Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Amr ibn Gʻaylon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Amr ibn Gʻaylon
arabcha: عبدالله بن عمرو بن غيلان الثقفي
Basra hokimi
Mansab davri
674 – 675
Hukmdor Muoviya I (hukmronligi: 661–680)
Oʻtmishdoshi Samura ibn Jundab
Vorisi Ubaydulloh ibn Ziyod
Shaxsiy maʼlumotlari
Otasi Amr ibn Gʻaylon as-Saqafiy

Abdulloh ibn Amr ibn Gʻaylon as-Saqafiy (arabcha: عبدالله بن عمرو بن غيلان الثقفي) – 674-yilda Umaviylar xalifaligining Basradagi hokimi. 665-yilda Basra hokimi al-Horis ibn Amr al-Azdiyning shurta (elita qoʻshinlari) boshligʻi boʻlgan, ushbu lavozimda uning oʻrnini Ziyod ibn Abihiy egallaguniga qadar toʻrt oy xizmat qilgan[1]. Keyinchalik, xalifa Muoviya I (h. 661–680) tomonidan Samura ibn Jundabning oʻrniga Basra hokimi etib tayinlangan. Ushbu lavozimda olti oy davomida xizmat qilgan va Abdulloh ibn Hisnni shurta boshligʻi etib tayinlangan[1]. Bir kuni juma namozi xutbalaridan birida Banu Dabba qabilalari unga qarata tosh otgan, natijada Abdulloh ibn Amr hujumchilardan birining qoʻlini kesib tashlashga majbur boʻlgan. Banu Dabba qabilasi ushbu voqea yuzasidan Muoviyaga murojaat qilgan, bundan xabar topgan xalifa Abdullohning oʻrniga Ubaydalloh ibn Ziyodni Basra hokimi etib tayinlagan[1].