan ziyod, eni 700 km gacha. Gʻarbiy qismi Indoneshya, sharqi PapuaYangi Gvineya davlatlari hududi.

Orolning qirgʻoqlari egri-bugri, quruqlik ichkarisiga ancha oʻyib kirgan qoʻltiqlar bor. Janubiy sohili yassi, qumli, shimoliy baland. Yangi Gvinieyaning markaziy qismidan gʻarbdan sharqqa choʻzilgan togʻ tizmalari kesib oʻtadi. Eng baland joyi 5029 m (Jaya choʻqqisi). Harakatdagi vulkanlar bor. Janubiy qismi keng pasttekislik. Ya.G.ning burmali zamini proterozoy va yuqori paleozoy jinslaridan tuzilgan, usti dengiz choʻkindilari bilan qoplangan. Iqlimi shimolida ekvatorial, janubida subekvatorial, togʻ tepalarida nival iqlim. Tekisliklarda oʻrtacha oylik temperatura 25—28°. Yillik oʻrtacha yogʻin tekisliklarda 1000 mm dan, togʻlarda 4000 mm dan ziyod. Tez-tez dovul boʻlib turadi. Daryolari sersuv, quyi qismida kema qatnaydi. Sernam tropik oʻrmonlar flora va fauna turlariga boy. Janubida savannalar uchraydi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Makkajoʻxori, yams, batat ekiladi. Kofe, kakao, kokos palmasi, kauchuk daraxtlari plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Yirik shaharlari: PortMorsbi, Madang, Sorong, Jayapura. Orolga yevropaliklardan dastlab XVI asrning 1-yarmida portugal dengizchilari borgan.