Kontent qismiga oʻtish

Yava yoʻlbarsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yava yoʻlbarsi
Muhofaza maqomi

Qirilib ketgan  (tax. 1980) (IUCN)
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Kenja turkum: Mushuksimonlar
Oila: Katta mushuklar
Urugʻ: Panteralar
Tur: Yo'lbars
Osttur: Panthera tigris sondaica
Variety: Yava yoʻlbarsi

Yava yoʻlbarsi[1] yoʻlbarsning Panthera tigris sondaica kenja turi populyatsiyasidan boʻlib, vatani Indoneziyaning Yava orolida joylashgan. Taxminlarga koʻra, XX asrning 80-yillarida ov va yashash hududlarining buzilishi tufayli yoʻq boʻlib ketgan. 1950-yillarda Yavadagi yoʻlbarslar soni 25 tagacha kamayib ketgan. Yovvoyi tabiatda oxirgi marta yoʻlbarsni 1979-yilda koʻrishgan[2][3]. Bugungi kunda Yavada yoʻlbarslarning kichik populyatsiyasi mavjudligi tasdiqlanmagan.

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yava yoʻlbarslari eng kichik yoʻlbars turlardan biridir. Erkaklarning vazni 100 kg dan 141 kg gacha, tana uzunligi oʻrtacha 245 sm, urgʻochilarning vazni 75 kg dan 115 kg gacha boʻlib, erkaklarnikidan kamroq boʻlgan.

Yoʻq boʻlib ketishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yillarda Yavada atigi 20-25 Yava yoʻlbarslari qolgan edi. Ularning yarmi Ujong Kulon yovvoyi tabiat qoʻriqxonasida yashagan. 1960-yillarda yovvoyi tabiatdagi yoʻlbarslarning barchasi faqat Ujong Kulon yovvoyi tabiat qoʻriqxonasi va Baluran milliy bogʻidagina koʻrilgan. 1972-yilga kelib, Yava yoʻlbarslarining soni Meru Betiri oʻrmon qoʻriqxonasida yettitagacha va yana qolgan hududlarda eng koʻpi bilan 5 ta gacha kamayib ketgan. 1979-yilda uchta yoʻlbars qolgan. Ushbu populyatsiyaning qachon yoʻqolib ketganligi nomaʼlum. Ammo bu jarayon 1980-yillarning oʻrtalarida sodir boʻlgan boʻlishi mumkin.

Yava yoʻlbarsi bugungi kunda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Yava orolining sharqiy qismida bir nechta yoʻlbarslar kuzatilgani haqida xabarlar maʼlum boʻlib turadi, chunki hududning 30 foizi haqiqiy oʻrmon bilan qoplangan. Guvohlar koʻrgan barcha „yoʻlbarslar“ uzoqdan yoʻlbarsga oʻxshab koʻrinadigan leopardlar boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan. Biroq, bir qator tadqiqotchilar buni rad etishadi.

2008-yil noyabr oyida Merbabu milliy bogʻida nomaʼlum ayolning jasadi (katta ehtimol sayohatchi) topilgan. Uning oʻlimiga yoʻlbars hujumi sabab boʻlgan. Jasadni topgan qishloq aholisi yaqin orada yoʻlbarsni koʻrganini aytishgan[4].

Yaqinda Yava yoʻlbarsi bilan yana 2009-yil yanvarda Sharqiy Yavadagi Magetan okrugida toʻqnashuv boʻlib oʻtgan. Bir necha qishloq aholisi oʻz qishlogʻi yonidan ikki bolasi bilan yoʻlbars oʻtib ketayotganini koʻrgan[5].

Meru Betiri milliy bogʻi Yava yoʻlbarsining omon qolganlarini qidirish uchun ushbu mintaqada maxsus yaratilgan. Endilikda bu bogʻning mavjudligi uning hududida oltin konlari topilganligi sababli xavf ostida qolgan[6]. Oltin qazib oluvchi uchta kompaniya milliy bogʻdagi yerlarni oʻzlariga oʻzlashtirmoqchi boʻlishmoqda.

  1. Фишер Д., Саймон Н., Винсент Д. Красная книга. Дикая природа в одной / пер. с англ., под ред. А. Г. Банникова. - М.: Прогресс, 1976. - С. 115. - 478 с.
  2. „Bambang M. 2002. In search of 'extinctʼ Javan tiger. The Jakarta Post (October 30).“. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  3. „Harimau jawa belum punah! (Indonesian Javan Tiger website)“. 2006-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  4. detikNews : Pendaki Wanita Tewas di Gunung Merbabu, Diduga Diterkam Harimau
  5. „Архивированная копия“. 2009-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-fevral.
  6. „Save The Tiger Fund — The Javan Tiger“. 2008-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.