Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Yaqtor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulloh ibn Yaqtor
عبد الله بن یقطر
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni)
Oʻlim sababi Karbalo jangida shahid boʻlgan
Karbalo, Iroq
Dini Islom
Tanilgan sohasi Husayn ibn Alining hamrohlaridan

Abdulloh ibn Yaqtor (arabcha: عبد الله بن یقطر) – Karbalo jangi shahidlaridan. Baʼzi manbalarga koʻra, Ali va Husayn ibn Alini laʼnatlashdan bosh tortgan va shu sababli Dorul-Xilafadan quvilgan. Boshqa manbalarda Karbalo shahidlari qatorida nomi keltirilgan.

Abdulloh ibn Yaqtor Madinada tugʻilgan[1]. U Husayn ibn Alining ridoiy ukasi sifatida tanilgan edi. Ibn Hojar Husayn bilan boʻlgan bunday yaqinligi bois Abdullohni uning yaqin kishilari qatoriga qoʻygan[2].

Aksariyat tarixchilarning fikricha, Abdullohning otasining ismi Yaqtor boʻlgan, ammo at-Tabariy uni Baqtor deb atagan[3]. Onasining ismi Maymuna boʻlgan.

Elchilik qilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksariyat ulamolar Abdulloh ibn Yaqtor Husayn tomonidan uning karvoni Kufaga ketayotganligi toʻgʻrisidagi xabarni Muslim ibn Oqilga yetkazishi uchun yuborgani haqida maʼlumot berishgan[4].

Ibn Ziyod Abdulloh ibn Yaqtorni saroydan quvishni buyurgan. Uni saroydan haydab, suyaklarini sindirishgan va qattiq azob berishgan. Keyin bir kishi pastga tushib, uning boshini olgan. Vaziyatning guvohi boʻlgan oddiy xalq uning oʻldirilishiga eʼtiroz bildirganda, Abdullohning qotili shunchaki uning ogʻriqdan xalos boʻlishini xohlayotganini aytgan. Tabariy bu kishining ismini Abdulmalik ibn Umayr al-Laxmiy deya maʼlumot keltirgan[5].

Ibn Saʼd Abdullohning Ibn Ziyod qoʻshini Kufaga kelganining birinchi kunida, Muslim ibn Oqil shahid boʻlishidan oldinroq vafot etganini rivoyat qilgan[6].

  1. Yūsufī Gharawī. Mawsūʿat al-tārīkh al-Islāmī — 113-bet. 
  2. Ibn Hajar al-'Asqalani. Al-Isabah fi tamyiz al Sahaba — 8-bet. 
  3. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh Tabari — 398-bet. 
  4. Al-Baladhuri. The Ansab Al-Ashraf — 168-bet. 
  5. Taqrib al-ma'arif. Abu l-Salah al-Halabi — 399-bet. 
  6. Abu 'Abd Allah Muhammad ibn Sa'd ibn Mani' al-Basri. Al-tabaqat Al-kubra — 460-bet.