Alisher Ahmedov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 4-avgust 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 191 cm (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2008 | Soʻgʻdiyona | ? | (?) |
2009—2010 | Uz-DongJu | ? | (?) |
2011 | Nasaf | ? | (?) |
2011—2012 | Neftchi | ? | (?) |
2013 | Buxoro | ? | (?) |
2014 | Registon | ? | (?) |
2013—2015 | Gefest (Qozogʻiston) | 10 | (0) |
2015 | Nyu-Radiant (Maldiv orollari) | 14 | (0) |
2016 | Dila (Gruziya) | 0 | (0) |
2016—2018 | Alay (Qirgʻiziston) | ? | (?) |
2019 | Anduud City FC (Mogʻuliston) | 14 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2024 | Lokomotiv D.r murabbiy | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Axmedov Alisher Mahmudovich (oʻzbekcha: Alisher Mahmudovich Ahmedov ; 1987 yil 4-avgust) – oʻzbek futbolchisi, darvozabon. 2024-yildan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007—2013-yillarda Oʻzbekiston chempionatining turli klublarida, jumladan, „Soʻgʻdiyona“, „Uz-Dong-Ju“, „Nasaf“, Fargʻonaning „Neftchi“, „Registon“, „Buxoro“ klublarida toʻp surgan. 2013-yilda u Qozogʻiston chempionatiga oʻtdi va Gefest jamoasida oʻynay boshladi. U 2015-yilgi mavsumni Maldiv orollari chempionatida ishtirok etuvchi „New Radiant“ klubida oʻtkazdi[1][2]. 2016-yil boshida u gruziyalik Dila bilan shartnoma imzolagan, biroq tez orada oʻyinchilarga maosh toʻlanmagani uchun Dilaning diskvalifikatsiyasi tufayli imzolangan shartnoma bekor qilingan. Fevral oyida bir muddat Samarqand „Dinamo“ jamoasining yigʻinlari va oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashdi[3][4]. Oʻsha oyda Qirgʻizistonning Oloy klubiga koʻchdi[5]. 2017-yil avgust oyida Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan shartnola imzolagan[6].
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Maldiv orollari chempioni: 2015[7]
- Maldiv orollari prezidenti kubogi finalchisi: 2015
- Maldiv FA Charity Shield finalchisi: 2015
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Алишер Аҳмедов: «Мальдивга қайтишни афзал билдим»“ (2016-yil 3-sentyabr).
- ↑ „ВИДЕО. Мальдив оролларидан Алишер Аҳмедовнинг сейвлари“ (2015-yil 11-avgust).
- ↑ „Алишер Аҳмедов: «Дила» билан шартномамни бекор қилдик"“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-mart.
- ↑ Ahmedov Gruziya chempioni bilan shartnoma imzoladi
- ↑ „Футбол: чемпион «Алай» приобрел вратаря из Узбекистана“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ „Алишер Аҳмедов: "Олий лигада мураббийлар асосан ўз болаларини ўйнатишади..."“ (2017-yil 10-avgust).
- ↑ „Ўзбекистонлик футболчи Мальдив ороллари чемпионати ғолибига айланганини биласизми?“ (2022-yil 11-iyun).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 4-avgustda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Registon klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Uz DongJu klubi futbolchilari
- Gefest FC klubi futbolchilari
- FC Dila Gori futbolchilari
- FC Alay futbolchilari
- New Radiant S.C. futbolchilari
- Anduud City FC futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari