Zamaxshar
Muqobil nomlar | Zmuxshir, Zumukshir |
---|---|
Manzilgoh | Xorazm |
Turi | Qadimiy shahar (qishloq) |
Tarix | |
Tashkil etilgan | mil. avv. III asr |
Tashlab ketilgan | XIV asr |
Davrlar | Oʻrta asrlar |
Makon qaydlari | |
Arxeologlar | M. V. Voyevodskiy (1934), Yahyo Gʻulomov (1936), S. P. Tolstov (1938) |
Vaziyat | Vayron qilingan |
Zamaxshar, Zmuxshir, Zumukshir (forscha: زمخشر, turkmancha: Yzmykşir) — qadimiy va oʻrta asrlarda Xorazmda mavjud boʻlgan shahar, baʼzi maʼlumotlarga koʻra qishloq. Zamaxshar Islom ulamosi Mahmud ibn Umar Zamaxshariyning vatanidir. U hozirgi Turkmanistonning shimolidagi Toshhovuz viloyati Taxta tumanidagi qishloq oʻrnida boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamaxshar miloddan avvalgi III asrdan mavjud boʻlgan[1]. Milodiy birinchi asrlarda bu hududdagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylangan[2]. Zamaxshar savdo yoʻllari va tabiiy sugʻoriladigan togʻ oldi hududlarida joylashgan qishloqlardan biri edi[3]. Mesopotamiyadan savdo yoʻli Niso, Qoraqum va Zamaxshar orqali Gurganjga oʻtgan, u yerda bir qancha yoʻllar birlashgan, soʻngra Ustyurt orqali Volga va Qora dengizning oʻng qirgʻogʻigacha borgan[4]. Shahar X asrda Oʻrta Osiyoda sirlangan buyumlar kulolchiligi gullab-yashnagan davrda kulolchilik ishlab chiqarish markazlaridan biri boʻlgan[5][6]. Zamaxsharning eng gullab-yashnagan davri IX—X asrlarga toʻgʻri keladi[1].
Al-Muqaddasiy (X asr) maʼlumotlariga koʻra, oʻrta asrlarda Zamaxshar kichik shahar (Kat, Gurganj va mintaqadagi boshqa shaharlardan ancha kichik) boʻlgan[7]. Ibn Battuta (XIV asr) bu qishloq Gurganjdan 4 chaqirim uzoqlikda joylashganligini yozgan[8]. Zamaxshar Xorazmning 1315-yilda chingiziy Bobo-oʻgʻul (Chingizxonning ukasi Joʻji-Xasorning avlodi) tomonidan vayron qilingan shaharlari sirasiga kiradi[9]. XIV asrdan keyin yozma manbalarda shahar haqida tilga olinmagan[8].
Al-Muqaddasiy Zamaxshar haqida yozgan[14]:
Zamaxshar — devorlari, ariqlari, zindonlari, darvozalari temir bilan qoplangan, har kechasi koʻtarilib turuvchi koʻprikli kichik (qishloq). Katta yoʻl shaharni kesib oʻtadi. Masjidi goʻzal (u bozorning chetida joylashgan).
_____________________________________________________________
Asl matn (arabcha): زمخشر: صغيرة عليها حصن و خندق و محبس و أبواب محددة و الجسور ترفع كل ليلة و الجادة تشق البلد، و الجامع ظريف بطرف السوق.
— „Ahsan at-takasim fi marifat al-akalim“
Zamaxshar arab geografi Muqaddasiy asarida yana shunday taʼriflangan: "…uncha katta boʻlmagan qishloq, unda devor, xandaq, qamoqxona, temir bilan qoplangan darvozalar, har kecha koʻtarib qoʻyiladigan koʻpriklar bor. Uni katta yoʻl kesib oʻtadi; jome masjidi chiroyli. U bozorning chetiga joylashgan". V. V. Bartold fikricha, Zamaxshar Xivadan 80, Koʻhna Urganchdan 125 chaqirim keladigan Zumukshir xarobalari oʻrnida boʻlganTurkmanlar uni Izmixshir deb atashgan[10].
Xarobalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamaxshar qalʼasi xarobalari Turkmanistonning Toshhovuz viloyati Goʻroʻgʻli shahridan 26 km gʻarbda joylashgan[11]. Xarobalardan unchalik uzoq boʻlmagan joyda Gerelde (janubdan 0,5 km) va Yzmikshir (gʻarbdan 1,2 km) qishloqlari joylashgan. Bu xarobalar 1873-yil 4—11-avgustda hududda razvedka olib borgan chor generali M. D. Skobelevning „Ot Zmukshira do kolodsev Orta-kuyu“ asarida tilga olingan. Zamaxshar xarobalarini M. V. Voyevodskiy (1934), Yahyo Gʻulomov (1936), S. P. Tolstov (1938) boshchiligidagi ekspeditsiyalar tekshirgan[12].
Qalʼa devorlarining ayrim qismlari va loy gʻishtdan qurilgan darvozalari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Devorlarning umumiy uzunligi 1500 m ni tashkil qiladi. Qalʼani oʻrab turgan xandaqning chuqurligi 16 m, kengligi 15 m gacha[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Luckow B.. Turkmenistan: versunkene Wüstenstädte an der Seidenstraße. Trescher Verlag, 2012 — 195-bet. ISBN 9783897942103.
- ↑ Неразик Е. Е.. Сельское жилище в Хорезме I—XV вв.: Из истории жилища и семьи. Наука, 1976 — 16-bet.
- ↑ Труды южно-туркменистанской археологической комплексной экспедиции, Ашхабад, 1963 — 301-bet.
- ↑ Институт истории АН УзССР. История Хорезма: с древнейших времён до наших дней. Фан, 1976 — 70-bet.
- ↑ Пугаченкова Г. А.. Искусство Туркменистана: очерк с древнейших времён до 1917 г.. Искусство, 1967.
- ↑ История Туркменской ССР. Издательство АН ТССР, 1955 — 238-bet.
- ↑ Средневековый город Средней Азии 1973.
- ↑ 8,0 8,1 Bosworth C. E. „Zamak̲h̲s̲h̲ar“, . Encyclopaedia of Islam, Second Edition.
- ↑ Бартольд В. В.. Работы по исторической географии. Восточная литература РАН, 2002 — 54-bet. ISBN 9785020182950.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Известия АН Туркменской ССР: Серия биологических наук. Ылым, 1982 — 40-bet.
- ↑ Ўзбек совет энциклопедияси. Ташкент: Ўзбек Совет Энциклопедияси Бош редакцияси, 1971 — 426-bet.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |