Abdulloh ibn Abu Rabi’a
Abdulloh ibn Abu Rabi’a | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 656-yil (hijriy 35-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Abdulloh ibn Abu Rabi’a (arabcha: عبد الله بن أبي ربيعة – Abu Abdurrahmon (Abu Shihob) Abdulloh ibn Abu Rabi’a ibn al-Mugʻiyra al-Qurashiy al-Maxzumiy) – sahoba.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur arab shoiri Umar ibn Abu Rabi’a va Laylo bint Utorid ibn Hojiblarning oʻgʻli Abdulloh ibn Abu Rabi’a johiliyat davrida ziravorlar sotish bilan shugʻullangan qurayshlik boy savdogarlardan edi. Xolid ibn Valid va Abu Jahl ibn Hishomlarning amakivachchasi boʻlgan. Oʻgʻli – al-Qiboʻ nomi bilan tanilgan al-Horis ibn Abdulloh ibn Abu Rabi’a sahoba, baʼzi manbalarga koʻra esa, tobeʼinlardan boʻlgan.
Abdulloh ibn Abu Rabi’a Islomga kirmasidan avval elchilar hay’ati aʼzolaridan boʻlgan. Abu Robiyaʼ Johiliya zamonida Qurayshning ashroflaridan uni „ikki nayzali“ deb chaqirganlar. Musulmon muhojirlarni qaytarib olish maqsadida Quraysh qabilasi tomonidan Habashistonga yuborilgan elchilar orasida, shuningdek, Badr jangida asirga olingan Maxzum qabilasi vakillarining fidyalarini toʻlash uchun Madinaga kelgan elchilar orasida ham boʻlgan. Uhud jangida yuz kishilik mushrik kamonchilarga boshchilik qilgan. Makka fathi asnosida Alining singlisi Ummu Honi’ himoyasiga kirib, jonini saqlab qolgan.
Abdulloh ibn Abu Rabi’a Makka fathi kuni musulmon boʻlgan. Paygʻambar Hunayn gʻazotiga ketayotganlarida undan 30000 (yoki 40000) dirham qarz olganlar. Hunayndan qaytayotganlarida qarzlarini toʻlab, Abdulloh ibn Abu Rabi’a va oilasi haqqiga duo qilganlar. Uning johiliyatdagi Bahiyr (yoki Bujayro) ismini Abdulloh deb oʻzgartirganlar. Abdulloh ibn Abu Rabi’a keyinroq Yamanning Janad viloyatiga voliy etib tayinlangan. Umar Sanʼoni ham uning boshqaruviga topshirgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmon davrida ham voliylik qilgan Abdulloh ibn Abu Rabi’a xalifaga tatbiq qilinayotgan qamalni bekor qilish maqsadida yoʻlga chiqib, Makkaga yaqinroq bir joyga kelganda tuyadan yiqilib, vafot etgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Voqidiy. Al-Magʻāzӣ. – London: 1965-66. I, 89, 130, 140, 199, 220; II, 863;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1968. V, 444;
- Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1390-93. III, 232-233;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1328. II, 305;
- Ign. Kratschkowsky. „Ömer“. İA. IX, 461-462.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |