Yuriy Pavlov
Yuriy Nikolayevich Pavlov | |
---|---|
Tavalludi |
1923-yil 17-noyabr SSSR, Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati |
Qoʻmondonlik qilgan | Minomyot vzvod komandiri |
Yuriy Nikolayevich Pavlov (1923-yil 17-noyabr, Namangan, Oʻzbekiston SSR) — sovet askari, SSSRda xizmat koʻrsatgan sinov uchuvchisi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, kapitan (1967-yil).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1923-yilda Namangan shahrida tavallud topgan[1]Заслуженные испытатели СССР, 2015.
1941-yilning iyul oyidan boshlab SSSR qurolli kuchlari safida xizmat qila boshlagan. Oʻsha yili Orenburg shahridagi Chkalovskiy otliqlar maktabiga ham oʻqishga kiradi[1]Заслуженные испытатели СССР. .
Ukraina markaziy, birinchi va toʻrtinchi frontlari qoʻshinlari tarkibidan Ulugʻ Vatan urushi jang maydonlarida jang olib borgan[1]Заслуженные испытатели СССР. . Kursk jangida, Chernigov-Pripyat, Kiev mudofaa va hujumlarida, Jitomir-Berdichev, Rivne-Lutsk, Proskurov-Chernovsi, Lvov-Sandomierz, Karpat-Ujgorod, Gʻarbiy Karpat va Moraviya-Ostrava operatsiyalarida ham ishtirok etgan[1]. 1943-yilda ikki marta, birinchi marta 28-iyulda, ikkinchi marta noyabr oyida janglarda jarohat olgan[1].
Urushdan keyin Pavlov Karpat harbiy okrugida xizmat qilishni davom ettiradi, keyinchalik 1946-yilda zahira qoʻshinlari safiga qoʻshiladi. 1946—1948-yillarda Kuybishev sanoat texnikumida tahsil olgan[1][2]. 1952-yilga kelib, Kiev fuqarolik havo floti muhandislari institutini tugallaydi[1][2].
1952—1962-yillarda fuqarolik havo floti ilmiy-tadqiqot institutida muhandis, soʻngra yetakchi muhandis boʻlib faoliyat olib borgan[2]. 1950-yildan 1952-yilga qadar Pavlov Kiev aeroklubida parvoz va samolyot sporti bilan faol shugʻullangan[1]Симонов А. А. „Павлов Юрий Николаевич“, . Заслуженные испытатели СССР, 2-е изд., доп., Москва: Фонд «Русские витязи», 2015 — 154-bet. ISBN 978-5-9906036-9-1. .
1962-yil dekabr oyidan 1983-yil noyabr oyiga qadar parvozlar ilmiy-tadqiqot institutida sinovchi uchuvchi boʻlib xizmat qilgan[1]Заслуженные испытатели СССР. . Bundan tashqari, Pavlov institutda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha Mi-2, Mi-4, Mi-6, Mi-8, Mi-10, Mi-24, Ka-25 mashinalari va ularning modifikatsiyalari boʻyicha test dasturlari toʻplamini tugatgan[1][2].
Hozirgi kunda Yuriy Pavlov Moskva shahrida istiqomat qiladi.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-darajali Vatan urushi ordeni (1985-yil 11-mart);
- 2 ta Vatan urushi ordeni (1944-yil 15-oktyabr va 1945-yil 20-may);
- Qizil Yulduz ordeni (1944-yil 11-avgust);
- bir qancha medallar[1];
- SSSRda xizmat koʻrsatgan sinov uchuvchisi(1979-yil 17-avgust).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Симонов А. А. „Павлов Юрий Николаевич“, . Заслуженные испытатели СССР, 2-е изд., доп., Москва: Фонд «Русские витязи», 2015 — 154-bet. ISBN 978-5-9906036-9-1.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Павлов Юрий Николаевич“, Авиационная энциклопедия в лицах. Москва: Барс, 2007 — 455-bet. ISBN 978-5-85914-075-6.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vasin V. P., Simonov A. A. Ispitateli LII. — Jukovskiy: Aviatsionniy Pechatniy Dvor, 2001. — S. 80. — 192 s. — ISBN 5-93705-008-8.
- Dobroxotov V. A. Ispitateli vertolyotov. Kniga pervaya. Ispitateli vertolyotov OKB M. L. Milya. — Moskva, 2010.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Павлов Юрий Николаевич“ (ru). Тематический сайт «Энциклопедия испытателей» (2015-yil 21-iyul). Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.