Aleksandr Kaulbars
Aleksandr Kaulbars | |
---|---|
Asl ismi | ruscha: Александр Васильевич Каульбарс |
Tavalludi |
1844-yil Mödders, Vezenberg uyezdi, Estoniya guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1925-yil 25-yanvar Parij, Fransiya |
Xizmatdagi yillari |
1861—1920 Rossiya 1882—1883 Bolgariya |
Unvoni |
Umumiy otliq qoʻshinlar |
Jang/urush |
1871-yilgi Gʻuljaga yurish 1873-yilgi Xiva yurishi Ixetuan qoʻzgʻoloni Rus-yapon urushi Birinchi jahon urushi Rossiya fuqarolar urushi |
Baron Aleksandr Vasilyevich Kaulbars (nemischa: Alexander Wilhelm Andreas Freiherr von Kaulbars ; 1844-yil 23-may – 1929-yil 25-yanvar) – rus harbiy rahbari va geografi, otliq qoʻshinlar generali (1901), Harbiy kengash aʼzosi (1909), Rossiya harbiy aviatsiyasi tashkilotchilaridan biri. 1882-1883-yillarda Bolgariya Knyazligining mudofaa vaziri va Vazirlar kengashi raisi.
1871-yilgi Gʻulja, 1873-yilgi Xiva yurishlari, 1877—1878-yillardagi rus-turk urushi, 1900—1901-yillar Xitoydagi harbiy harakatlar, rus-yapon urushi, 1-jahon urushi va fuqarolar urushida Oq harakat tomonning qatnashchilaridan biri. „Jasorati uchun“ yozuvi tushirilgan oltin qurol bilan taqdirlangan. Qashqar ekspeditsiyasining rahbari (1872). Xitoy, Tyan-Shan va Amudaryo tadqiqotchisi. Qorakoʻl (Prjevalsk) shahrining asoschisi (1869). „Tyan-Shan“, „Nizovya Amudarya“ va boshqa asarlar muallifi. Rossiya geografiya jamiyatining toʻliq aʼzosi (1872-yil 13-dekabrdan).
Tadqiqot faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xizmatining salmoqli qismini Turkiston oʻlkasida oʻtkazgan, koʻp vaqtini turli geografik ishlar va tadqiqotlarga bagʻishlagan; 1869-yilda birinchi boʻlib Sirdaryoning asosiy manbasiga borib, Issiqkoʻl ortidagi mamlakatning oʻsha paytdagi deyarli nomaʼlum qismini oʻrganadi; sayohat natijalari „Tyan-Shan geografiyasi boʻyicha materiallar“ monografiyasida taqdim etilgan boʻlib, muallif IRGO tomonidan oltin medal bilan taqdirlangan.
1870-yilda Rossiya-Xitoy chegarasining bir qismini kezib, Tyan-Shan va bu tizmaning eng katta choʻqqisi Xon Tangri kabi koʻplab yangi togʻ dovonlarini oʻrganib chiqqan. 1870-1871-yillarda Xitoyga, 1872-yilda esa general-gubernatorning elchisi sifatida Gʻuljaga shahar hukmdori Yoqubbeg bilan muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurgan va nafaqat tinchlik muzokaralari ijobiy yakuniga yetgan, balki bosib oʻtgan yoʻnalish boʻyicha geografik maʼlumotlarga ham ega boʻlgan.
1873-yilda Aleksandr Vasilevich Kaulbars Xiva yurishida qatnashdganva Amudaryo deltasi va eski kanallarini oʻrgangan va Orol dengizidan Perovskiy paroxodi suzib oʻtadigan daryogacha boʻlgan yuk tashish yoʻlini ochgan. Ushbu ishni yakunlagach, Kaulbars Sirdaryoning irmogʻi Janadaryo quruq tubini tadqiq qilishni boshlagan. Bu ishlarning natijalari uning „Nizovya Amudari“ (atlas bilan) va „Drevneyshiye rusla Amudari“ asarlarida taqdim etilgan; Muallif Amudaryo dastlab Kaspiy dengiziga quyilib, keyinroq suvlarini Orol dengiziga olib bora boshlagani; bu ikki davr oraligʻida daryo Sariqamish koʻliga quyilib, u yerdan ortiqcha suv Oʻzboʻy deb nomlangan kanal boʻylab Krasnovodsk qoʻltigʻiga quyilgani kabi xulosalarni bayon etgan.
Amudaryoning quyi oqimini oʻrganish boʻyicha ilmiy ishlari uchun A. V. Kaulbars 1880-yilda F. P. Litke nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. Bir qator harbiy ilmiy ishlar muallifi hamdir.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini: baronessa Yekaterina Vladimirovna Kaulbars (1847 – 1919-yil 21-iyul[1], Petrograd)
Ularning qizi Yekaterina Aleksandrovna (1886—?) isteʼfodagi kapitan 2-darajali Nozikovga turmushga chiqqan. 1934-yilda „Yevlogiyevchilar“ ishi boʻyicha hibsga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ TsGA SPb. F. R-6143. Op.1. D. 2183. L. 58.