Andoza:Yangiliklar/Arxiv 11
Qiyofa
- 2021-yil yangiliklari
Arxiv |
---|
- Odil Ahmedov (tasvirda) futboldagi faoliyatini yakunladi.
- Hondurasda prezident lavozimini Xiomara Castro egalladi va buning ortidan u mamlakat tarixida prezident lavozimini egallaydigan ilk ayol boʻladi.
- Oʻzbek aktyori Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.
- Avstriya kansleri Sebastian Kurz isteʼfoga chiqqanidan soʻng, uning oʻrnini Alexander Schallenberg egalladi.
- Britaniyalik tennischi Emma Raducanu Amerika ochiq chempionatining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib boʻldi.
- Indoneziyaning Tangerang shahridagi qamoqxonada yuz bergan yongʻin oqibatida 41 kishi halok boʻldi, 77 kishi esa jarohatlandi.
- Belaruslik yengil atletikachi Kristina Timanovskaya Belarus Milliy olimpiya qoʻmitasi uni Minskka majburan olib chiqib ketishga urinishlaridan soʻng, gumanitar viza bilan Polshaga yetib bordi.
- Gʻarbiy Yevropada sodir boʻlgan kuchli toshqinlar oqibatida 160 dan oshiq kishi halok boʻldi.
- Ibrohim Raisiy Eron prezidenti etib saylandi.
- Isroilda yangi hukumat tuzilib, Naftali Bennett bosh vazir etib saylandi hamda Benjamin Netanyahuning 12 yillik faoliyatiga chek qoʻyildi.
- Mexiko shahrida metro koʻprigining qulashi oqibatida 23 kishi halok boʻldi, 70 dan oshiq kishi esa jarohat oldi.
- Tanzaniya prezidenti John Magufuli 61 yoshida vafot etganidan soʻng, uning lavozimini Samia Suluhu egallab, Tanzaniya tarixidagi ilk ayol prezident boʻldi.
- Tennisda Naomi Osaka ayollar, Novak Đoković esa erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan Australian Open yakkalik bahslarida gʻolib boʻlishdi.