Afsonalar vodiysi bogʻi
Afsonalar vodiysi bogʻi – Namangan shahrida joylashgan tematik bogʻ, 2019-yilda ochilgan[1][2]. Afsonalar vodiysi bogʻi Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida barpo etilgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afsonalar vodiysi bogʻi „Namangan-Istiqlol bogʻi MChJ“[lower-alpha 1] tomonidan Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida 155 gektar maydonda 2018-yilda qurilish ishlari boshlangan boʻlib[3], Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida bogʻning loyihasi bilan yaqindan tanishgan[4]. Bogʻning nomlanishi ham ushbu tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Afsonalar vodiysi“ deb nom berishni taklif qildi[4][5][6].
Bogʻ loyihasining umumiy qiymati 123 mln dollarga teng boʻlib, bundan 102 mln dollari taʼsischi tomonidan ajratildi[7]. 2019-yilga kelib, bogʻning bir qismi foydalanishga topshirildi.
Bogʻ inshootlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akvapark
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻ hududida 10 ta xizmat va 5 ta texnik binolar, 16 ta basseyn va 7 ta turli suv attraksionlaridan iborat yopiq va ochiq akvapark mavjud[2][8].
Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afsonalar vodiysi bogʻining yana bir diqqatga sazovor inshootlaridan biri boʻlgan Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi bir vaqtning oʻzida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid 2021-yilda „DOME+Partners“ turk loyihalash kompaniyasi tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan[9][10].
Tomosha charxpalagi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilda ishga tushirilgan tomosha charxpalagi balandligi 92 metrga teng boʻlgan, O‘zbekistondagi eng katta charxpalak hisoblanadi. 54 ta kabinaga ega boʻlgan mazkur charxpalak bir vaqtning oʻzida 216 kishiga xizmat koʻrsata oladi[11].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "NAMANGAN-ISTIQLOL BOGʻI" MChJ orginfo.uz
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятига ташриф буюрди YouTubeda
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „“Afsonalar vodiysi” bog‘i“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 16-may 2024-yil.
- ↑ „“Afsonalar vodiysi” bеtakror va maftunkor“. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ 4,0 4,1 „Aholining mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi“. president.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Президентимиз “Афсоналар водийси”га борди“. president.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Prezidentimiz “Afsonalar vodiysi”ga bordi“. yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Vodiy afsonaga aylanadi — Prezident nom qo‘ygan istirohat bog‘i haqida“. xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Аквапарк“. afsonaland.uz. 2024-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Namangan Mosque / Uzbekistan“. dome.ws. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Namanganda 15 ming namozxonni sig‘dira oladigan "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome' masjidida ilk juma namozi ado etildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Namanganda O‘zbekistondagi eng baland tomosha charxpalagi o‘rnatildi (video)“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.