2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Mezbon shahar | Parij, Fransiya |
---|---|
Shior | Games Wide Open (fransuzcha: Ouvrons Grand les Jeux)[1][2] |
Musobaqalar | 22 sport turi boʻyicha 549 musobaqa |
Ochilish | 28-avgust[3] |
Yopilish | 8-sentyabr[3] |
Stadium |
Stade de France (yengil atletika musobaqasi, yopilish marosimi)[4] Place de la Concorde (ochilish marosimi) |
2024 Summer Olimpiada |
2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux paralympiques d’été de 2024), shuningdek, Parij-2024 Paralimpiada oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan. 2024-yil 28-avgustdan 8-sentyabrgacha Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan 17-Yozgi Paralimpiada oʻyinlari, Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro koʻpsport parasport tadbiridir. Parij oʻz tarixida ilk marta Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilayotgan boʻlsa, Fransiya ikkinchi marta Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Chunki Tignes va Albertville 1992-yilgi Qishki Paralimpiada o‘yinlariga birgalikda mezbonlik qilgan.
Tanlov jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi oʻrtasida birinchi marta 2001-yilda tuzilgan rasmiy kelishuvga koʻra 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi ham 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishi kerak[5].
2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari va 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining tanlov jarayonidan bir qator shaharlar chiqib ketishidan xavotirga tushganligi sababli, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun kurashda soʻnggi ikkita shaharga 2024- va 2028-yilgi oʻyinlarni bir vaqtning oʻzida topshirish jarayoni 2017-yil 11-iyulda Lozannada boʻlib oʻtgan XOQning favqulodda sessiyasida maʼqullangan. Parij 2024-yilgi oʻyinlarning mezboni boʻlishi anglashilgan[6]. 2017-yil 31-iyulda XOQ Los Anjelesni 2028-yilgi oʻyinlarga yagona nomzod sifatida eʼlon qilgan va Parij 2024-yilgi oʻyinlarga mezbon sifatida tasdiqlangan. Ikkala qaror ham 2017-yil 13-sentyabrda XOQning 131-sessiyasida ratifikatsiya qilingan[7].
2018-yil fevral oyida XOQ va tashkiliy qoʻmita Paralimpiada oʻyinlari maktab taʼtillari davriga toʻgʻri kelishi uchun Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarini dastlabki jadvaldan bir hafta oldin oʻtkazishni muhokama qilgani haqida xabar berilgan[8].
Ishlab chiqish jarayoni va tayyorgarlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqalar oʻtkaziladigan hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha Paralimpiya oʻyinlari Parij va uning atrofida, shu jumladan Saint-Denis va Versal chekkasida va shahar tashqarisida joylashgan Vaires-sur-Marne shahrida boʻlib oʻtadi[9].
Grand Parij hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joy | Musobaqa | Sigʻimi | Maqomi |
---|---|---|---|
Stade de France | Yopilish marosimi | 77,083 | Mavjud |
Yengil atletika (trek va maydon) | |||
Paris La Défense Arena | Suzish | 15,220 | |
Porte de La Chapelle Arena | Badminton | 6,700 | Qoʻshimcha |
Pauerlifting | 7,000 | ||
Clichy-sous-Bois | Velosport (trassa) | Vaqtinchalik | |
Parc des Expositions de Villepinte | Paravolleybol | 6,000 | Mavjud |
Parc Georges Valbon – La Courneuve | Paramarafon (start) | Vaqtinchalik |
Parij markaziy hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joy | Musobaqa | Sigʻimi | Maqomi |
---|---|---|---|
Bercy Arena | Nogironlar aravachasidagi basketbol | 15,000 | Mavjud |
Grand Palais Éphémère | Dzyudo | 8,356 | |
Nogironlar aravachasidagi regbi | |||
Champ de Mars | Koʻzi ojizlar futboli | 12,860 | Vaqtinchalik |
Les Invalides | Kamondan otish, para marafon (finish) | 8,000 | |
Grand Palais | Taekvondo | 6,500 | Mavjud |
Nogironlar aravachasidagi qilichbozlik | |||
Pont Alexandre III | Triatlon | 1,000 | Vaqtinchalik |
Stade Roland Garros | Nogironlar aravachasidagi tennis | 12,000 | Mavjud |
Paris Expo Porte de Versailles | Bochcha | 9,000 | |
Stol tennisi | 6,650 | ||
Golbol | 7,300 |
Versailles hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joy | Musobaqa | Sigʻimi | Maqomi |
---|---|---|---|
Versal saroyi bogʻi | Ot parasporti (ot minishni oʻrgatish) | 80,000 (22,000 + 58,000) |
Vaqtinchalik |
Chekka hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joy | Musobaqa | Sigʻimi | Maqomi |
---|---|---|---|
Île-de-France milliy Olimpiada dengiz stadioni (Vaires-sur-Marne) | Para kanoe | 12,000 | Mavjud |
Para eshkak eshish | 14,000 | ||
Vélodrome de Saint-Quentin-en-Yvelines | Velosport (Trek) | 5,000 | |
Oʻq otish milliy markazi (Châteauroux) | Oʻq otish | 3,000 |
Musobaqa oʻtkazilmaydigan hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joy | Musobaqa | Sigʻimi | Maqomi |
---|---|---|---|
Place de la Concorde | Ochilish marosimi | 65,000 | Vaqtinchalik |
L'Île-Saint-Denis | Paralimpiaya qishlogʻi | 17,000 | Qoʻshimcha |
Parc de l’Aire des Vents, Dugny | Media qishlogʻi | – | Vaqtinchalik |
Le Bourget koʻrgazma markazi va media-qishloq | Xalqaro radioeshittirish markazi | – | Mavjud |
Paris Congress Centre | Asosiy matbuot markazi | – |
Medallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari uchun medallarning dizayni 2024-yil 8-fevralda taqdim etildi[10]; Olimpiya medallari kabi, Paralimpiada medallarining old tomonida Eyfel minorasidan olti burchak shaklida oʻyilgan asl temir parchasi, Parij 2024 emblemasi oʻyib yozilgan. Old tomoni quyida Eyfel minorasi dizayni, brayl shrifti mavjud (yozuv tizimi, uning rivojlanishi fransuz pedagogi va ixtirochisi Louis Braillega tegishli)[11][12].
Koʻngillilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarida koʻngilli boʻlish uchun arizalar eʼlon qilindi[13]. 2023-yil may oyiga kelib 300 000 ta ariza qabul qilingan[14]. Ariza topshiruvchilarga 2023-yil oxirida arizalari holati haqida maʼlumot berildi, shundan 45 000 nafari koʻngilli tanlab olinishi kutilgan[15].
Transport tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Transport tarmogʻida nogironlar uchun noqulaylik boʻlishi mumkin[16].
Sport turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari dasturi 2019-yil yanvar oyida eʼlon qilingan boʻlib, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlaridan 22 ta sport turiga hech qanday oʻzgarish kiritilmagan[17][18][19]. Musobaqalar jadvalining ilk loyihasi 2022-yil 8-iyulda 22 sport turi boʻyicha 549 musobaqa bilan eʼlon qilindi. Ayollar rekord darajada yaʼni, 235 ta medal uchun bahslarga kirishadi. Bu esa 2020-yilga nisbatan sakkiztaga koʻpdir; ushbu musobaqalar va aralash jinsli tadbirlarni hisobga olgan holda, Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi ayollar soni 2000-yilgi Sidneyga qaraganda kamida ikki baravar koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda[18][19].
