Kontent qismiga oʻtish

Yuka Kinoshita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuka Kinoshita
Shaxsiy maʼlumot
Tugʻilishi 4-fevral 1985-yil (1985-02-04) (39 yosh)
Kitakyushu, Fukuoka, Yaponiya
Millati Yaponiya
Kasbi YouTuber, Competitive eater
YouTube maʼlumoti
Kanal
Faoliyat yillari 2009-hozirgacha
Obunachilar 5.52 million
Jami koʻrishlar 2 milliard
Kanal AnyMind Group

Yuka Kinoshita (yaponcha: 木下ゆうか Kinoshita Yūka?, 1985-yil 4-fevralda tug'ilgan) Yaponiyalik YouTuber va competitive eater(xoʻranda).

Yuka Kinoshita 2014-yildan boshlab, yapon ovqatlanish musobaqalaridagi debyutidan besh yil oʻtgach, oʻzining ovqatlanishga yoʻnaltirilgan YouTube kanaliga videolar joylashtira boshladi.[1] Yaponiya televideniesi Yaponiya televideniesi Kinoshita har kuni 5000 dan 23 000 kaloriyagacha boʻlgan taomlarni isteʼmol qiladigan videolarni yuklaydi. Odatda Kinoshita oʻz videolarini 5-7 daqiqalik qilib tayyorlaydi, lekin vaqti-vaqti bilan u mukbang anʼanasi boʻyicha uzunroq „jonli ovqatlanish“ videolarini yuklaydi. 2020-yil iyun oyi holatiga koʻra, uning videolari 2 milliarddan ortiq koʻrildi.[2]

Kinoshita videolari yapon tilida va ingliz tilida soʻzlashuvchi tomoshabinlar uchun ochiq, chunki ular inglizcha subtitrlar bilan birga joylanadi. Shu sababli u ingliz tilidagi yangiliklar manbalarining ham eʼtiborini tortdi.[3] Shuningdek, u Yaponiya televideniesi, Ōgui (yaponcha: 大食い?) dasturida namoyish etilgan.[4]

  1. ASCII „芸能事務所をやめてYouTuberになった理由 大食いタレント木下ゆうか“ (ja-JP). Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
  2. „Yuka Kinoshita“. YouTube. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  3. Mills, Kelly-Ann. „This is how a woman eating 137 bananas in one go sparked a diplomatic row“ (2016-yil 20-iyul).
  4. „A Japanese Woman's Impressive Appetite Leaves the Internet Hungry for More - Icidici“ (en-US). Global Voices (2015-yil 24-avgust). 2016-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.