Kontent qismiga oʻtish

Zarbandtogʻ

Vikipediya, erkin ensiklopediya

ZarbandtogʻNurota togʻ sistemasidagi Oqtogʻning yon tizmasi, Oqtepasoydan gʻarbda. Uzunligi 10 km, eng baland joyi Zarband qishlogʻi yaqinida (1280 m). Zarbandtogʻ paleozoy yotqiziqlari, asosan, slanetslardan tarkib topgan, relyefi asosan tekislik. Tipik va toʻq boʻz tuproq keng tarqalgan. Efemerlar va efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Zarbandtogʻdan xoʻjalikda yaylov sifatida foydalaniladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil