Kontent qismiga oʻtish

1964-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
II Paralimpiada oʻyinlari
Mezbon shahar Tokio, Yaponiya
Millatlar 21
Atletlar 375
Musobaqalar 9 ta sport turi boʻyicha 144 ta musobaqa
Ochilish 3-noyabr
Yopilish 12-noyabr
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Oda dalalari

1964-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (yaponcha: 1964年夏季パラリンピック 1964-Nen Kaki Pararinpikku?)[1] – 13-Xalqaro Stoke Mandeville oʻyinlari va ikkinchi Paralimpiada oʻyinlari sifatida ham tanilgan. Mazkur musobaqa tadbirlari Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan va 1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarigacha yozgi Olimpiada oʻyinlari bilan bir shaharda boʻlib oʻtgan soʻnggi yozgi Paralimpiada oʻyinlari boʻlgan.

1964-yilgi oʻyinlar hali ham rasmiy ravishda Stoke-Mandeville oʻyinlarining oʻzgargan shakli sifatida eʼtirof etilsa ham, birinchi boʻlib „Paralimpiada“ atamasini tadbir bilan bogʻliq holda ishlatishgan. „Paralimpiada oʻyinlari“ atamasi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan birinchi marta 1984-yilda tasdiqlangan boʻlsa, Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi (XOQ) 1989-yilda tashkil etilgan[2][3].

1960-yilgi oʻyinlardan farqli oʻlaroq, koʻplab sport iuch nafardan ortiqroq ishtirokchilar qatnashgan, yaʼni sportchilar musobaqani yakunlagandan keyin aniq medal olishi avvalgi tadbirlar singari kafolatlanmagan[4].

Tokio 2020-yilda yana yozgi Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

1964-yilgi oʻyinlarda toʻqqizta sport turi dasturga kiritilgan. Yengil atletikada nogironlar aravachasida 60 m masofaga yugurish musobaqasi qoʻshilgan; ilgari yengil atletika dasturi faqat dala musobaqalarini oʻz ichiga olgan. Oʻshandan beri nogironlar aravachasi poygasi eng mashhur Paralimpiada musobaqalaridan biriga aylangan[5].

  • Kamondan otish
  • Yengil atletika
  • Dartchery
  • Snuker
  • Suzish
  • Stol tennisi
  • Ogʻir atletika
  • Nogironlar aravachasda basketbol
  • Nogironlar aravachasida qilichbozlik

Medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19 ta Milliy Paralimpiya qoʻmitasidan (MPQ) 17 tasining nomidan qatnashgan sportchilarning kamida bittasi medal qoʻlga kiritishdi. Odatiy tarzda, jadval bir mamlakat sportchilari qoʻlga kiritgan oltin medallar soni boʻyicha tartiblangan. Keyin kumush medallar soni, keyin esa bronza medallari soni hisobga olingan. Agar davlatlar medallar holati boʻyicha tenglashgan boʻlsa, teng reyting berilgan va ular IPC mamlakat kodi boʻyicha alifbo tartibida roʻyxatga kiritilgan.

Bir nechta istisnolardan tashqari, har bir tadbir uchun jadvalga uch turdagi medal qoʻshilgan (garchi jamoaviy musobaqalar uchun bir nechta medallar berilgan boʻlsa ham). Dartcher, snuker va stol tennisi boʻyicha ikkita bronza medali berilgan[6][7][8]. Baʼzi suzish musobaqalarida kumush yoki bronza medallari berilmagan[9].

Notoʻgʻri hisobotlar

Paralimpiada oʻyinlari boshlanishida musobaqalar natijalari haqida xabar berishda aniqlik boʻlmagan. Isroillik sportchi Michal Escapa italyan millatiga mansub boʼlib, ism-sharifi boʻlmagan. Chunki u Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi[10] veb-saytlarida[11] 1964-yilda suzish boʻyicha hisobotlar jadvalida qayd etilgan. Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida u ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan va shunchaki Escapa nomi bilan deb eʼlon qilingan, Michal Eskapa shaklida emas[12][13]. Biroq, 1968-yilgi Isroil gazetasida chop etilgan sportchi bilan suhbatda yozilishicha, u 1964-yilda Tokioda suzish va stol tennisi boʻyicha medallarni qoʻlga kiritgan sportchi hisoblangan[14].

  

  • Ushbu jadvalni mamlakat, jami medallar soni yoki boshqa ustunlar boʻyicha saralash uchunustun sarlavhasi yonidagi belgi ustiga bosing. 

  *   Mezbon davlat (Yaponiya)

OʻrinMPQOltinKumushBronzaUmumiy
1 Amerika Qoʻshma Shtatlari504132123
2 Buyuk Britaniya18232061
3 Italiya14151443
4 Avstraliya1211730
5 Rodeziya105217
6 Janubiy Afrika Respublikasi88319
7 Isroil731323
8 Argentina6151637
9 Gʻarbiy Germaniya52512
10 Niderlandlar46414
11 Fransiya42511
12 Avstriya41712
13 Yaponiya*15410
14 Belgiya1023
15 Shveytsariya0101
16 Malta0022
17 Shvetsiya0011
Jami (17 davlat)144138137419

Ajoyib koʻrsatkichlarga ega boʻlgan sportchilar orasida kamondan otishda ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan Rodeziyalik Margaret Harriman[15] va ikkita individual oltin medal, bitta jamoaviy oltin medal va bitta jamoaviy kumush medalni qoʻlga kiritgan fransiyalik Serge Bec ham boʻlgan[16]. Buyuk Britaniyalik Dick Thompson yengil atletika boʻyicha ikkita oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan[17]. Yengil atletika boʻyicha amerikalik Ron Shtein oltita oltin, janubiy afrikalik Daniel Erasmus esa ikkita oltin va ikkita kumush medalga sazovor boʻlgan[17].

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokio Paralimpiadasida oʻn toʻqqiz mamlakat delegatsiya ishtirok etgan[18].

1964-yilgi oʻyinlar Avstriya, Fiji, Yaponiya va Janubiy Afrikaning Paralimpiada oʻyinlaridagi ilk ishtiroki boʻlgan. Janubiy Afrikaning aparteid siyosati tufayli 1964-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi taqiqlangan. Biroq, 1980-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarigacha Yaponiya (mezbon davlat pozitsiyasida) uning ishtirokiga qarshilik qilmagani uchun Paralimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki taqiqlanmagan[19][20]. 1964-yil 1-dekabrda Wilkes-Barre Times Leaderda chop etilgan kamondan otish medali sovrindori Irene Preslipskining maktubida qayd etilishicha, ochilish marosimida Seylon, Meksika va Filippin delegatsiyalari ham ishtirok etgan. Biroq, bu davlatlar Pralimpiada oʻyinlariga faqat rasmiylarnigina yuborgan.

 

Avstraliya terma jamoasi aʼzolari Tokio-1964 Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida maydonga chiqib kelishmoqda

Ochilish marosimi Yoyogi bogʻida, yopilish marosimi esa Yoyogi milliy gimnaziyasida boʻlib oʻtgan[5]. Ikkala marosimda ham 5000 ga yaqin tomoshabin ishtirok etgan[5]. Shuningdek, valiahd shahzoda Akihito va valiahd malika Michiko har ikkala marosimda ishtirok etgan[5].

OAV tomonidan yoritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faqatgina Olimpiada oʻyinlariga eʼtibor qaratilayotgani sababli oʻyinlar ommaviy axborot vositalarida koʻp yoritilmasligi mumkin deb oʻylashgan, ammo radio va televidenie OAVlari oʻyinlarni yuqori darajada yoritib borgan[5].

Tashkiliy qoʻmita

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshisuke Kasai direktorlar kengashi raisi boʻlgan[1]. Kengashda 3 nafar rais oʻrinbosari, yaʼni T.Azuma, X. Dazai va I. Miki boʻlgan[1]. Tashkiliy qoʻmita auditori M. Tozava [1] va bosh kotibi K. Ujiie[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 The Thirteenth International Stoke Mandeville Games for The Paralysed, dinf.ne.jp, March 17, 1999
  2. History and Use of the Term Paralympic (Wayback Machine saytida 2011-12-16 sanasida arxivlangan), International Paralympic Committee (IPC)
  3. Rome 1960, International Paralympic Committee (IPC)
  4. IPC searchable database
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Tokyo 1964“. International Paralympic Committee (2008). Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.„Tokyo 1964“. International Paralympic Committee. 2008. Retrieved 2011-07-12.
  6. „Medallists Tokyo 1964 Paralympic Games Dartchery“. International Paralympic Committee. 2012-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-may.
  7. „Medallists Tokyo 1964 Paralympic Games Snooker“. International Paralympic Committee. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-may.
  8. „Medallists Tokyo 1964 Paralympic Games Table Tennis“. International Paralympic Committee. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-may.
  9. „Medallists Tokyo 1964 Paralympic Games Swimming“. International Paralympic Committee. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-may.
  10. „Swimming - Women's 25 m Breaststroke Incomplete class 2“. paralympic.org. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  11. „Media Guide Tokyo 2020“ (it). comitatoparalimpico.it. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  12. „Michael Escapa - Profile“. paralympic.org. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  13. „Escapa - Profile“. paralympic.org. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  14. „Michal Escapa - Hi whose mistake?“ (he). nli.org.il (1968-yil 27-sentyabr). — „... but at the Tokyo Olympics in 1964, she came to the place of success precisely. And she brought an additional Israeli team trophy as well as two sports for me“. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  15. „Medallists-Tokyo 1964 Paralympic Games-Archery“. International Paralympic Committee. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-mart.
  16. „Medallists-Tokyo 1964 Paralympic Games-Wheelchair Fencing“. International Paralympic Committee. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-mart.
  17. 17,0 17,1 „Medallists-Tokyo 1964 Paralympic Games-Athletics“. International Paralympic Committee. 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-mart.
  18. „Medal Standings - Tokyo 1964 Paralympic Games“. International Paralympic Committee (2008). Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
  19. „'The Netherlands against Apartheid' – 1970s“, International Institute of Social History
  20. South Africa at the Paralympics, International Paralympic Committee
Oʻtmishdoshi:
Rim
Yozgi Paralimpiada
Tokio

II Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1964)
Vorisi:
Tel Aviv