Kontent qismiga oʻtish

Aldan togʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aldan tog‘ligidan yoʻnaltirildi)


Aldan togʻligi — Sharqiy Sibirdagi togʻlik, Saxa (Yakutiya)ning janubda. Stanovoy tizmasidan shim.roqda, Olyokma va Uchur daryolari oraligʻida, oʻrtacha balandligi 800-1000 m boʻlgan yassi qirlar koʻp, ularning orasidan balandligi 1400-2000 m keladigan ayrim-ayrim togʻ tizmalari (maksimal balandligi 2306 m) kutarilib turadi. Asosan arxey va proterozoy gneyslari va kristalli slaneslardan tuzilgan. 1100-1300 m balandlikkacha qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari va togʻ tilogʻoch taygasi, undan yuqorida kedr chakalaklari uchraydi. Yalangoch togʻ tepalari toshloq tundra. Temir rudasi, toshkoʻmir, slyuda, oltin konlari bor[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil