Kontent qismiga oʻtish

Portugaliya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yn Phortiugaldan yoʻnaltirildi)
Portugaliya Respublikasi
República Portuguesa
ShiorY'o`q
Madhiya: A Portuguesa
Location of Portugaliya
Poytaxt Lissabon
Rasmiy til(lar) Portugal tili
Hukumat Parlamentlar Respublika
• Prezident
Anibal Kavako Silva
Pedro Passos Coelho
Yilda tashkil etilgan (868)
Maydon
• Butun
92,391 km2 (110-oʻrin)
• Suv (%)
0.5
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
10,566,212 (75-oʻrin)
• Zichlik 114/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$196,300 mil. (41-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$18,578
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma PO
Telefon prefiksi 351
Internet domeni .pt

Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning janubiy -gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugaliya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil 25-aprelda kuchga kirgan, unga 1982 va 1989-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Jorje Sampayyu), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shimolida Meseta yassi togʻligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela togʻi — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). Gʻarbida togʻlar dengiz boʻyi pasttekisligiga tik tushadi. Teju daryosi janubida Portugaliya past-tekisligi bor. Eng chekka jan.ni Ser-ra-daalgarvi past togʻlari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qoʻrgʻoshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi — subtropik. Oʻrta dengizga xos. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi sohilda 10°, ichki hududlarda 8° gacha, iyulniki — sohilda 20° va ichki hududlarda 27°. Yogʻingarchilik sohilda yiliga 1000 mm, togʻlarda 2000 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Shimolida togʻ-oʻrmon podzol, markaziy va janubiy hududlarda qoʻngʻir va jigarrang, dare vo-diylarida allyuvial tuproklar. Sohilda botqoq yerlar, shoʻrxok tuproklar koʻp. Mamlakat janubiy oʻsimliklari Oʻrta dengiz atrofiga xos, togʻlar makvis chakalakzorlari bilan qoplangan, shimolidagi togʻlarda tosh eman va poʻkak eman, kashtan, sohilda qaragʻayzorlar uchraydi. Togʻlardagi kattagina maydonlar oʻtloq. Hayvonot dunyosi boʻri, tulki, suvsar, genetta, tipratikan, yovvoyi quyon va hokazolardan iborat. Kemiruvchilar, koʻrshapalaklar, har xil parranda koʻp. Jeresh va Ria Formoza milliy bogʻlari, bir necha qoʻriqxonalar bor.

Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va boshqalarlar ham yashaydi. Rasmiy tillar — portugal va mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari — katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora.

P. hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlgan. Miloddan avvalgi 4—3-asrlardan bu yerda luzitanlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Qad. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati boʻlib qoldi. Milodiy 5-asr 1yarmidan svevlar, 6-asr 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713—18 yillarda P. hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249—50 yillarda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik oʻrni qulay boʻlganligi tufayli savdosotiq va hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuchayib, uzga mamlakatlarni bosib ola boshladi. Afrika va Osiyodagi bir qancha hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500-yildan Braziliyani egallashga kirishdi. 16-asrning 1yarmi P. imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda katta boylikni qoʻlga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar)ning chet ellarga ketib qolishi sababli P. iqtisodiyoti tushkunlikka uchray boshladi. 1581—1640-yillarda P. Ispaniya hukmronligida buldi. 18-asr boshida P. iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angliyaga butunlay karam bulib qoldi. 1750-yildan mamlakatda "maʼrifiy absolyutizm" ruhidagi islohotlar tufayli bir muncha iqtisodiy va siyosiy jonlanish boshlangan bulsa ham, 1777-yildan key-in bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807-yilda Napoleon 1 qoʻshinlari P.ni bosib oldi. 1811-yilda fransuz bosqinchilari haydab chiqarildi, biroq mamlakat 1820-yilgacha ingliz bosqinchilari zulmi ostida qoldi. 1820-yil P. inqilo-bidan soʻng islohotlar utkazildi. 1821-yil taʼsis korteslari qabul qilgan liberal konstitutsiya zamindorlarning imtiyozlari va inkvizitsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, toʻqimachilik fabikalari barpo etildi, 1853-yildat.y. ishga tushirildi. Ammo P. 20-asr boshlarida ham qoloq mamlakatligicha qolaverdi.

