Kontent qismiga oʻtish

Abdulaziz Mansur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulaziz Mansur
Абдулазиз Мансур
Oʻzbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi
Mansab davri
1997-yil – 2000-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-aprel 1944-yil (1944-04-09) (80 yosh)
Fargʻona
Dini islom

Shayx Abdulaziz Mansur (oʻzbekcha: Мансуров Абдулазиз Дадажон ўғли; 1944-yili Fargʻona viloyati Farg‘ona tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari (2006-yildan hozirgi kunga qadar), Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi (2018-yil 24-iyundan 2019-yil 4-yanvarga qadar)[1][2][3].

Maktabni tamomlagandan soʻng Oltiariq tumani va Margʻilon shahridagi turli idoralarda ishlagan.

1975—1979 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil oldi.

1979—1980 yillarda „Sovet Sharqi musulmonlari“ jurnali tahririyatida mas’ul kotib boʻldi.

1980–1981-yillari Sudan islom universitetida tahsilni davom ettirdi.

1982—1989 – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo boʻlimi mudiri.

1989—1993 – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim.

1993—1994 – „Movarounnahr“ nashriyoti mudiri.

1994—1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi.

1997—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.

2000—2006 – Toshkent islom universitetining maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha prorektori.

2006-yildan buyon Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy)ning oʻrinbosari (muovini)dir.

20182019-yillarda Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi boʻlgan.

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan „Qur’oni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“ 2002-yilda nashr qilindi.

„Sahihi Buxoriy“ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tuzilgan diniy adabiyotlar nashri boʻyicha maxsus hay’at raisidir.