Kontent qismiga oʻtish

Alibek Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alibek Tursunov
Alibek Mamirjonovich Tursunov
 Buvayda tumani hokimi
Mansab davri
2016-yil – 2018-yil 8-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Shuhrat Gʻaniyev
Vorisi Behzod Ibragimov
 Bagʻdod tumani hokimi
Mansab davri
2019-yil – 2021-yil 7-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Shuhrat Gʻaniyev
Xayrullo Bozorov
Vorisi Vosiljon Nazarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1979-yil (1979-08-01) (45 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Taʼlim

1995–1999-yillar Toshkent davlat agrar universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2010)

Alibek Mamirjonovich Tursunov (1979-yil 1-avgust; Toshkent, OʻzSSR) – 2016–2018-yillarda Buvayda tumani hokimi, 2018–2021-yillarda Bagʻdod tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Alibek Mamirjonovich Tursunov 1979-yilning 1-avgustida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1995–1999-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida va 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan[1].

Dastlabki ish faoliyatini 1999–2001-yillarda Bagʻdod tumani shirkat xoʻjaligi agronomi sifatida; 2001–2006-yillarda Fargʻona viloyati "Gʻoʻza urugʻchiligi" birlashmasi yetakchi mutaxassisi, shu yerning bosh mutaxassisi, birlashma raisi oʻrinbosari va 2006–2011-yillarda esa birlashmasi raisi sifatida; 2011–2012-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri sifatida; 2012–2013-yillarda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2013-yilda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi sifatida; 2013–2016-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Buvayda tumani hokimi sifatida[2][3]; 2018-yilda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Fargʻona viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi sifatida; 2018–2019-yillarda Bagʻdod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Bagʻdod tumani hokimi sifatida[4][5] oʻz faoliyatini olib borgan[1].

2021-yildan esa Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi faoliyat yuritib kelmoqda[6][7].

  1. 1,0 1,1 Fargʻona viloyati hokimligi rasmiy veb sayti. „Фарғона вилояти ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  2. Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida 3ta tuman hokimi o‘zgardi“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  3. „Фарғона вилоятида яна иккита туман ҳокими алмашди“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  4. Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida bir kunda to‘rt tumanda rahbarlar o‘zgardi“ (7-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  5. „Фарғонада яна икки ҳоким алмашди“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  6. Kun.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. „Фарғона вилояти ҳокимининг ўринбосари ўзгарди“ (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.