Andoza:Yangiliklar/Arxiv 9
Qiyofa
- 2019-yil yangiliklari
Arxiv |
---|
- Saudiya Arabistoni sudi Jamal Khashoggining (tasvirda) oʻlimida ayblanayotgan besh kishini oʻlim jazosiga hukm qildi.
- AQSh namoyondalar palatasi prezident Donald Trumpga (tasvirda) impichment eʼlon qildi.
- Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining Yunusobod bekati qurilishida sodir boʻlgan fojia natijasida 6 kishi halok boʻldi.
- Buyuk Britaniyaning Boris Johnson boshchiligidagi hukmron Konservativ partiyasi saylov natijalariga koʻra parlamentda koʻpchilik oʻrinni qoʻlga kiritdi.
- Xorazm lazgisi UNESCO nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritildi.
- Shvetsiyalik iqlim himoyachisi Greta Thunberg Time jurnali talqini boʻyicha Yil kishisi deb topildi.
- Qirgʻizistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov 15 yilga qamaldi.
- Lionel Messi oltinchi marta oltin toʻp sohibi boʻldi.
- Boliviyadagi norozilik namoyishlari natijasida prezident Evo Morales hokimiyatdan chetlatildi.
- Keniyalik yengil atletikachi Eliud Kipchoge marafon masofasini 2 soatdan kamroq vaqt ichida yugurib oʻtgan birinchi insonga aylandi.
- Germaniyalik futbolchi Bastian Schweinsteiger professional faoliyatini yakunladi.
- Fransiyaning sobiq prezidenti Jacques Chirac 86 yoshda vafot etdi.
- Yekaterinburgda Boks boʻyicha jahon chempionati 2019 nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekistonlik bokschilar Bahodir Jalolov, Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzahalilov oltin medalga ega boʻlishdi.
- Iqlim uchun maktab norozilik namoyishlari doirasida 150 davlatda iqlim oʻzgarishiga qarshi aksiya boʻlib oʻtdi.
- Amerikalik yozuvchi Toni Morrison vafot etdi.
- Boris Johnson Birlashgan Qirollik bosh vaziri etib saylandi.
- "Qasoskorlar: Intiho" filmi tarixdagi eng daromadli film boʻldi.
- Ursula von der Leyen Yevropa Kengashi prezidenti etib saylandi.
- Qosim-Joʻmart Toqayev Qozogʻiston prezidenti etib saylandi.
- Brexit masalasida yechim topa olmayotgan Theresa May isteʼfoga chiqdi.
- Oʻzbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi.
- Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi.
- Isroil-Gʻazo chegarasidagi toʻqnashuvlarda kamida 29 nafar odam halok boʻldi.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina prezidenti etib saylandi.
- Zuzana Čaputová Slovakiya prezidenti etib saylandi.
- Qozogʻistonni 30 yil mobaynida boshqargan prezident Nursulton Nazarboyev isteʼfoga chiqdi, Qosim-Joʻmart Toqayev muvaqqat prezident etib tayinlandi.
- Rustam Shoabdurahmonov Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti etib saylandi.
- Idai sikloni natijasida sodir boʻlgan suv toshqinlari va shamollar Mozambik, Malavi, Zimbabve va Janubiy Afrikada 400 dan ortiq kishi oʻlimiga sabab boʻldi.
- Amerika futboli boʻyicha Super Bowlda New England Patriots Los Angeles Ramsni magʻlubiyatga uchratdi (tasvirda).
- Qoʻshma Shtatlar va Rossiya Oʻrta Osiyoning yadro qurollari boʻyicha shartnomasini toʻxtatmoqchi.
- Futbol boʻyicha AFC Osiyo kubogi finalida Qatar Yaponiyani magʻlubiyatga uchratdi.
- Shimoliy Amerikaga yopirilgan sovuq havo oqibatida kamida 21 odam halok boʻldi.
- Venesuela prezidenti Nicolás Maduro hokimiyatdan chetlatildi.
- Gabonda harbiylar ishtirokida davlat toʻntarishi yuz berdi.
- Indoneziyada sunami natijasida kamida 426 nafar kishi vafot etdi, 7,000 dan oshiq odam jarohatlandi (tasvirda).