AVO bank
AVO bank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | ATB |
Litsenziyasi | №83[1][2] (02.07.2017) |
Faoliyati | Bank ishi |
Asos solingan | 2017-yil |
Avvalgi nomi | Oʻzagroeksportbank |
Ustav kapitali | 200 mlrd. soʻm |
Rahbariyat | Popov Artyom Anatolyevich (Boshqaruv Raisi) |
Bosh kompaniyasi | Support Level |
Sayti | uaeb.uz |
AVO bank – Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi tijorat banki. 2023-yilgacha „Oʻzagroeksportbank“ nomi ostida faoliyat yuritgan[3][4].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil „Oʻzbekoziqovqatxolding“ XK, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, „Oʻzagrosugʻurta“ AJ, „Oʻzbekinvest“ milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, „Kafolat SK“ AJ, „Oʻzagroeksport“ AJ va Oʻzbekiston Fermerlar kengashining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qarori asosida „Oʻzagroeksportbank“ aksiyadorlik tijorat banki tashkil qilinadi. Yuqoridagi tashkilotlar „Oʻzagroeksportbank“ ATB muassislari etib belgilanadi. Bankning boshlangʻich ustav kapitali miqdori 10,0 million evrodan edi[5][6]. 2-iyul kuni Markaziy bank tomonidan litsenziya oladi[2].
Bank muassislari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bank tashkil qilingan vaqtda Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bankning 75 foizga, "Oʻzbekinvest" MEISK 10 foiz, „Oʻzbekoziqovqatxolding“ XK 5 foiz, „Oʻzagrosugʻurta“ AJ 5 foiz, "Kafolat SK" AJ 5 foizga egalik qilar edi[5].
2022-yil dekabr oyida Olimjon Shodiyevga qarashli „Support Level“ kompaniyasi „Uzagroeksportbank“ning davlat ulushini 5 mln. dollarga sotib oladi[7][8].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „“AVO BANK” aksiyadorlik jamiyati“. cbu.uz. Qaraldi: 20-may.
- ↑ 2,0 2,1 „«O‘zagroeksportbank»ka litsenziya berildi“. kun.uz (2017-yil 6-iyul). Qaraldi: 20-may.
- ↑ „Rivojlanish tarixi“. uaeb.uz. 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may.
- ↑ „Uzagroexportbank to be opened in Uzbekistan“. UzDaily.com (2017-yil 30-yanvar). Qaraldi: 20-may.
- ↑ 5,0 5,1 „«ЎЗАГРОЭКСПОРТБАНК» АКЦИЯДОРЛИК ТИЖОРАТ БАНКИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА“. lex.uz. Qaraldi: 20-may.
- ↑ „«O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‘g‘risida“. cbu.uz. Qaraldi: 20-may.
- ↑ „Support Level Олимжона Шадиева приобрела госдолю Узбекистана в «Узагроэкспортбанке» за 5 млн долларов.“. gazeta.uz (2023-yil 3-yanvar). Qaraldi: 20-may.
- ↑ „O‘zbekistonda Qozog‘istonning Yevrosiyo banki shu’ba korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi“. gazeta.uz. Qaraldi: 20-may.