Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon turkchasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Àzeridan yoʻnaltirildi)
Ozarbayjon turkchasi
Milliy nomi Azərbaycan dili, Azərbaycan türkcəsi, Azərbaycanca
Mamlakatlar Ozarbayjon, Eron, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Olmoniya, AQSh, Iroq, Turkiya, Suriya, Buyuk Britaniya
Rasmiylik holati Ozarbayjon bayrogʻi OzarbayjonRossiya bayrogʻi Rossiya Dogʻiston bayrogʻi Dogʻiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 45,000,000-50,000,000[1][2][3][4][5][6]
Turkumlanishi
Til oilasi

Oltoy

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi

Lotin- (Ozarbayjonda) Kirill - (Dogʻistonda)

Arab yozuvida (Eronda)
Til kodlari
ISO 639-1 az
ISO 639-2 aze
ISO 639-3 aze, azj, azb, qxq, slq

Ozarbayjon turkchasi, Ozarbayjoncha yoki Ozarbayjon tili (ozarbayjon turkchasi: Azərbaycan dili, Azərbaycan türkcəsi, Azərbaycanca) — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan Ozarbayjonda va Eronda, qisman Gruziya, Turkiya, Iroq va Rossiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln.ga yaqin — 1979-yil maʼlumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shimoliy (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); janubiy (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farqlar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.

Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farqli jihatlari: Ozarbayjon tilida 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va boshqa Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hozirgi Ozarbayjon tili leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Yozuvi 1929-yilgacha arab grafikasi asosida, 1929—39 yillarda lotin grafikasi asosida, 1939—90 yillarda rus grafikasi asosida boʻlgan. 1992-yildan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hozirgi adabiy Ozarbayjon tili (Ozarbayjon Respublikasida) 19-asrning oʻrtalarida boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan.[7]

Aa Bb Cc Çç Dd Ee Əə Ff
Gg Ğğ Hh Xx İi Jj Kk
Qq Ll Mm Nn Oo Öö Pp Rr
Ss Şş Tt Uu Üü Vv Yy Zz
  1. "Peoples of Iran" in Looklex Encyclopedia of the Orient. Retrieved on 22-yanvar 2009-yil.
  2. http://www.terrorfreetomorrow.org/upimagestft/TFT%20Iran%20Survey%20Report%200609.pdf
  3. "Iran: People", CIA: The World Factbook: 24% of Iran's total population. Retrieved on 22-yanvar 2009-yil.
  4. G. Riaux, "The Formative Years of Azerbaijan Nationalism in Post-Revolutionary Iran", Central Asian Survey, 27(1): 45-58, March 2008: 12-20%of Iran's total population (p. 46). Retrieved on 22-yanvar 2009-yil.
  5. "Iran", Amnesty International report on Iran and Azerbaijan people. Retrieved 30-iyul 2006-yil.
  6. Ethnologue total for South Azerbaijani plus Ethnologue total for North Azerbaijani
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil