Kontent qismiga oʻtish

Amoksitsillin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amoksitsillin — dori vositasi, yarim sintetik antibiotik, penitsillinlar guruhining keng spektrga ega vakili, bakterial infeksiyalarni davolashda ishlatiladi[1]. Uning davolash spektriga oʻrta quloq infeksiyasi, tonzillit, pnevmoniya, teri infeksiyalari va siydik yoʻllari infeksiyalari kiradi[1]. Ogʻiz orqali yoki inyeksiya yoʻli bilan qabul qilinadi[1][2].

Keng tarqalgan nojoʻya taʼsirlariga koʻngil aynishi va toshmalar kiradi[1]. Bundan tashqari u achitqi infektsiyalari havfini oshirishi mumkin, klavulan kislotasi bilan birgalikda qoʻllanilganda diareyaga olib kelishi ham mumkin[3]. Preparat penitsillinga allergiyasi boʻlganlar tomonidan foydalanilmasligi kerak[1]. Buyrak muammolari da ishlatilishi mumkin boʻlsa-da, dozani kamaytirish kerak boʻlishi mumkin[1]. Homiladorlik va emizish davrida foydalanish havfli emas[1]. Amoksitsillin beta-laktam antibiotiklar guruhiga kiradi[1]. Farmakologik xususiyatlariga koʻra, u ampitsillinga yaqin, ammo undan farqli oʻlaroq, ichilganda yaxshi biomavjudlikka ega. Amoksitsillin, boshqa koʻplab beta-laktam antibiotiklari singari, maʼlum bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan beta-laktamazalar tomonidan parchalanishga moyil, shuning uchun u koʻpincha klavulan kislotasi bilan birgalikda qoʻllanadi, bu kislota fermentlarning ingibitori sifatida ishlaydi.

Tibbiyotda qoʻllanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amoksitsillin bir qator infektsiyalarni, jumladan oʻtkir oʻrta otit, streptokokkli faringit, pnevmoniya, teri infeksiyalari, siydik yoʻllari infeksiyalari, salmonella infeksiyalari, Laym kasalligi va xlamidiya infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladi[1][4].

Oʻtkir oʻrta otit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir oʻrta otitda 6 oygacha boʻlgan bolalar odatda amoksitsillin yoki boshqa antibiotiklar bilan davolanadi. Oʻtkir oʻrta otit boʻlgan ikki yoshdan oshgan bolalarning koʻpchiligi amoksitsillin yoki boshqa antibiotiklar bilan davolashdan foyda keltirmasa ham, bunday davolash ikki yoshga toʻlmagan ikki tomonlama oʻtkir oʻrta otit boʻlgan (quloq drenajlanishi bilan kuzatiladigan) bolalar uchun foydaliboʻlishi mumkin[5][6][7]. Oʻtmishda oʻtkir oʻrta otitni davolashda amoksitsillin kuniga uch martaga buyurilgan, buning natijasida kundalik ambulatoriya amaliyotida dozani oʻtkazib yuborish xolatlari kuzatilgan. Hozirgi kunda kuniga ikki marta yoki bir marta dozani ichish xuddi shunday samaradorlikka ega ekanligi haqida dalillar mavjud[8].

Nafas olish yoʻllari infektsiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) amoksitsillinni „ogʻir“ boʻlmagan pnevmoniya uchun birinchi darajali davolash usuli sifatida tavsiya qiladi. Amoksitsillin Buyuk Britaniya Milliy Sogʻliqni saqlash va Taʼlim Instituti tomonidan kattalardagi shifoxonadan tashqari pnevmoniya uchun birinchi darajali davolash usuli sifatida yakka oʻzi (yengil va oʻrta darajadagi kasallik) yoki makrolidlar bilan birgalikda tavsiya etiladi. Amoksitsillin kuydirgini postkontakt ingalatsiyalashda kasallikning rivojlanishini oldini olish va profilaktika maqsadida qoʻllanadi[4] [ norasmiy manba? ]. Sinusitni aksariyat holatlarda viruslar keltirib chiqaradi, bunda amoksitsillin va amoksitsillin-klavulanat samarasiz hisoblanadi[9], amoksitsillinning kasllikda ozgina foydasidan nojoʻya taʼsiri koʻproq boʻlishi mumkin[10].

Helicobacter pylori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Helicobacter pylori keltirib chiqargan oshqozon infeksiyalarida koʻp komponentli davolash rejimining bir qismi sifatida samarali hisoblanadi. Odatda proton nasosi inhibitorlarii (masalan, omeprazol) va makrolid antibiotiklari (masalan, klaritromitsin) bilan birga qoʻllanadi; boshqa dori kombinatsiyalari ham samarali[11].

Laym borreliozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amoksitsillin erta Laym teri borreliozini davolashda samarali; Ogʻiz orqali yuboriladigan amoksitsillinning samaradorligi va havfsizligi anʼanaviy muqobil antibiotiklardan yaxshiroq[12].

Teri infeksiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amoksitsillin baʼzida teri infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladi[4], masalan, akne vulgaris[13]. Bu koʻpincha doksisiklin va minosiklin[14] kabi boshqa antibiotiklarga yaxshi javob bermaydigan akne vulgaris uchun samarali davo hisoblanadi.

Resurs cheklangan sharoitlarda chaqaloqlardagi infeksiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti amoksitsillinni ota-onalar bolaning kasalxonaga yotqizilishini qabul qila olmaydigan yoki istamaydigan resurslar cheklangan holatlarda pnevmoniya belgilari va simptomlari boʻlgan chaqaloqlarni davolash uchun tavsiya qiladi. Amoksitsillin gentamitsin bilan birgalikda kasalxonaga yotqizishning iloji boʻlmaganda, boshqa ogʻir infeksiyalar belgilari boʻlgan chaqaloqlarni davolash uchun tavsiya etiladi.

Bakterial endokardit profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundan tashqari, stomatologiya bilan shugʻullanadigan, kasallanish havfli yuqori odamlarda bakterial endokarditning oldini olish, oʻroqsimon hujayrali anemiyasi boʻlgan taloqsiz odamlarda Streptococcus pneumoniae va boshqa kapsulalangan bakterial infektsiyalarning oldini olish va kuydirgining oldini olish va davolash uchun ishlatiladi[1]. Birlashgan Qirollik uni infektsion endokarditning oldini olish uchun ishlatishni tavsiya etmaydi[15]. Tadqiqotlarga koʻra ushbu tavsiyalar infeksion endokardit bilan kasallanish darajasiga taʼsir qilmagan[16].

Kombinatsiyalangan davolash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amoksitsillin koʻpchilik b-laktam antibiotiklariga, masalan, penitsillinga chidamli boʻlgan b-laktamaza ishlab chiqaruvchi bakteriyalar tomonidan parchalanishga moyil. Shu sababli, u b-laktamaza inhibitori boʻlgan klavulan kislotasi bilan kombinatsiya qilinishi mumkin.

Faollik spektri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aamoksitsillin aminopenitsillinlar oilasiga kiruvchi, oʻrtacha taʼsir doirasiga ega bakteriolitik b-laktam antibiotik, sezgir grammusbat va grammusbat bakteriyalarni davolash uchun ishlatiladi. Odatda bu sinfda tanlanadigan dori, chunki u boshqa b-laktam antibiotiklariga qaraganda ogʻiz orqali yuborilgandan keyin yaxshiroq soʻriladi. Umuman olganda, Streptococcus, Bacillus subtilis, Enterococcus, Haemophilus, Helicobacter va Moraxella amoksitsillinga sezgir, Citrobacter, Klebsiella va Pseudomonas aeruginosa esa unga chidamli[17]. Baʼzi E. coli va Staphylococcus aureusning koʻpgina klinik shtammlari amoksitsillinga maʼlum darajada rezistentlik xosil qilgan.

Qoʻllashga koʻrsatmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amoksitsillinga sezgir mikroflora keltirib chiqargan bakterial infeksiyalar: nafas olish yoʻllari va yuqori nafas yoʻllarining infeksiyalari (sinusit[18], faringit, tonzillit, oʻtkir otitlar; bronxit, pnevmoniya), siydik tanosil tizimi (piyelonefrit, piyelit, sistit, endometrit, uretrit, endometrit, servitsit), oshqozon-ichak trakti (peritonit, enterokolit, qorin tifi, xolangit, xoletsistit,Helicobacter pylori infeksiyasi keltirib chiqargan gastrit), teri va yumshoq toʻqimalar infeksiyalari (roja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatoz, leptospiroz, listerioz, Laym kasalligi (borrelioz), dizenteriya, salmonellyoz, salmonella tashuvchanlik, meningit, endokardit (profilaktika), sepsis.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlarga ham), allergik diatez, bronxial astma, pollinoz, infeksion mononukleoz, limfositik leykemiya, jigar yetishmovchiligi, anamnezda oshqozon-ichak trakti kasalliklari (ayniqsa, antibiotiklar qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan kolit), emizish davri, bolalik va qarilik.

Ehtiyotkorlik bilan — homiladorlik, buyrak yetishmovchiligi, anamnezda qon ketishi.

Ovqatdan oldin yoki keyin ichiladi.

Shifokor retsepti boʻyicha.

Dozani oshirib yuborish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolitlar balansining buzilishi (qusish va diareya natijasida).

Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan koʻmir, tuzli ich surgi dorilar, suv va elektrolitlar muvozanatini saqlash uchun preparatlar; gemodializ.

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 „Amoxicillin“. The American Society of Health-System Pharmacists. 2015-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-avgust.
  2. „Amoxicillin Sodium for Injection“. EMC (2016-yil 10-fevral). 2016-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-oktyabr.
  3. Gillies, M; Ranakusuma, A; Hoffmann, T; Thorning, S; McGuire, T; Glasziou, P; Del Mar, C (17-noyabr 2014-yil). „Common harms from amoxicillin: a systematic review and meta-analysis of randomized placebo-controlled trials for any indication“. CMAJ : Canadian Medical Association Journal. 187-jild, № 1. E21–31-bet. doi:10.1503/cmaj.140848. PMC 4284189. PMID 25404399.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. 4,0 4,1 4,2 „Amoxicillin“. Davis (2017). 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-mart.
  5. Venekamp, Roderick P.; Sanders, Sharon L.; Glasziou, Paul P.; Del Mar, Chris B.; Rovers, Maroeska M. (2015-06-23). „Antibiotics for acute otitis media in children“ (PDF). The Cochrane Database of Systematic Reviews. № 6. CD000219-bet. doi:10.1002/14651858.CD000219.pub4. ISSN 1469-493X. PMID 26099233. 2021-08-27da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2020-12-10.
  6. Venekamp, Roderick P.; Sanders, Sharon L.; Glasziou, Paul P.; Del Mar, Chris B.; Rovers, Maroeska M. (2015-06-23). „Antibiotics for acute otitis media in children“ (PDF). The Cochrane Database of Systematic Reviews. № 6. CD000219-bet. doi:10.1002/14651858.CD000219.pub4. ISSN 1469-493X. PMID 26099233. 2021-08-27da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2020-12-10.
  7. „Антибиотики при остром среднем отите у детей“. Cochrane Library.
  8. „Once or twice daily versus three times daily amoxicillin with or without clavulanate for the treatment of acute otitis media“. Cochrane Database Syst Rev. № 12. December 2013. CD004975-bet. doi:10.1002/14651858.CD004975.pub3. PMID 24338106.
  9. American Academy of Allergy, Asthma, and Immunology (2012). „Five Things Physicians and Patients Should Question“ (PDF). Choosing Wisely: An Initiative of the ABIM Foundation. American Academy of Allergy, Asthma, and Immunology. 3-noyabr 2012-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2012-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () CS1 maint: uses authors parameter ()
  10. Ahovuo-Saloranta, A.; Rautakorpi, U. M.; Borisenko, O. V.; Liira, H.; Williams Jr, J. W.; Mäkelä, M. (2014). Ahovuo-Saloranta, Anneli (muh.). „Antibiotics for acute maxillary sinusitis“. The Cochrane Database of Systematic Reviews. № 2. CD000243-bet. doi:10.1002/14651858.CD000243.pub3. PMID 24515610.
  11. „ACG Clinical Guideline: Treatment of Helicobacter pylori Infection“. Am. J. Gastroenterol. 112-jild, № 2. February 2017. 212–239-bet. doi:10.1038/ajg.2016.563. PMID 28071659.
  12. „Efficacy and Safety of Antibiotic Therapy in Early Cutaneous Lyme Borreliosis: A Network Meta-analysis“. JAMA Dermatol. 154-jild, № 11. November 2018. 1292–1303-bet. doi:10.1001/jamadermatol.2018.3186. PMC 6248135. PMID 30285069.
  13. „Adolescent Acne: Management“. 2010-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Amoxicillin and Acne Vulgaris“. scienceofacne.com (2012-yil 5-sentyabr). 2012-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  15. „CG64 Prophylaxis against infective endocarditis: Full guidance“. NICE. 2011-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyun.
  16. Thornhill, MH; Dayer, MJ; Forde, JM; Corey, GR; Chu, VH; Couper, DJ; Lockhart, PB (2011-05-03). „Impact of the NICE guideline recommending cessation of antibiotic prophylaxis for prevention of infective endocarditis: before and after study“. BMJ (Clinical Research Ed.). 342-jild. d2392-bet. doi:10.1136/bmj.d2392. PMC 3086390. PMID 21540258.
  17. „Amoxicillin spectrum of bacterial susceptibility and Resistance“. 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.
  18. Алексеева Н. С., Азнабаева Л. Ф., Антонив В. Ф. и др.. Оториноларингология: нац. рук.. ГЭОТАР-Медиа, 2009 — 469-bet. ISBN 9785970413586.