Yuliya Lipnitskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuliya Lipnitskaya
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yulia Vyacheslavovna Lipnitskaya
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 5-iyun 1998-yil (1998-06-05) (25 yosh)
Yekaterinburg, Rossiya
Boʻyi 1.60 m
Oldingi murabbiylari Aleksey Urmanov
Eteri Tutberidze
Sergey Dudakov
Ylena Levkovets
Marina Voitsekhovskaya
Oldingi jamoalari Iceberg
Sambo 70
Lokomotiv Yekaterinburg

Yuliya Vyacheslavovna Lipnitskaya (ruscha: Юлия Вячеславовна Липницкая; 1998-yil 5-iyun) — rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Yuliya Lipnitskaya 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining jamoa kubogini qoʻlga kiritish uchun kurashgan Rossiya jamoasining bir qismi boʻlgan. Yakka holda konkida uchuvchi sifatida Lipnitskaya 2014-yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Yevropa chempioni, 2013—2014-yilgi Gran-pri finali kumush medali sohibi va ikki karra Rossiya milliy chempionatining kumush medali sovrindori (2012 va 2014) boʻlgan. Lipnitskaya oʻsmirlik davrida 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida, 2011—2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri turniri finalida va 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqqan. Yuliya 2017-yilning 9-sentyabr kuni oyoq va son boʻgʻimlaridagi oʻgriqlar, shuningdek, anoreksiya tufayli professional sportni tark etdi.

Lipnitskaya qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan eng yosh rossiyalik sportchidir.  Yakka holda konkida uchuvchi ayollar toifasida Yevropa chempionatining eng yosh oltin medal sohibi hisoblanadi. Yuliya zamonaviy qoidalar boʻyicha oʻtkazilgan Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan eng yosh figurali uchuvchi ayol hamdir. Rossiya terma jamoasi kubokni qoʻlga kiritganida Lipnitsakaya 15 yoshu, 249 kun edi[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuliya Lipnitskaya 1998-yil 5-iyunda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tugʻilgan. Lipnitskayani yolgʻiz ona boʻlgan Daniyela Leonidovna Lipnitskaya tarbiyalagan, u oʻz familiyasini Yuliyaga bergan. Lipnitskayaning otasi Vyacheslav onasi homilador boʻlganida Rossiya armiyasiga chaqirilgan va keyinchalik u oilasiga qaytmaslikni afzal koʻrgan. Lipnitskayaning buvisi Yevgeniya Koklova yoshligida akrobatika, konkida uchish va suzish bilan shugʻullangan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lipnitskaya rossiyalik konkida uchuvchi Vladislav Tarasenko bilan ishqiy munosabatda. Lipnitskaya 2020-yil iyun oyida birinchi farzandini Tarasenko bilan birga kutayotganini tasdiqlagan[2]. Ularning qizi Katalina 2020-yil 27-iyunda dunyoga kelgan[3].

Lipnitskaya „Elle Girl Russia“ jurnalining 2014-yil may sonining birinchi muqovasida paydo boʻlgan. U 2015-yilda sevimli rus sportchisi uchun Nickelodeon Kids Choice Award mukofotini qoʻlga kiritgan va oʻsha yili Adidas brendi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lipnitskaya 2014-yilda Prezident Vladimir Putin bilan taqdirlash marosimida

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Musobaqa 09-10 10-11 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16 16-17
Olimpiada 5
Jahon chempionati 2
Yevropa chempionati 1ㅤ
GP Final WD 2 5
GP Skate America 6 WD
GP Skate Canada 1ㅤ
GP Fransiya 3 2 2
GP Xitoy kubogi 2 2
GP Rostelecom kubogi 1ㅤ 12
CS Finlandiya 2
CS Ondrej Nepela 2
Tyrol Cup 1ㅤ
Finlandia Trophy 1ㅤ 1ㅤ
Xalqaro: (oʻsmirlar)
Yoshlar dunyosi 1ㅤ 2
JGP Final 1ㅤ
JGP Italiya 1ㅤ
JGP Polsha 1ㅤ
Milliy
Musobaqa 09-10 10-11 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16 16-17
Rossiya chempionati 4 2 WD 2 9 7 WD
Oʻsmirlar ortasidagi rossiya chempionati 5 WD 1ㅤ 5
Jamoaviy musobaqalar
Olimpiada 1-T
1-P
J = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqadan chiqib ketgan
T = Jamoaviy natija; P = Shaxsiy natija
. Medallar faqat jamoaviy natija uchun beriladi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turkum Natija
2015 Kids Choice Awards Sevimli rus sport yulduzi Gʻolib

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]