Angel Di Maria
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ángel Fabián Di María Hernández | ||
Tavallud sanasi | 14-fevral 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Rosario, Argentina | ||
Boʻyi | 180 sm | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 22 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2005 | Rosario Central | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 2007—2010 2010 — hz. |
Rosario Central Benfika Real Madrid |
(35 (6) 82 (12) 58 (11)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2005 2008 2008 — hz. |
Argentina U-20 Argentina (olimp.) Argentina |
(13 (3) 5 (2) 27 (5)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Anxel Fabian Di Maria Ernandez (ispancha: Ángel Fabián Di María Hernández; 14-fevral 1988, Rosario) — argentinalik futbolchi, qanot yarimhimoyachisi. Rosario Sentral jamoasi tarbiyalanuvchisi. Real Madrid va Argentina terma jamoasi oʻyinchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anxel Di Maria futbolga kirib kelishiga vrachning maslahati sabab boʻlgan. U juda harakatchan bola boʻlgan va sira tinchimaydigan kuchini qayergadur ishlatish uchun sportga muhtoj edi[1]. U oʻzining faoliyatini 7 yoshida oʻzining tugʻilib oʻsgan shahridagi „Atletiko El Torito“ jamoasida boshladi va 13 yoshida „Rosario Sentral“ga oʻtdi. Aynan shu jamoada u birinchi boʻlib oʻzini koʻrsata oldi. Di Maria 17 yoshida oʻz jamoasining asosiy tarkibida „Independiente“ jamoasi bilan kechgan Aperturaning soʻnggi tur oʻyinida debyutini nishonladi. Ikki yil oʻtib, unga nisbatan yevropa jamoalari qiziqishni boshladi. Ular orasida Rossiyaning „Rubin“ jamoasi ham bor edi va Di Maria bu jamoa bilan deyarli kelishuvga erishgan edi, ammo soʻnggi damda fikrini oʻzgartirdi[2].
2007-yilda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan soʻng (musobaqada davomida 3 ta gol urgan), Di Mariani Portugaliyaning grand jamoasi „Benfika“ 6 mln. yevro evaziga sotib oldi[3]. „Benfika“ prezidenti Luish Felipe Vieyra oʻz nutqida Simau Sabrozega yaqin 5 yil ichidagi eng yaxshi oʻrinbosarni sotib olinganini taʼkidladi.
2008-yili Di Maria Olimpiada chempioni boʻldi. U Niderlandlar bilan oʻtkazilgan chorak final oʻyinning 105-daqiqasida Lionel Messi tomonidan uzatilgan toʻpni darvoza kiritib, Argentinaga gʻalabani taʼminlay oldi. Ammo Di Marianing hayotidagi asosiy lahzalardan biri Nigeriya bilan oʻtkazilgan final oʻyinining 58-daqiqasida roʻy berdi. Ushbu oʻyinda u yagona gol muallifi boʻldi va Argentina oʻz tarixida ikkinchi marta futbol boʻyicha Olimpiada musobaqasida chempionlik nomiga sazovor boʻldi.[4].
„Benfika“da futbolchilik faoliyati omadli keldi: uni muxlislar oz vaqt ichida yaxshi koʻrib qolishdi. Ikki yillik chempion nomiga ega boʻlolmayotgan jamoa (bu vaqt mobaynida faqatgina liga kubogini qoʻlga kiritgan) milliy chempionatda yana oʻzini koʻrsata oldi. Jamoa nafaqat Liga kubogi gʻolibi nomini saqlay oldi, balki Portugaliyada eng yaxshi jamoa ham boʻla oldi. Anxelning oʻyini esa yevropaning koʻpgina grand jamoalarining eʼtiborini qaratdi va JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, uni Ispaniyaning Real Madrid jamoasi oʻz safiga qoʻshib olishga erishdi.
2009-yilning dekabrida Manchester Yunayted Di Maria uchun 10 mln. yevro berishini maʼlum qildi, lekin Benfika rad javobini berdi[5].
„Qirollik klubi“ transferni rasman 2010-yilning 28-iyunida rasmiylashtirdi. Kelishuv 6 yilga moʻljallandi. Transfer summasi 25 mln. yevroni tashkil etdi,[6] qoʻshimcha yana 5 mln. jamoaning tarkib roʻyxatiga kiritilgandan soʻng berildi[7].
Di Maria jamoaga qoʻshilgandan soʻng, press-konferensiyada: " Men „Real“ oʻyinchisi boʻlganimdan bagʻoyat xursandman. Azaldan kuchli Yevropa chempionatida toʻp surishni orzu qilar edim. Bu voqea menga Argentina terma jamoasi oʻyinlarida yana ham kuch beradi va nasib boʻlsa, Madridga Jahon chempioni boʻlib boraman.[8].
29-avgustda u jamoa tarkibida Ispaniya chempionatining birinchi turida „Malorka“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinida debyut qildi[9]. 18-sentabrda Di Maria „Real“dagi birinchi golini kiritdi va „Real Sosedad“ ustidan qozonilgan gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi[10]. Oʻn kun oʻtib, u Chempionlar ligasidagi birinchi golini „Oser“ jamoasi darvozasiga kiritib, jamoaga gʻalaba keltirdi[11].
2011-yilning 20-aprelida Ispaniya kubogining finalida Barselonaga qarshi kechgan oʻyinning 120-daqiqasida u ikkinchi sariqni olib, oʻyindan chetlatildi. Oʻsha oʻyinda „Real“ 1:0 hisobida aynan Di Maria chiroyli toʻp uzatishi natijasida Krishtianu Ronaldu urgan goli evaziga gʻalaba qozonib, 18 yil davomida erisha olmay kelayotgan Ispaniya kubogi sohibi nomiga sazovor boʻldi.
2011-yilning 1-mayida oʻzining „Real“dagi 50-nchi oʻyinini oʻtkazdi[9]. Mavsum tugaganidan soʻng, futbolchi oʻz kontraktining shartlari yaxshilanishini xohlashini aytdi[12].
2011-yil 7-noyabrida belidan jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdi[13][14].
dekabrda Anxel „Real“ rahbarlariga oʻz ish haqini yiliga 1,8 mln.dan 3,5 mln. yevroga koʻtarishni soʻrab, murojaat qildi.[15].
2012-yil 12-avgustda shartnomasi 2018-yilgacha uzaytirildi[16].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007 yilda Di Maria 20 yoshgacha Argentina terma jamoasi safiga chaqirildi. U termaga Paragvayda oʻtkazilgan Janubi Amerika yoshlar chempionati musobaqasiga chaqirildi. U musobaqada 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va keyin Kanadada oʻtkazilgan 20 yoshgacha Jahon chempionati turniriga ham chaqirildi. Bu turnirda u 3 ta gol urdi, Argentina esa musobaqada gʻolib boʻldi.
2008-yil 28-yanvarda Di Maria va 20 yoshgacha terma jamoa safidagi baʼzi jamoadoshlari bilan Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari musobaqasiga chaqirildi. Niderlandlarga qarshi oʻtkazilgan chorak final uchrashuvida u gʻalaba toʻpini kiritdi va Argentina 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Finalda esa Nigeriyaga qarshi kechgan uchrashuvda Di Marianing goli evaziga Argentina 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqa chempioni nomiga sazovor boʻldi. Di Maria 2010-yilgi Jahon chempionatida Argentina sharafini himoya qiluvchi 23 oʻyinchidan biri boʻldi. 2010-yil 11-avgustda u Dublinda oʻtkazilgan Irlandiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda u birinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi. Oʻsha uchrashuvda Argentina 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.[17]
Erishgan natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Portugaliya ligasi kubogi sohibi: 2009, 2010
- Portugaliya chempioni: 2009/10
- Ispaniya chempioni: 2011/12
- Ispaniya kubogi: 2010/11
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
- Olimpiada chempioni: 2008
- Yoshlar oʻrtasida Jahon chempioni: 2007
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoalarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 13-may holatiga
Jamoa | Mavsum | Chempionat | Kubok | Liga kubogi | Yevrokubok | Jami | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | ||
Rosario Sentral | 2005/06 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | 0 | 5 | 0 | 0 | ||
2006/07 | 16 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 16 | 1 | 0 | |||
2007/08 | 18 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 18 | 5 | 0 | |||
Jami | 35 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | 0 | 39 | 6 | 0 | |||
Benfika | 2007/08 | 26 | 0 | 3 | 5 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 | 10 | 1 | 1 | 44 | 1 | 4 |
2008/09 | 24 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | 1 | 5 | 1 | 0 | 34 | 4 | 3 | |
2009/10 | 26 | 5 | 12 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 | 1 | 14 | 4 | 6 | 45 | 10 | 19 | |
Jami | 76 | 7 | 17 | 6 | 0 | 0 | 12 | 2 | 2 | 29 | 6 | 7 | 123 | 15 | 26 | |
Real Madrid | 2010/11 | 35 | 6 | 11 | 8 | 0 | 6 | — | 10 | 3 | 3 | 53 | 9 | 20 | ||
2011-12 | 23 | 5 | 15 | 2 | 0 | 0 | — | 4 | 1 | 0 | 20 | 5 | 13 | |||
Vsego | 49 | 10 | 24 | 10 | 0 | 6 | — | 17 | 5 | 4 | 85 | 16 | 34 | |||
Jami faoliyatida | 169 | 24 | 41 | 16 | 0 | 6 | 12 | 2 | 2 | 50 | 11 | 11 | 247 | 37 | 60 |
Milliy terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy t.j. | Klub | Mavsum | Oʻ. | G. |
---|---|---|---|---|
Argentina | Benfika | 2008/09 | 3 | 0 |
2009/10 | 10 | 1 | ||
Real Madrid | 2010/11 | 10 | 3 | |
2011/12 | 6 | 2 | ||
Jami | 29 | 6 |
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 22. DI MARÍA
- ↑ Press-konferensiya ot 24-yanvarya 2007 goda s Kurbanom Berdievim, 2007-10-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
- ↑ „MYu“ predlojit za di Mariyu £ 8 mln i Andersona, 2010-05-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
- ↑ Angel delivers Argentina gold, 2011-12-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
- ↑ „Benfika“ ne prodala di Mariyu „MYu“
- ↑ Di Mariya podpisal shestiletniy kontrakt s „Realom“
- ↑ A Bola: za transfer di Marii „Real“ zaplatit „Benfike“ € 30 mln
- ↑ Di Mariya: day bog, chtobi ya priexal v Madrid chempionom mira, 2010-07-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
- ↑ 9,0 9,1 Di Mariya provyol 50-y match v sostave „Reala“
- ↑ Di Mariya: zabil krasiviy gol nerabochey nogoy, 2010-09-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
- ↑ „Oser“ — „Real“ — 0:1, 2017-08-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 7 (yordam) - ↑ Serxio Ramos: pust di Mariya dumaet ne o dengax, a o futbole
- ↑ Di Mariya propustit primerno chetire nedeli
- ↑ Mourinyu: di Mariya v techenie nekotorogo vremeni ne smojet pomoch „Realu“
- ↑ Di Mariya xochet povisheniya zarabotnoy plati v „Reale“
- ↑ [1]
- ↑ Irlandiya — Argentina — 0:1
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Real Madrid“ning rasmiy saytidagi sahifasi (ingl.) (isp.)
- Topforward saytidagi sahifasi
- Olimpiya oʻyinlari saytidagi Di Marianing sahifasi (Wayback Machine saytida 2014-11-13 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- La Liga saytidagi sahifasi
- Transfermarkt.co.uk saytidagi sahifasi
- 14-fevralda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Argentinalik futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- Real Madrid CF futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- 2018-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2017-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2016-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2015-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2014-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- Erkak futbolchilar