XPQ golf, karate, para raqs sporti va kuchkursi futboli boʻyicha takliflarni Paralimpiada dasturiga yangi sport turlari sifatida qoʻshishni koʻrib chiqdi. CP futbol (futbol 7x7) va yelkanli suzish – 2020-yil musobaqaga kiritilmagan ikki sport turi tiklanishi uchun ham takliflar berildi. CP futboli XPQ tomonidan koʻrib chiqish uchun tanlangan boʻlsa-da, ayollar ishtirokchilarning yetishmasligi sababli rad etildi[17].
2021-yil yanvar oyida Xalqaro nogironlar aravachasi basketboli federatsiyasi (IWBF) XPQ tomonidan sportchilar tasniflanish kodeksi buzilganligi uchun vakolatli emas deb eʼlon qilindi va sport Parij 2024 dasturidan chiqarildi. 2021-yil 22-sentabrda XPQ IWBF tomonidan amalga oshirilgan islohotlardan soʻng, muvofiqlik choralarini koʻrgan holda, nogironlar aravachasidagi basketbolni shartli ravishda tikladi[20].
|
|
Taqvim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Paralimpiada qoʻmitasi 2023-yil 2-fevralda boʻlajak Yozgi Paralimpiada oʻyinlari uchun yakuniy jadval va sanalarni tasdiqlagan[21].
- Har bir vaqt va sana Markaziy Yevropa yozgi vaqti (UTC+2) bilan belgilangan
OM | Ochilish marosimi | ● | Tadbir boʻyicha musobaqalar | 1 | Oldin medal uchun bahslar | YM | Yopilish marosimi |
2024-yil avgust-sentyabr | Avgust | Sentyabr | Events | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
28 Chor |
29 Pay |
30 Juma |
31 Shan |
1 Yak |
2 Du |
3 Se |
4 Chor |
5 Pay |
6 Juma |
7 Shan |
8 Yak | |||
Marosimlar | OM | YM | — | |||||||||||
Bochcha | ● | ● | ● | 2 | 6 | ● | ● | 3 | 11 | |||||
Futbol (7x7) | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | ||||||||
Golbol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 2 | 2 | |||||
Para kamondan otish | ● | ● | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 9 | |||||
Yengil atletika | 14 | 18 | 19 | 13 | 24 | 15 | 19 | 16 | 22 | 4 | 164 | |||
Para badminton | ● | ● | ● | 2 | 14 | 16 | ||||||||
Para kanoe | ● | 5 | 5 | 10 | ||||||||||
Para velosport | Velopoyga | 19 | 6 | 4 | 5 | 34 | ||||||||
Velotrek | 4 | 5 | 4 | 4 | 17 | |||||||||
Para ot sporti | 3 | 2 | 1 | 5 | 11 | |||||||||
Para dzyudo | 5 | 5 | 6 | 16 | ||||||||||
Para pauerlifting | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 20 | ||||||||
Para eshkak eshish | ● | ● | 5 | 5 | ||||||||||
Para suzish | 15 | 14 | 15 | 14 | 13 | 15 | 12 | 13 | 15 | 15 | 141 | |||
Para stol tennisi | ● | 2 | 5 | 3 | ● | 1 | 3 | 5 | 5 | 7 | 31 | |||
Para taekvondo | 3 | 4 | 3 | 10 | ||||||||||
Para triatlon | 7 | 4 | 11 | |||||||||||
Oʻq otish | 3 | 2 | 2 | 1 | 2 | 2 | 1 | 13 | ||||||
Kuchkursi voleyboli | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | |||
Nogironlar aravachasidagi basketbol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||
Nogironlar aravachasidagi qilichbozlik | 4 | 4 | 2 | 4 | 2 | 16 | ||||||||
Nogironlar aravachasidagi regbi | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | ||||||||
Nogironlar aravachasidagi tennis | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 2 | 2 | 1 | 6 | ||||
Kunlik medallar uchun kechadigan musobaqalar | 0 | 22 | 42 | 49 | 60 | 54 | 50 | 63 | 63 | 57 | 75 | 14 | 549 | |
Jami yigʻindi | 0 | 22 | 64 | 113 | 173 | 227 | 277 | 340 | 403 | 460 | 535 | 549 | ||
2024-yil avgust-sentyabr | Avgust | Sentyabr | Musobaqalar | |||||||||||
28 Chor |
29 Pay |
30 Juma |
31 Shan |
1 Yak |
2 Du |
3 Se |
4 Chor |
5 Pay |
6 Juma |
7 Shan |
8 Yak |
Ishtirokchi Milliy Paralimpiya qoʻmitalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida 2024-yilgi Paralimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan kamida bitta sportchisiga ega boʻlgan Milliy Paralimpiya qoʻmitalari roʻyxati keltirilgan.
Amerika Samoasi, Beliz, Chad, Dominika, Ekvatorial Gvineya, Esvatini, Guam, Kiribati, Kosovo, Palau, Janubiy Sudan va Tuvalu ushbu oʻyinlarda Paralimpiada oʻyinlarida debyut qilishi kutilmoqda.
Boliviya (oxirgi marta 1992-yilda qatnashgan), Lixtenshteyn (2004), Bangladesh (2008), Albaniya, Antigua va Barbuda, San-Marino (2012) va Sharqiy Timor, Surinam va Tonga (2016) MPQlari Paralimpiada oʻyinlariga qaytgan.
Milliy Paralimpiya qoʻmitasi boʻyicha sportchilar soni
20-avgust, 2024-yil
holatiga koʻraOʻrin | XPQ | Sportchilar soni |
---|---|---|
1 | Xitoy | 284 |
2 | Fransiya | 237 |
3 | Buyuk Britaniya | 215 |
4 | Avstraliya | 160 |
5 | Amerika Qoʻshma Shtatlari | 151 |
6 | Ispaniya | 147 |
7 | Braziliya | 144 |
8 | Italiya | 141 |
9 | Yaponiya | 109 |
10 | Germaniya | 93 |
10 | Turkiya | 93 |
12 | Hindiston | 84 |
13 | Kanada | 83 |
14 | Ukraina | 74 |
15 | Oʻzbekiston | 65 |
16 | Koreya Respublikasi | 60 |
17 | Eron | 59 |
17 | Tailand | 59 |
19 | Polsha | 53 |
20 | Niderlandlar | 50 |
21 | Misr | 44 |
22 | Indoneziya | 36 |
23 | Kolumbiya | 35 |
24 | Chexiya | 32 |
25 | Argentina | 30 |
25 | Malayziya | 30 |
27 | Chili | 29 |
28 | Isroil | 28 |
28 | Meksika | 28 |
30 | Slovakiya | 26 |
31 | Daniya | 25 |
31 | Qozogʻiston | 25 |
31 | Marokash | 28 |
34 | [[Image:Lua xatosi in Modul:Country_alias at line 1663: Invalid country alias: NPA.|22x20px|border|alt=|link=]] [[Lua xatosi in Modul:Country_alias at line 1663: Invalid country alias: NPA. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida|Lua xatosi in Modul:Country_alias at line 1663: Invalid country alias: NPA.]] | 24 |
35 | Algeria | 20 |
35 | Janubiy Afrika Respublikasi | 20 |
37 | Mojariston | 18 |
37 | Gonkong | 17 |
37 | Serbiya | 17 |
40 | Finlyandiya | 16 |
40 | Portugaliya | 16 |
42 | Belgiya | 15 |
42 | Yangi Zelandiya | 15 |
44 | Ruanda | 14 |
44 | Sloveniya | 14 |
44 | Tunis | 14 |
47 | Xitoy Taypeyi | 13 |
47 | Gretsiya | 13 |
47 | Irlandiya | 13 |
47 | Norvegiya | 13 |
51 | Avstriya | 12 |
51 | Bosniya va Gersegovina | 12 |
51 | Xorvatiya | 12 |
51 | Nigeriya | 12 |
51 | Singapur | 12 |
51 | Shveytsariya | 12 |
57 | Kuba | 11 |
57 | Shvetsiya | 11 |
59 | Ozarbayjon | 9 |
60 | Latviya | 8 |
60 | Birlashgan Arab Amirliklari | 8 |
60 | [[Image:Lua xatosi in Modul:Country_alias at line 1663: Invalid country alias: RPT.|22x20px|border|alt=|link=]] [[Lua xatosi in Modul:Country_alias at line 1663: Invalid country alias: RPT. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida|Lua xatosi in Modul:Country_alias at line 1663: Invalid country alias: RPT.]] | 8 |
60 | Venesuela | 8 |
64 | Iroq | 7 |
64 | Keniya | 7 |
66 | Ekvador | 6 |
66 | Moʻgʻuliston | 6 |
66 | Peru | 6 |
66 | Filippin | 6 |
70 | Dominikan Respublikasi | 5 |
70 | Estoniya | 5 |
70 | Ruminiya | 5 |
73 | Kosta Rika | 4 |
73 | Montenegro | 4 |
73 | Mavrikiy | 4 |
73 | Senegal | 4 |
73 | Solomon orollari | 4 |
73 | Vyetnam | 4 |
79 | Efiopiya | 3 |
79 | Gurjiston | 3 |
79 | Gana | 3 |
79 | Gvineya | 3 |
79 | Gayana | 3 |
79 | Islandiya | 3 |
79 | Iordaniya | 3 |
79 | Qirgʻiziston | 3 |
79 | Litva | 3 |
79 | Namibiya | 3 |
79 | Niger | 3 |
79 | Pokiston | 3 |
79 | Papua Yangi Gvineya | 3 |
79 | Saudiya Arabistoni | 3 |
93 | Albaniya | 2 |
93 | Angola | 2 |
93 | Antigua va Barbuda | 2 |
93 | Bahrayn | 2 |
93 | Bangladesh | 2 |
93 | Butan | 2 |
93 | Boliviya | 2 |
93 | Botsvana | 2 |
93 | Bolgariya | 2 |
93 | Burkina Faso | 2 |
93 | Burundi | 2 |
93 | Kabo Verde | 2 |
93 | Markaziy Afrika Respublikasi | 2 |
93 | Kambodja | 2 |
93 | Kamerun | 2 |
93 | Kipr | 2 |
93 | Kongo DR | 2 |
93 | El Salvador | 2 |
93 | Fiji | 2 |
93 | Gabon | 2 |
93 | Guam | 2 |
93 | Yamayka | 2 |
93 | Kosovo | 2 |
93 | Quvayt | 2 |
93 | Livan | 2 |
93 | Madagaskar | 2 |
93 | Malavi | 2 |
93 | Moldova | 2 |
93 | Mozambik | 2 |
93 | Panama | 2 |
93 | Falastin | 2 |
93 | Puerto Riko | 2 |
93 | Shri Lanka | 2 |
93 | Suriya | 2 |
93 | Tanzaniya | 2 |
93 | Urugvay | 2 |
129 | Afgʻoniston | 1 |
129 | Armaniston | 1 |
129 | Aruba | 1 |
129 | Amerika Samoasi | 1 |
129 | Barbados | 1 |
129 | Benin | 1 |
129 | Beliz | 1 |
129 | Bermuda | 1 |
129 | Chad | 1 |
129 | Dominika | 1 |
129 | Timor-Leste | 1 |
129 | Svazilend | 1 |
129 | Ekvatorial Gvineya | 1 |
129 | Farer orollari | 1 |
129 | Gambiya | 1 |
129 | Grenada | 1 |
129 | Gvatemala | 1 |
129 | Gvineya-Bissau | 1 |
129 | Gaiti | 1 |
129 | Gonduras | 1 |
129 | Kot-d’Iviuar | 1 |
129 | Kiribati | 1 |
129 | Laos | 1 |
129 | Lesoto | 1 |
129 | Liberiya | 1 |
129 | Liviya | 1 |
129 | Lixtenshteyn | 1 |
129 | Lyuksemburg | 1 |
129 | Makao | 1 |
129 | Maldivlar | 1 |
129 | Mali | 1 |
129 | Malta | 1 |
129 | Nepal | 1 |
129 | Nikaragua | 1 |
129 | Koreya Xalq Demokratik Respublikasi | 1 |
129 | Makedoniya | 1 |
129 | Ummon | 1 |
129 | Palau | 1 |
129 | Paragvay | 1 |
129 | Qatar | 1 |
129 | Kongo | 1 |
129 | Sent Vinsent va Grenadinlar | 1 |
129 | San Marino | 1 |
129 | San Tome va Prinsipi | 1 |
129 | Syerra-Leone | 1 |
129 | Janubiy Sudan | 1 |
129 | Surinam | 1 |
129 | Tojikiston | 1 |
129 | Togo | 1 |
129 | Tonga | 1 |
129 | Trinidad va Tobago | 1 |
129 | Tuvalu | 1 |
129 | Uganda | 1 |
129 | Virgin orollari | 1 |
129 | Zambiya | 1 |
129 | Zimbabve | 1 |
Marketing
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emblema va brending
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari emblemasi 2019-yil 21-oktabrda Grand Rexda taqdim etilgan. Birinchi marta Paralimpiada oʻyinlari hech qanday farq yoki oʻzgarishsiz tegishli Olimpiada oʻyinlari bilan bir xil ramzda boʻladi[24].
Talismanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Parij 2024 ning maskotlari boʻlmish „Frigiya qalpoqlari“ 2022-yil 14-noyabrda taqdim etilgan. Paralimpiada oʻyinlarini ifodalovchi Frigiya qalpogʻining oyoqlaridan birida yugurish uchun qoʻshimcha moslama kiygan holda tasvirlangan[25].
Efirga uzatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi marta Olimpiada efirga uzatish xizmatlari (OBS) barcha 22 ta Paralimpiada sport turi boʻyicha jonli telekoʻrsatuvlarni taqdim etadi[26].
Olimpiada oʻyinlari bilan birgalikda Fransiyaning milliy jamoat televideniyesi France Télévisions 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga huquqlarni qoʻlga kiritgan. Translyatsiyalarni asosan France 2 va France 3 asosiy kanallarida olib boradi[27]. 2020-yil 28-avgustda Channel 4 Buyuk Britaniyada Paralimpiada oʻyinlarining efirga uzatish huquqlarini 2024-yilgacha uzaytirgan[28]. Efirga uzatish Channel 4 televideniyesi, striming va YouTubedagi Channel 4 Sport kanallarida namoyish etiladi[29]. CBC Sports Kanada Paralimpiada qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2024- va 2026-yillarda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Paralimpiada oʻyinlari Kanadadagi huquqlarini yangilaydi; 16 ta Olimpiada oʻyinlarini yoritgan va tarmoqdagi 40 yillik faoliyati davomida oltita musobaqaga mezbonlik qilgan Scott Russell, ayniqsa, Paralimpiada oʻyinlari yakunlanganidan keyin efirdan ketishini eʼlon qilgan[30][31]. Indoneziya bozori uchun GarudaTV xususiy teleradiokompaniyasi ham oʻyinlarni birinchi marta ochiq havoda efirga uzatish huquqini qoʻlga kiritgan[32].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „New Paris 2024 slogan "Games wide open" welcomed by IOC President“ (en). International Paralympic Committee (2022-yil 25-iyul). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ „Le nouveau slogan de Paris 2024 "Ouvrons grand les Jeux" accueilli favorablement par le président du CIO“ [Paris 2024's new slogan "Let's open up the Games" welcomed by the IOC President] (fr). International Paralympic Committee (2022-yil 25-iyul). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 „Paris 2024 Paralympic Games“. International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
- ↑ „Stade de France“.
- ↑ „Paralympics 2012: London to host 'first truly global Games'“. BBC Sport. Qaraldi: 2012-yil 1-avgust.
- ↑ „IOC Executive Board approve joint awarding plans for 2024 and 2028 Olympics“. Inside the Games (2017-yil 9-iyun).
- ↑ „Paris set to host 2024 Olympics, Los Angeles to be awarded 2028 Games by IOC“. ABC News (2017-yil 31-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
- ↑ Butler, Nick „Paris 2024 to start week earlier than planned after IOC approve date change“. insidethegames.biz (2018-yil 7-fevral). Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
- ↑ „Paris 2024 Competition Venue Concept Map“ (en). Paris 2024. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
- ↑ „Paris 2024: the Olympic and Paralympic medals have been revealed“. Olympics (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Paris 2024: Eiffel Tower metal in Olympics and Paralympics medals“. BBC Sport (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Paris 2024 unveils Paralympic and Olympic Games medals“. Paralympic (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Paris 2024 Volunteer Programme: Timeline and application process revealed“. Olympics (2022-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
- ↑ „Over 300,000 applications for 45,000 volunteer places at Paris 2024“. Inside The Games (2023-yil 5-may). Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
- ↑ „How to Apply to Volunteer at the Paris 2024 Olympics“. AFAR (2023-yil 14-aprel). Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
- ↑ „France under pressure over disabled rights as Olympics loom“ (en). AP News (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
- ↑ 17,0 17,1 „Paris 2024: IPC announces sports programme“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ 18,0 18,1 „Paris 2024 reveals session-by-session competition schedule“. Paralympic.org. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
- ↑ 19,0 19,1 „Paris 2024 Paralympic Competition Schedule by session“ (PDF). Paralympic.org. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
- ↑ „Wheelchair basketball conditionally reinstated on to Paris 2024 programme“. Insidethegames.biz (2021-yil 22-sentyabr). 2021-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Paris 2024 Schedule released“. Paralympic.org. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ „Paralympics GB team for Paris 2024 confirmed with highest proportion of female athletes ever“. ParalympicsGB (2024-yil 20-avgust).
- ↑ „IPC to support Refugee Paralympic Team at the Paris 2024 Paralympic Games“. IPC (2023-yil 13-dekabr).
„The Refugee Paralympic Team at the Paris 2024 Paralympic Games“. IPC (2024-yil 9-iyul).
„IPC unveils largest Refugee Paralympic Team ever for Paris 2024“. UNHCR (2024-yil 9-iyul). - ↑ „Paris 2024 unveil new shared Olympic and Paralympic Games emblem“. insidethegames.biz (2019-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-oktyabr.
- ↑ Belam, Martin. „Meet the Phryges: Paris 2024 Olympic and Paralympic mascots unveiled“ (en-GB). The Guardian (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
- ↑ McLean, Heather „Paris 2024: The IPC on making the Paralympic Games the best ever while changing culture and attitudes towards disability“ (en). SVG Europe. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ „France Télévisions is official broadcaster for Paris 2024“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Channel 4 extends Paralympics commitment with Paris 2024 deal“ (en-US). SportBusiness (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ Bickerton, Jake „C4 to stream Paris 2024 Paralympics on YouTube“ (en). Broadcast. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „CBC Sports broadcaster Scott Russell to retire from hosting duties after Paris Paralympics“. CBC Sports (2024-yil 27-iyun). Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ „CBC/Radio-Canada announced as Canadian broadcast host of 2024, 2026 Paralympics“. CBC Sports (2023-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 11-avgust.
- ↑ „Garuda TV Rayakan HUT Pertama Sekaligus Umumkan Jadi Official Broadcaster Paralympic 2024“ (id). GARUDA TV (2024-yil 9-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.