Kontent qismiga oʻtish

1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
III Paralimpiada oʻyinlari
Mezbon shahar Tel Aviv, Isroil[1]
Millatlar 28
Atletlar 750
Musobaqalar 10 ta sport turi boʻyicha 181 musobaqa
Ochilish 4-noyabr
Yopilish 13-noyabr
Marosimini ochib beruvchi
Bosh vazir Yigal Allon
Stadion Quddus yahudiy universiteti stadioni

1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (ivritcha: המשחקים הפאראלימפיים בקיץ 1968) – uchinchi Paralimpiada oʻyinlari. Xalqaro Stoke Mandeville oʻyinlari federasiyasi (ISMGF) rahbarligida tashkil etilgan boʻlib, ular oʻsha paytda 17-Xalqaro Stoke Mandeville oʻyinlari sifatida tanilgan[2]. Oʻyinlar dastlab 1968-yil Mexiko shahridagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bilan bir vaqtda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, ammo 1966-yilda Meksika hukumati moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bunga qarshi boʻladi[3]. Isroil hukumati oʻyinlarni Tel-Avivda oʻtkazishni taklif qiladi, bu taklif qabul qilinadi.

Ochilish marosimi Quddusdagi Givat Ram kampusidagi Ibroniy universiteti stadionida boʻlib oʻtgan. Oʻyinlar Tel-Aviv tumanidagi Ramat Gan shahrida, Isroil nogironlar sport markazida boʻlishi rejalashtirilgan. Tel-Aviv savdo markazida yopilish marosimi boʻlib oʻtgan. Shunday qilib, bu oʻyinlar Paralimpiada tarixida Olimpiya oʻyinlari bilan bir vaqtda va joyda oʻtkazilmagan birinchi oʻyin boʻlgan.

Ora Goldstein Oltin medalni qabul qilib olmoqda

Dasturga birinchi marta maysazor bauli oʻyini kiritilgan. Nogironlar aravachasida basketbol oʻyinlarida ayollar jamoasi ishtirok etgan, shuningdek, yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida 100 m masofaga nogironlar aravachasida yugurish poygasi ham dasturga qoʻshilgan[4].

  • Kamondan otish
  • Dart kamondan otish
  • Yengil atletika
  • Maysazor bauli
  • Snuker
  • Suzish
  • Stol tennisi
  • Ogʻir atletika
  • Nogironlar aravachasida basketbol
  • Nogironlar aravachasida qilichbozlik

Medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltin medallar soni boʻyicha yuqori koʻrsatkichni qayd etgan eng yaxshi oʻnta MOQ quyida keltirilgan. Mezbon davlat Isroil alohida belgilangan.

OʻrinDavlatOltinKumushBronzaUmumiy
1 Amerika Qoʻshma Shtatlari33273999
2 Buyuk Britaniya29202069
3 Isroil*18212362
4 Avstraliya1516738
5 Fransiya1310932
6 Gʻarbiy Germaniya12121135
7 Italiya12101739
8 Niderlandlar124420
9 Argentina10101030
10 Janubiy Afrika Respublikasi910726
Jami (10 davlat)163140147450

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tel-Aviv Paralimpiadasida yigirma sakkiz davlat delegatsiya ishtirok etgan[5].Kanada, Daniya, Efiopiya, Hindiston, Yamayka, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Ispaniya birinchi marta yozgi Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan.

Toʻrt yil oldin Paralimpiada oʻyinlarida debyut qilgan Janubiy Afrika Tel-Aviv oʻyinlariga delegatsiya yuborib, Paralimpiada oʻyinlarida qatnashishni davom ettirgan. Oʻsha paytda u aparteid siyosati tufayli Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqidan mosuvo boʻlgan edi, ammo 1980-yilda Arnemdagi yozgi Paralimpiada oʻyinlarigacha Paralimpiada oʻyinlarida ham qatnashish huquqi cheklangan[6][7].

  1. Although officially called the Tel Aviv Paralympics, the opening ceremony was conducted in Jerusalem and the games took place in Ramat Gan.
  2. Summer Games Governance 1960 to 1992. International Wheelchair and Amputee Sports Federation. Retrieved on 2011-05-07.
  3. „1968 Tel Aviv“. insidethegames.biz. Dunsar Media Company. Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
  4. „Tel Aviv 1968“. International Paralympic Committee (2008). Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
  5. „Medal Standings - Tel Aviv 1968 Paralympic Games“. International Paralympic Committee (2008). Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
  6. „'The Netherlands against Apartheid' – 1970s“, International Institute of Social History
  7. South Africa at the Paralympics, International Paralympic Committee
Oʻtmishdoshi:
Tokio
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Tel Aviv

III Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1968)
Vorisi:
Heidelberg