Kontent qismiga oʻtish

Mars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Mars"dan yoʻnaltirildi)
Mars  ♂
Mars sayyorasi
Mars.
Mehvar tasnifi
Katta yarim oʻqi 227,936,637 km
1.52366231 AB
Perimetri 1,429,000,000 km
9.553 AB
Ekssentrisiteti 0.09341233
Perigeliy 206,644,545 km
1.38133346 AB
Afeliy 249,228,730 km
1.66599116 AB
Siderik davri 686.9600 kun
(1.8808 Yer yili)
Sinodik davri 779.96 kun
(2.135 Yer yili)
Oʻrtacha orbital tezligi 24.077 km/soniya
Eng katta orbital tezligi 26.499 km/soniya
Eng kichik orbital tezligi 21.972 km/soniya
Chekinish 1.85061°
(5.65° (Quyosh ekvatoriga nisbatan))
Orbital tugun uzunligi 49.57854°
Perigeliy argumenti 286.46230°
Tabiiy yoʻldoshlari soni 2
Quyoshdan uzoqlik masofasi 1.52 AB
 
Fizik tasnif
Ekvatorining diametri 6,804.9 km
(0.533 (Yer))
Qutbiy diametri 6,754.8 km
(0.531 Yer)
Siqiqligi 0.00736
Maydoni 144,798,465 km2
(0.284 (Yer))
Hajmi 1.6318×1011 km3
(0.151 (Yer))
Massasi 6.4185×1023 kg
(0.107 (Yer))
Zichlik 3.934 g/sm3
Tortish kuchi (ekvatorda) 3.69 m/s2
(0.376 g)
Birinchi kosmik tezlik 5.027 km/s
Siderik sutka 1.025957 kun
(24.622962 soat)
Aylanish tezligi 868.22 km/soat
(ekvatorda)
Ekliptikaga ogʻish burchagi 25.19°
Rektassenziya
(Shimoliy qutb uchun)
317.68143°
(21 soat 10 daq 44 s)
Deklinatsiya 52.88650°
Albedo 0.15
Sirtidagi harorat
- min
- oʻrta
- max

133 K (−140 °C)
210 K (−63 °C)
293 K (20 °C)
 
Atmosfera tasnifi
Atmosfera bosimi 0.7–0.9 kPa
Karbonat angidrid 95.32%
Azot 2.7%
Argon 1.6%
Kislorod 0.13%
Uglerod monoksidi 0.07%
Suv bugʻi 0.03%
Azot oksidi 0.01%
Neon 0.00025%
Kripton 0.00003%
Ksenon 0.000008%
Ozon 0.000003%
Metan 0.00000105%
tahrir

Mars yoki Mirrix (arab.) — Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha toʻrtinchi va kichikligi jihatdan Merkuriydan keyingi ikkinchi sayyorasidir. Bu sayyora qadimgi Rim mifologiyasidagi urush xudosi — Mars sharafiga shunday nomlangan. Mars atmosferasi siyrak boʻlgan ichki sayyora boʻlib, uning poʻsti asosan Yer poʻstiga oʻxshash unsurlardan, shuningdek, temir va nikeldan iborat yadrodan tashkil topgan. Mars sathini zarba kraterlari, vodiylar, choʻllar va qutb qalpoqlari egallagan. Shuningdek, uning Fobos va Deymos nomli ikkita yoʻldoshi bor.

Mars sathidagi eng eʼtiborga loyiq obyektlar qatoriga Olympus Mons va Valles Marinerisni kiritish mumkin. Olympus Mons (lotinchadan tarjimasi: „Olimp togʻi“) eng yirik vulqon va Quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralardagi eng baland togʻ boʻlsa, Valles Marineris (lotinchadan tarjimasi „Marineris vodiysi“) Quyosh sistemasidagi eng yirik kanyonlardan biri hisoblanadi. Shimoliy yarim shardagi Borealis havzasi sayyoraning 40 foizini egallaydi.[1] U yirik zarbadan keyin hosil boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Marsda boʻladigan kun va fasllarni Yerdagi bilan taqqoslash mumkin, chunki ikki sayyorada ham aylanish davri va aylanish oʻqining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi oʻxshash hisoblanadi. Mars yuzasida past atmosfera bosimi (Yer atmosfera bosimining 1 foizidan ham past) tufayli suyuq suv boʻlishi mumkin emas.[2][3] Marsning ikkita doimiy qutb qalpoqlari bor boʻlib, ular asosan muzliklardan tashkil topgan.[4][5] Koʻplab dalillar shuni koʻrsatadiki, Marsda uzoq oʻtmishda suv boʻlgan va shu sababli, ehtimol, hayot ham bor boʻlgan. Ammo, bu sayyorada hayot boʻlganmi va shunday boʻlsa, bugungacha saqlanib qolganmi degan savollar hamon javobsiz qolmoqda.

Marsni tadqiq qilish 1965-yili Mariner fazo apparatini unga uchirishdan boshlandi. NASA fazo agentligining Viking 1 fazo apparati 1976-yilda sayyora sirtiga qoʻnib, sayyora sirtidan ilk tasvirlarni Yerga uzatdi. Ikki mamlakat Marsga roverlarni (sayyorayurarlar) muvaffaqiyatli qoʻndira olib, ular: AQSh (1997-yilda Sojourner roveri bilan) va Xitoy (2021-yilda Zhurong roveri bilan).[6] Shuningdek, Marsni tadqiq qilish uchun koʻplab missiyalar rejalashtirilgan boʻlib, ularga 2026-yilda amalga oshirilishi reja qilingan Mars sample-return mission (MSR) va 2018-yilda ishga tushirilishi reja qilingan, ammo ayrim sabablar tufayli 2024-yilga qoldirilgan Rosalind Franklin missiyalarini kiritish mumkin.

Mars Yerdan odam koʻziga qizgʻish tusdagi nuqta boʻlib koʻrinadi. Uning qizgʻish rangda koʻrinishiga sabab sayyora sirtida temir oksidi keng tarqalgani boʻlib, shuning ortidan u Qizil sayyora, deb ham ataladi.[7][8] Bu sayyora Yer osmonidagi eng yorqin jismlar sirasiga kirib, koʻrinma yulduz kattaligi −2.94 ga yetadi (buni Yupiterniki bilan taqqoslasa boʻlib, faqatgina undan Venera, Oy va Quyosh yorqinroqdir). Tarixan, Mars odamlar tomonidan qadim zamonlardan beri kuzatilgan va uzoq yillar davomida oʻrganilib, insoniyatning ushbu sayyora haqidagi bilimi ortib bordi.

Fizik tasnifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mars diametri taqriban Yer diametrining yarmiga teng, yuzasi esa Yerning umumiy quruqlik maydoni yuzasidan biroz kamdir.[9] Mars zichligi Yernikidan past boʻlib, hajmi Yer hajmining 15 foizini, massasi 11 foizini, tortish kuchi esa 38 foizini tashkil etadi. Mars sirti uning tarkibidagi temir(III) oksidi yoki zang sababli qizgʻish-sariq boʻlib koʻrinadi.[10] Ayrim sohalari oʻsha yerdagi mavjud minerallar hisobiga oltin, qoʻngʻir, sargʻish-jigarrang va koʻkimtir boʻlib koʻrinishi ham mumkin.[11]

Ichki tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer kabi Mars ham differensiatsiyaga uchragan boʻlib, bu uning zich metallik yadrosining oz zich materiallar bilan qoplanishiga sabab boʻldi.[12][13] Marsning ichki tuzilishini aks ettiruvchi hozirgi zamonaviy modellarga asosan sayyora yadrosining aksariyati temir va nikeldan, taxminan 16-17 foizi esa oltingugurtdan iborat, deb taxmin qilinadi.[14] Yadrodagi yengilroq unsurlar miqdori Yernikidan ikki barobar koʻpdir.[15] Bundan tashqari, yadro sayyoradagi tektonik va vulkanik xususiyatlarning koʻpini shakllantirgan silikat mantiya bilan oʻralgan. Mars poʻstida kremniy va kisloroddan tashqari temir, magniy, aluminiy, kalsiy va kaliy kabi unsurlar ham aksariyatini tashkil qiladi. Sayyora poʻsti oʻrtacha 50 kilometr, maksimum 125 kilometr qalinlikka ega.[15] Solishtirish uchun, Yer poʻstining oʻrtacha qalinligi 40 kilometrdir.[16]

Mars seysmik jihatdan faol hisoblanadi. 2019-yilda InSight fazo apparati ushbu sayyorada 450 ta zilzilani qayd etdi.[17][18] 2021-yilda InSight qayd etgan oʻn bitta past chastotali Mars silkinishlariga asosan Mars yadrosi haqiqatan suyuq jismdan iborat ekanligi, radiusi taxminan 1830±40 km, temperaturasi esa 1900-2000 K atrofida ekanligi maʼlum boʻldi. Mars yadrosining radiusi Mars radiusining yarmidan katta, Yer yadrosi radiusining esa taxminan yarmiga tengdir. Bu uzunlik modellar taxmin qilgan uzunlikdan ortiqroq boʻlib, yadro tarkibida temir—nikel qotishmalari va oltingugurt (15 foizgacha) bilan bir qatorda kislorod va vodorod kabi yengilroq unsurlar ham borligi aniqlandi.[19][20]

Marsning Yerga qiyosi
NASA fazo agentligining uch orbiteri olgan fotosuratlar asosida Mars tortishish maydonining qanday qilib xaritasi tuzilgani haqidagi video (01:28)

Mars yadrosi tosh jinslaridan tashkil topgan mantiya bilan oʻralgan, ammo Yerning pastki mantiyasiga oʻxshash qatlamga ega emas. Mars mantiyasi 500 km chuqurlikkacha (erigan jinslardan tashkil topgan astenosfera qatlami boshlangan joygacha) qattiq holatda boʻladi.[21] Astenosfera tagida seysmik toʻlqinlar tezligi ortib boradi va taxminan 1050 km chuqurlikda Golitsin qatlami bilan chegaralandi.[20] Mars poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 24-72 km qalinlikka ega hisoblanadi.[22]

Sirt geologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mars ichki sayyora hisoblanib, uning sirti kremniy va kislorodga boy minerallar, metallar hamda togʻ jinslaridan tashkil topgan boshqa unsurlardan iborat. Mars sirti asosan bazaltdan tashkil topgan boʻlsa-da,[23] ayrim qismlarining tarkibi oddiy bazaltga qaraganda koʻproq kremniy dioksidga boy hamda ular Yerdagi andezit jinslariga yoki kvars shishaga oʻxshash boʻlishi ham mumkin, deb taxmin qilinadi. Oʻrganishlar natijasida past albedoli mintaqalarda plagioklaz dala shpatining konsentratsiyalari uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari, shimoliy past albedoli mintaqalarda filosilikatlar va oʻta chidamli kremniy shishaning konsentratsiyalari normal miqdordan koʻproq uchrashi ham maʼlum boʻldi. Janubiy tepaliklarida oʻta chidamli kalsiy piroksenlarni juzʼiy miqdorda uchratish mumkin. Shuningdek, gematit va olivinning mahalliylashgan konsentratsiyalari ham topilgan.[24] Sirtning koʻp qismi mayda donali temir(III) oksid changi bilan qoplangan.[25]

Mars 20-asrdan beri chuqur oʻrganib kelinayotgan boʻlsa ham ilk marta Mars yuzasini kavlash 2013-yil „Curiosity“ marskezarida joylashtirilgan parmalash uskunasi orqali amalga oshirilgan. Ushbu uskuna Mars yuzasini bor-yoʻgʻi 3-5 sm chuqurlikda parmalay olgan. AQSHning Marsdagi omadli missiyalaridan ruhlangan boshqa davlatlar ham oʻzining Mars dasturlari ustida ishlay boshlashdi. 2003-yil Buyuk Britaniya oʻzinig Bigl-2 apparatini Marsga qoʻndirdi. Ammo qoʻyosh panellari joylashgan qanot toʻliq yoyilmagani tufayli apparat ishdan chiqdi. Yevropa Ittifoqi 2016-yil Skiaparelli apparatini Mars yuzasiga yumshoq qoʻndirolmagani tufayli apparat halok boʻldi va missiya tugutildi[26].

2021-yilning 18-fevralida NASAning „Perseverance“, yaʼni „Qatʼiyat“ nomli navbatdagi marskezari qizil sayyora sirtiga muvaffaqiyatli qoʻngan edi. Endi u Marsga oʻzi bilan olib kelgan vertolyot-dronni uchirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Parvoz 11-aprelga rejalashtirilgan va bu, shubhasiz, aprel oyining eng eʼtiborli ilmiy-kosmik voqeasi boʻldi. Marsda uchiriladigan ilk vertolyotga „Ingenuity“, yaʼni „Topqir“, (yana bir maʼnosi „Ixtirochilik“) deb nom berilgan.

Ushbu vertolyot parvozi nimasi bilan ahamiyatli va tarixiy boʻladi? Gap shundaki, kosmik tadqiqotlar tarixida ilk bor koinot tadqiqot apparati reaktiv tayanch bilan emas, balki „muallaq uchish“, yaʼni boshqariladigan atmosfera parvozini amalga oshirishi kutilmoqda. Sxematik chizmasiga qaralsa, „Ingenuity“ koʻproq dron-kopterlarga oʻxshaydi. U Yerda 1,8 kg vaznga ega boʻlgan. Lekin Marsda u Yerdagi vaznining atiga 38 foiziga ega boʻladi xolos va bu degani, apparat-dron u yoqda taxminan 680 grammga teng demakdir. Marsning oʻta siyrak atmosferasida parvoz uchun bu vazn eng optimal vazn boʻlishini NASA muhandislari hisoblab chiqishgan.

„Ingenuity“ — shunchaki oʻzga sayyorada uchadigan vertolyot emas. U bir vaqtning oʻzida kosmik apparat hamdir. U oʻzini oʻzi energiya bilan taʼminlaydi va juftlikdagi sherigi — „Perseverance“ marskezari bilan simsiz aloqa orqali sinxronlanib parvoz qiladi. Dronning parvozi unchalik uzoq boʻlmaydi. U koʻpi bilan 10 metr yuqoriga uchadi va „Perseverance“dan 300 metrdan nariga ketmasligi kerak boʻladi. Unga biror-bir ilmiy apparatura oʻrnatilmagan, faqat kameralar bilan jihozlangan boʻlib, „Perseverance“ uchun yuqoridan turib maʼlumot yigʻishga va joy topografiyasini oʻrganishga yordam beradi. Dron umuman olganda, zamonaviy smartfonlardagi kabi apparat taʼminoti bilan jihozlangan (hatto baʼzi smartfonlarning prosessor va operativ xotirasi „Ingenuity“nikidan kuchliroq), u „Linux“ bazasida ishlaydi va oddiy litiy-ion batareykasidan enegriya oladi. Batareykani esa parraklarning yuqori sirtiga oʻrnatilgan quyosh panellari zaryadlaydi.

Umuman olganda, „Ingenuity“ vertolyotining hozirgi missiyadagi asosiy maqsadi — „Perseverance“ uchun keyingi harakat yoʻnalishini aniqlashda yordam berishdan iborat. Dastlabki sinov parvozida „Ingenuity“ 3 metr yuqoriga 1-1,5 daqiqa davomida parvoz qilib, biroz muallaq turishi kerak boʻladi. NASA ushbu tajriba parvozi orqali, mazkur texnologiyaning imkoniyatlarini oʻrganib chiqadi va keyingi Mars missiyalarida bunday dronlardan foydalanishning istiqbollarini baholaydi.

Agar hammasi risoladagidek ketsa, Qizil sayyoraga keyinchalik „Ingenuity“ning davomchilari boʻlgan boshqa uchish apparatlari yoʻl oladi. Bunday turdagi apparatlar orqali esa kosmik jismlarni tadqiq qilish yanada osonroq va qiziqroq boʻladi. Chunki marskezarlar sirtda yurgani bois, toʻsiqlarga va gurunt tarkibiga nisbatan himoyasiz (masalan, „Spirit“ qumloqqa botib qolib ishdan chiqqan) hisoblanadi. Uchish apparatlari esa sirtdagi toʻsiqlarni pisand qilmay, sayyorani yanada tezkorroq va aniqroq tadqiq qilishi mumkin boʻladi. Ingenuity „avlodlari“ Marsning marskezarlar yetib bora olmaydigan joylariga bemalol uchib borib, ilm-fan uchun yangi-yangi maʼlumotlarni yigʻib bera oladi deb umid qilinmoqda[27].

NASA Marsdagi Jezero krateri ob-havosini oʻrgandi. Marsda oʻrnatilgan „Perseverance“ kosmik qurilmasi MEDA (Marsdagi haroratni oʻlchovchi tizim) tizimidan foydalanib, sayyoradagi havo harorati, radiasiya va shamol haqida maʼlumot yuborgan. U yarim daqiqa davomida sayyoradagi haroratni oʻlchagan.

Taʼkidlanishicha, har yarim soatda harorat 5 darajaga tushishi kuzatilgan va sayyora sirtining harorati 20 daraja sovuqdan 25 daraja sovuqqacha tushgan. Havo bosimi 718 paskalni tashkil qilgan. Shu bilan birga, Marsning Jezero krateri Geyla krateriga nisbatan tozaligi aniqlangan[28].

Mars (chapda) va 2001-yil iyul oyida global chang boʻroni bilan (oʻngda), Hubble kosmik teleskopi tomonidan koʻrilgan

Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar ichida Mars fasllari ikki sayyoraning aylanish oʻqlarining oʻxshashligi tufayli Yerga oʻxshaydi. Mars fasllarining uzunligi Yernikidan ikki baravar koʻp. Mars sirtining harorati ekvatorial, shuningdek, haroratlarning keng diapazoni quyosh issiqligini koʻp saqlay olmaydigan yupqa atmosferaga ega, past atmosfera bosimi (Yer atmosferasining taxminan 1% zi) va past issiqlik inertsiyasi bilan bogʻliq. Sayyora Quyoshdan Yerga nisbatan 1,52 marta uzoqlikda joylashgan boʻlib, quyosh nuri miqdorining atigi 43 foizini tashkil qiladi.[29]

Agar Mars Yerga oʻxshash orbitaga ega boʻlsa, uning fasllari Yernikiga oʻxshash boʻlar edi, chunki uning eksenel egilishi Yernikiga oʻxshaydi. Mars orbitasining nisbatan kattaligi sababli eksentrisiteti sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Mars perigelion yaqinida, agar janubiy yarimsharda yoz, shimolda qish boʻlsa, janubiy yarimsharda qish va shimolda yoz boʻlsa, afelion yaqinida joylashgan. Natijada, janubiy yarimsharda fasllar ekstremalroq, shimoldagi fasllar esa boshqa holatlarga qaraganda oloqroq. Janubdagi yozgi harorat shimoldagi ekvivalent yozgi haroratdan 30 C-gacha issiqroq boʻlishi mumkin. Marsda Quyosh tizimidagi eng katta chang bo'roni tezligi 100 km/soatdan oshadi. Ular kichik hududdagi boʻrondan butun sayyorani qamrab oladigan ulkan boʻronlargacha farq qilishi mumkin. Ular Mars hamda Quyoshga yaqin boʻlgani sababli sodir boʻladi. Marsda koʻrinadigan relef shakllari sayyora yuzasida suyuq suv mavjudligini aniq koʻrsatadi.


Marsni oʻrganishi rejalashtirilgan birinchi vertolyot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikaning „Perseverance“ kosmik qurilmasining pastki qismiga oʻrnatilgan „Ingenuity“ vertolyoti 2021-yil aprel oyida Mars sayyorasiga qoʻndi. Ogʻirligi taxminan 1,8 kilogramm boʻlgan vertolyot boshqa sayyorada uchgan birinchi qurilmaga aylanadi. Uning taʼkidlashicha, mutaxassislar qurilmaga oʻrnatilgan kameralar yordamida vaziyatni tasvirga oladi. Bu, oʻz navbatida, sayyoraning kosmosdan kuzatilishi qiyin boʻlgan baʼzi joylari haqida maʼlumot toʻplashga imkon beradi. Parvoz vaqtida qurilma dastlab taxminan 3 metr, keyinchalik 5 metr balandlikka koʻtariladi. Qurilma parvozi kamida Yer vaqti bilan 31 kun davom etadi. Hisob-kitoblarga koʻra, qurilmaning narxi taxminan 80 million dollarga teng[30].

Marsda quriladigan ilk shahar loyihasi eʼlon qilindi. Unga koʻra, ilk shahar poytaxti Nyuva deb nomlanuvchi 5 ta kichik shaharchadan iborat boʻladi. Aholini atmosfera bosimi va nurlanishdan himoya qilish maqsadida uylar hamda boshqa binolar toshdan quriladi. Shahar yashil maydonni oʻz ichiga oladi. Kislorod, asosan, oʻsimliklar tomonidan ishlab chiqariladi, oziq-ovqat 90 foiz oʻsimliklardan iborat boʻlib, energiya quyosh batareyalaridan olinadi.

"Biz hisob-kitoblarga asoslangan holda koʻplab tahlillar oʻtkazdik, olimlar bilan ishladik. Ammo, shunga qaramay, oldimizda hamon hal qilinishi kerak boʻlgan masalalar koʻp. Ulardan biri — Mars sharoitiga xos boʻlgan tortishish kuchi. Sayyorada bu kuch Yerdagi koʻrsatkichning uchdan birini tashkil etadi, xolos", — deydi ABIBOO arxitektura firmasi asoschisi Alfredo Munos[31].

Sayyoradagi tabiiy hodisalar va suratlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„ExoMars-2016“ missiyasining „Trace Gas Orbiter“ (TGO) Rossiya-Yevropa kosmik kemasi Marsdagi ulkan tornadolarni suratga oldi. Mars janubiy yarim sharining 70 kilometrli tubi boʻylab harakatlangan tornadolar oʻzidan keyin qora chiziqlar qoldirgan. Tornadolardan biri taxminan 4, ikkinchisi 8 metr/sekund tezlikda harakatlangan. Ulkan tornadolar chang boʻronlari boʻlib, Marsda kuzatiladigan doimiy hodisadir. „ExoMars-2016“ rus-yevropa missiyasining „Trace Gas Orbiter“ kemasiga joylashtirilgan CaSSIS kamerasi tomonidan 2021-yilning 27-fevralida 45 soniya farq bilan tasvirga olingan suratda ikkita harakatlanayotgan tornado koʻringan. Mars chang girdoblari ham Yerdagi kabi bir xil shakllanadi, lekin ular ancha kattaroq boʻlib, oʻzidan keyin oʻnlab, yuzlab kilometrlarni tashkil etuvchi iz qoldiradi va balandligi 8 kilometrga yetishi mumkin[32].

Shuningdek, Xitoyning „Tyanven-1“ zondi ham Marsning suratlarini olgan. Marsning uchta yuqori aniqlikdagi fotosuratlarining ikkitasi oq-qora, bittasi esa rangli tasvirga tushirilgan boʻlib, yuqori aniqlikda ishlovchi kamera tomonidan obyektgacha boʻlgan 330 dan 350 kilometrgacha boʻlgan masofadan amalga oshirilgan. Kamera obyektiviga tushgan eng katta kraterning diametri taxminan 620 metrga teng[33]. Shuningdek, „Tyanven-1“ sayyoralararo stansiyasi Marsning janubiy va shimoliy yarim sharlari tasvirlangan ikkita yangi suratini yubordi. Suratlarda sayyora yarim oy shaklida tasvirlangan. Fotosuratlar qurilma sayyora yuzasidan 11 ming kilometr balandlikda boʻlganida olingan. „Tyanven-1“ sayyoralararo stansiyasining qoʻnish moduli 2021-yilning may-iyun oylarida sayyorada joylashgan Utopiya tekisligining janubiy qismiga qoʻnishi kutilgan. Sayyoraning ushbu qismida yerosti suvlari boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda[34]. NASAning „Insight“ zondi 2021-yilda Marsda 3,3 va 3,1 balli ikkita zilzilani qayd etdi[35].

  1. Sample, Ian. „Cataclysmic impact created north-south divide on Mars“. The Guardian (26-iyun 2008-yil). Qaraldi: 12-avgust 2008-yil.
  2. „NASA – NASA Rover Finds Clues to Changes in Mars' Atmosphere“. NASA. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul. Jamoat mulki Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
  3. „Atmosphere“. Mars Education at Arizona State University. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  4. Byrne, Shane; Ingersoll, Andrew P. (2003). „A Sublimation Model for Martian South Polar Ice Features“. Science. 299-jild, № 5609. 1051–1053-bet. Bibcode:2003Sci...299.1051B. doi:10.1126/science.1080148. ISSN 0036-8075. PMID 12586939. S2CID 7819614.
  5. „Polar Caps“. Mars Education at Arizona State University. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  6. Amos, Jonathan. „China lands its Zhurong rover on Mars“. BBC News (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  7. Universe: The Definitive Visual Guide. New York: Dorling Kindersley, October 2012 — 160–161-bet. ISBN 978-0-7566-9841-6. 
  8. „The Lure of Hematite“. Science@NASA. NASA (28-mart 2001-yil). 14-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2009-yil.
  9. Williams, David „Mars Fact Sheet“. NASA Goddard Space Flight Center (2018). 2020-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-mart.; Mean Anomaly (deg) 19.412 = (Mean Longitude (deg) 355.45332) — (Longitude of perihelion (deg) 336.04084) Jamoat mulki Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
  10. Peplow, Mark (6 May 2004). "How Mars got its rust". Nature: news040503–6. doi:10.1038/news040503-6. http://www.nature.com/news/2004/040503/full/news040503-6.html. Qaraldi: 10 March 2007. Mars]]
  11. NASA — Mars in a Minute: Is Mars Really Red? (Transcript (Wayback Machine saytida 2015-11-06 sanasida arxivlangan)) Jamoat mulki Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
  12. Nimmo, Francis; Tanaka, Ken (2005). "Early Crustal Evolution of Mars". Annual Review of Earth and Planetary Sciences 33 (1): 133–161. doi:10.1146/annurev.earth.33.092203.122637. https://semanticscholar.org/paper/b213a6234bb52448addb3f155b8663c1e63924a4. 
  13. „In Depth | Mars“. NASA Solar System Exploration. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  14. Rivoldini, A.; Van Hoolst, T.; Verhoeven, O.; Mocquet, A.; Dehant, V. (June 2011). "Geodesy constraints on the interior structure and composition of Mars". Icarus 213 (2): 451–472. doi:10.1016/j.icarus.2011.03.024. https://hal.archives-ouvertes.fr/hal-00756913/document. 
  15. 15,0 15,1 Jacqué, Dave. „APS X-rays reveal secrets of Mars' core“. Argonne National Laboratory (2003-yil 26-sentyabr). 2009-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 1-iyul.
  16. „crust“ (en). National Geographic Education Resource Library. National Geographic Society (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  17. Golombek, M.; Warner, N. H.; Grant, J. A.; Hauber, E.; Ansan, V.; Weitz, C. M. et al. (24 February 2020). "Geology of the InSight landing site on Mars". Nature Geoscience 11 (1014): 1014. doi:10.1038/s41467-020-14679-1. PMID 32094337. PMC 7039939. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7039939. 
  18. Banerdt, W. Bruce; Smrekar, Suzanne E.; Banfield, Don; Giardini, Domenico; Golombek, Matthew; Johnson, Catherine L. et al. (2020). "Initial results from the in Sight mission on Mars". Nature Geoscience 13 (3): 183–189. doi:10.1038/s41561-020-0544-y. 
  19. Yirka, Bob. „Data from Insight reveals size of Mars's core“. Phys.org (2021-yil 19-mart). Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
  20. 20,0 20,1 Stähler, Simon C.; Khan, Amir; Banerdt, W. Bruce; Lognonné, Philippe; Giardini, Domenico; Ceylan, Savas et al. (23 July 2021). "Seismic detection of the martian core". Science 373 (6553): 443–448. doi:10.1126/science.abi7730. PMID 34437118. https://research-information.bris.ac.uk/en/publications/c5448d92-a902-4519-8836-910067ffd838. 
  21. Khan, Amir; Ceylan, Savas; van Driel, Martin; Giardini, Domenico; Lognonné, Philippe; Samuel, Henri et al. (23 July 2021). "Upper mantle structure of Mars from InSight seismic data". Science 373 (6553): 434–438. doi:10.1126/science.abf2966. PMID 34437116. https://hal.archives-ouvertes.fr/hal-03429387/file/abf2966_CombinedPDF_v6.pdf. 
  22. Knapmeyer-Endrun, Brigitte; Panning, Mark P.; Bissig, Felix; Joshi, Rakshit; Khan, Amir; Kim, Doyeon et al. (23 July 2021). "Thickness and structure of the martian crust from InSight seismic data". Science 373 (6553): 438–443. doi:10.1126/science.abf8966. PMID 34437117. https://hal.archives-ouvertes.fr/hal-03299273/file/Mohopaper_combinedrev.pdf. 
  23. McSween, Harry Y.; Taylor, G. Jeffrey; Wyatt, Michael B. (May 2009). "Elemental Composition of the Martian Crust". Science 324 (5928): 736–739. doi:10.1126/science.1165871. PMID 19423810. https://archive.org/details/sim_science_2009-05-08_324_5928/page/n58. 
  24. Bandfield, Joshua L. (June 2002). "Global mineral distributions on Mars". Journal of Geophysical Research: Planets 107 (E6): 9–1–9–20. doi:10.1029/2001JE001510. 
  25. Christensen, Philip R. (27 June 2003). "Morphology and Composition of the Surface of Mars: Mars Odyssey THEMIS Results". Science 300 (5628): 2056–2061. doi:10.1126/science.1080885. PMID 12791998. https://authors.library.caltech.edu/51864/7/Christensen.pdf. 
  26. „Эксперт минбари. «Perseverance» ва Mарс колонизацияси. Ўзбеклар қачон Марсга учиб кета олади?“. Bugun.uz. 2021-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-aprel.
  27. „Bugun Scienсe. Роботлар сайёрасидаги дрон парвози ҳақида 5 дақиқалик мутолаа“. Bugun.uz. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  28. „NASA Марсдаги об-ҳаво ҳақида илк ҳисоботни тайёрлади“. Bugun.uz. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  29. Hille, Karl „The Fact and Fiction of Martian Dust Storms“. NASA (2015-yil 18-sentyabr). 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  30. „Марсни ўрганиши режалаштирилган биринчи вертолёт сайёрага қўнди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  31. „Марсда қуриладиган илк шаҳар суратлари эълон қилинди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  32. „Марсда содир бўлган 2 та улкан торнадо расмлари эълон қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 28 февраль.
  33. „Марснинг янги суратлари эълон қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 март.
  34. „Хитойнинг «Тяньвэнь-1» зонди Марснинг янги суратларини юборди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  35. „Марсда кучли зилзила қайд этилди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.