1926-yil 28-mayda hokimiyatni fashistlar egalladi. 1911-yil konstitutsiyasi bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932-yil davlat toʻntarishi boʻlib, A. di Oliveyra Salazar butun hokimiyatni koʻlga oldi. 1933-yil "yangi davlat" konstitutsiyasi joriy qili-nib, unda fashistik diktatura krnunlashtirildi. Barcha muxolifat partiyalar faoliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuchaytirildi. Ikkinchi jahon urushida P. betaraf turdi. Urushdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuchaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kachilik urushi P. iqtisodiyotini juda zaiflashtirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik kay-fiyati tarkaldi. 1974-yil 25-aprelda fashizm diktaturasi barham topdi va hokimiyat general di Spinola boshliq Milliy najot kengashi qoʻliga oʻtdi. Siyosiy faoliyatga birmuncha erkinlik berildi. Gvineya-Bisau, Mozambik, Yashil Burun orollari (hozirgi Kot-d’Ivuar), San-Tome va Prinsipi orollari va An-golaga mustaqillik berildi. 1976-yil qabul qilingan konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va demokratik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez oʻzgarishi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982-yil noyabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlash orqali mamlakatdagi siyosiy holatni barkarorlashtirdi. Portugaliya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 16-yanvarda tan oldi va 1992-yil 13-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 10-iyun — Portugaliya kuni (1580).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq monarxiyachi partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995-yil tashkil etilgan; Portugaliya kommunistik partiyasi, 1921-yil asos solingan; Sotsial-demokratik partiya, 1974-yil tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1973-yil asos solingan. Portugal mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi— Milliy intersindikal, 1970-yil tashkil etilgan. Portugaliya mehnatkashlari umumiy itti-foqi, 1979-yil tuzilgan, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi tarkibiga kiradi.

Xoʻjaligi va Sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugaliya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 6% atrofida.

20-asr oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal shahridagi zavodda metall eritiladi. Sanoat ishlab chiqarish qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari ishlab chiqarish rivojlangan. Kimyo va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral o'gʻit, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, oziq,-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino ishlab chiqarish) sanoati azaldan eksport uchun ishlaydi. Sement, chinni, oyna va sopol ishlab chiqarish korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga.

Qishloq xoʻjaligining asosini dex.qonchilik tashkil etadi. P. hududining 50% ishlanadi, shundan 30% haydaladigan yerlar. 10% bogʻ va tok-zor, sitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziqovqat ekinlari: bugʻdoy, makka-joʻxori, javdar, arpa, iyuli, kartoshka. Orollarda banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligi aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p ortining asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo-tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. Transport yoʻli uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 70,1 ming km. Lissabonda 1960-yildan metropoliten ishlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu.

Tashqi savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugaliya chetga mineral xom ashyo, toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari, vino, meva, poʻkak, qogʻoz, oziqovqat mahsulotlari, mashina-uskunalar chiqaradi. Chetdan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi (asosan, neft va neft mahsulotlari), mashina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — eskudo.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatga karashli kasalxonalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. 3 universitetning tibbiyot fakultetlarida vrachlar tayyorlanadi. Kuror-tlari orasida balneologiya sihatgoqlari koʻp.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

7 yoshdan 13 yoshgacha oʻqish majburiy va bepul. Boshlangʻich maktabi 7 yillik boʻlib, u 4 yillik boshlangʻich va 3 yillik qoʻshimcha kursdan iborat. 4 yillik boshlangʻich maktab negiziga tayangan litseylar va shunga oʻxshash boshqa oʻquv yurtlari oʻrta maʼlumot beradi. Hunar-texnika taʼlimi beruvchi turli oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 1 yildan 5 yilgacha. 8 universitet, oliy pogʻona kollejlari, harbiy va dengiz maktablari oliy maʼlumot beradi. Ko-imbradagi universitet (1290-yil asos solingan, xuzurida 5 institut bor), Lissabon universiteti (1290-yil asos solingan, 1911-yil qayta tiklangan, xuzurida 8 institut bor), Lissabondagi texnika universiteti (1931-yil asos solingan), Portu shahridagi universitet (1911-yil asos solingan) ularning eng yiriklaridir. Portugaliyada Lissabon ilm-fan aka-demiyasi (1779), Milliy sanʼat akademiyasi (1932), 25 ilmiy tadqiqot instituti, koʻpgina filiallarga ega boʻlgan Tabiiy fanlar boʻyicha tadqiqot kengashi (1936-yil Lissabonda tashkil etilgan), tibbiyot, fizika fanlari, texnika masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi tadqiqot markazlari bor. pedagogika, tarix, geografiya, arxeologiya, sanʼatshunoslik, til va adabiyot arboblarini byrlashtiruvchi 48 ilmiy jamiyat mavjud. Yi-rik kutubxonalari: Fanlar akademiya-sining kutubxonasi (1779), Lissabondagi Milliy kutubxona (1796), Koim-bra universiteti kutubxonasi va boshqa Yirik muzeylari: Milliy qad. sanʼat muzeyi, Milliy zamonaviy sanʼat muzeyi, Xalq sanʼati muzeyi, Dengiz orti hududlari etnografiyasi muzeyi, Arxeologiya, Bezak sanʼati, Harbiy mu-zeylar (hammasi Lissabonda), Koimb-radagi tabiat tarixi muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekursa guvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugaliyada koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi, eng muhimlari: "Dia" ("Kun", kundalik gazeta, 1975-yildan); "Diariuda Republika" ("Respublika gazetasi", kundalik gazeta, 1820-yildan), "Diariu notisiash" ("Yangiliklar gazetasi", kundalik gazeta, 1864-yildan), "Diariu popular" ("Xalq gazetasi", kundalik kechki gazeta, 1942-yildan), "Alavanka" ("Pishang", oylik jurnal), "Kapital" ("Poytaxt", kundalik kechki gazeta, 1968-yildan), "Publiku" ("Jamoatchilik", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Eshpresu" ("Ekspress", haftanoma, 1974-yildan). Luza axborot agentligi 1987-yilda ilgarigi ikki agentlik: Notisiash di Portugal va Ajen-sia Notisioza Ofisial Portugeza — ANOPning qoʻshilishi yoʻli bilan tuzilgan. Portugaliya radioeshittirish davlat kompa-niyasi 1975-yil tuzilgan. Portugaliya televideniyesi, aksiyadorlik telekompaniyasi, 1956-yil tashkil etilgan.

Adabiyotiga boy portugal folklori asos boʻlgan, uning 11-asrga oid namunalari bizgacha yetib kelgan. 13—15-asrlarga mansub ritsarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-asr boshlaridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy vokealar afsona va rivoyatlar bilan qoʻshib tasvirlandi. 15-asr oxirlaridan Uygʻonish davri adabiyoti maydonga chiqa boshladi. 16-asr oʻrtalaridagi iqtisodiy va siyosiy tanglik oqiba-tida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-asr oʻrtalaridan adabiyotga maʼrifat-parvarlik gʻoyalari kirib keldi. 19-asrning 30-yillarida romantizm rivoj topdi. 50—60 yillarda esa zamonaviy mavzularga eʼtibor kuchaydi. A. di Kental (1842—91) sheʼriyati, J. Dinishe (1839-71), J.M. Esadi Keyrush (1843-1900) romanlari, A.Enish (1848—1901) pyesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-asr P. adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron boʻldi. 1926-yil fashizm diktaturasi oʻrna-tilishi umidsizlik kayfiyatini kuchay-tirdi. 1974-yil bu diktatura barham top-gach, erkin adabiyotning vujudga kelishiga imkon yaratildi. Ilgʻor adiblar yangi, demokratik madaniyat barpo etishda faol katnasha boshladilar.

Portugaliya xududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1yarmidan doirasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodatxonasi haro-balari (miloddan avvalgi 3—2-asrlar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipidagi muh-tasham qirol saroylari (7-asr), arab madaniyatidan guvalak turar joylar qolgan. 12—14-asrlarda koʻpdan-koʻp shahar soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — "manuelino" uchun asos boʻldi. Ispanlar hukmronligi davri (1581—1640)da qurilish inqirozga uchradi. 17-asr oxiri — 18-asrda shaharsozlik rivojlandi, meʼmorlikda barokko va rokoko ustun boʻldi (Lissabon yaqinidagi Kelush saroyi, 1747—52, meʼmor M. V. di Oliveyra), 19-asrda klassitsizm rivojlandi. 20-asr meʼmorligida eng yangi qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanildi. Lissabon va Portu shaharlari rekonstruksiya qilinib, imoratlarda quyoshni toʻsuvchi qurilmalar qoʻllandi.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paleolit davridan qoya rasmlari (Santyagu-du-Eshkoral), neolit davridan dolmenlar, sopol idishlar saqlangan. 13— 15-asrlarda gotika uslubidagi haykaltaroshlik rivojlandi. 15—16-asrlar P. rassomligi niderland sanʼati taʼsirida taraq-qiy etdi. 17—18-asrlar sanʼatida barokko usuli mahobatli haykaltaroshliqsa namoyon boʻldi (J. Mashadu di Kashtru, A. Ferreyra ijodi), 18—19-asr boshlaridagi rassomlikda soʻnggi italyan barokko sanʼati anʼanalari klassitsizmning akademik talqini bilan almashdi. 20-asrning 50-yillarida neo-realistlar oqimi maydonga keddi (J. Pamar va boshqa ijodi), bu oqim vakillari milliy tarix va xalq hayotiga murojaat etdilar. Fashist diktaturasi agʻdarib tashlangach, koʻpgina rassomlar demokratik oʻzgarishlarga hissa qoʻshish ishtiyoqida ijod qila boshladi. Xalq ijodida yogʻoch oʻymakorligi, guldor sopol va turli ba-diiy buyumlar tayyorlash, toʻqimachilik, toʻr toʻqish rivoj topgan. Musiqasi ispan musiqa madaniyati bilan mushtarak xususiyatlarga ega. Qoʻshiq va qoʻshiq-raqs janrlari koʻproq rivojlangan. Mexnat va marosim qoʻshikdaridan eng koʻp tarqalgani — fadu (gitara joʻrligida kuylanadi), eng ommaviy raqs — vira. Gitara, gayta (volinka), zabumba (katta silindrsimon baraban), tambur (kichik baraban), pandeyru va adufi (doyra va toʻrtburchak shaklidagi doyra) kabi musika asboblari bor. Professional mu-siqa ham oʻz anʼanalariga ega. Italyan opera sanʼatining taʼsiri katta. Ilk yirik kompozitor M. Portugal (1762— 1830) 50 dan ortiq opera yozgan. "San-Karlush" opera teatri (1793) va Milliy konservatoriya (1835, ikkalasi ham Lissabonda), Musiqa akademiyasi (Ko-imbra), Munitsipal konservatoriya (Portu), 4 simfonik orkestr, xor ka-pellasi, bir necha musika jamiyati bor.

12-asrda sodda teatr tomoshalari koʻrsatilgan. 15-asr oxirlarida milliy teatr shakllandi, unga dramaturg, aktyor va kompozitor J. Visente asos soldi. 16-asr oxirida Lissabonda dunyoviy teatrlar paydo boʻldi. 17-asr katolik reaksiya kuchayishi teatrni tanaz-zulga uchratdi. 18-asrda maʼrifatparvarlik gʻoyalari teatrga samarali taʼsir qildi. 19-asr 20—30-yillarida milliy teatr rivojlana boshladi. Lissabonda dramatik sanʼat konservatoriyasi, milliy teatr tashkil topdi (1846). 20-asr boshlarida teatr turli moderni-stik okimlar taʼsirida boʻldi. Lissabonda qirolicha Mariya milliy teatri, Milliy xalq teatri, Badiiy teatr bor. Jahon mum-toz yozuvchilari asarlari va milliy zamonaviy dramaturglar (K. Ferreyra, A. Redol) pyesalari sahnalashtirilgan. Yetakchi aktyorlari: A. Abranshis, L. Simoinsh, S. Dinij, M. Lalandi va boshqa

1896-yildan ayrim kino-filmlar suratga olina boshladi. 1909-yil "Portugaliya-film" firmasi tashkil qilindi. 20-yillarda mashhur portugal rejissyorlari — A. di Barrush ("Dengiz qizi Mariya" badiiy filmi, 1930), M. di Oliveyra ("Doru, daryodagi ogʻir mehnat", 1931, "Tentak Anika", 1942, hujjatli filmlari) fa-oliyati boshlandi. 60-yillar oxiridan demokratik yoʻnalish qaror topdi. "Ont" (rejissyor A. di Masedu), "Doʻstlarim" (rejissyorda Kunya Telish), "Benilde" (1974), "Juvonmarg boʻlgan sevgi" (1981 — ikkalasining rejissyor Oliveyra), "Nozik taomil" (1976, rejissyor S. Santos) filmlari yaratildi. Figeyrada-Fosh shahrida xalqaro kinofestivallar utka-zil adi.

Oʻzbekiston — Portugaliya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugaliya (portugalcha: Portugal), toʻliq rasmiy nomi Portugaliya Respublikasi (portugalcha: República Portuguesa) — kontinental Yevropadagi eng gʻarbiy davlat. Poytaxti — Lissabon shahri. BMT aʼzosi.

Hududiy bo'linishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]