Anna Astaxova
Anna Astaxova | |
---|---|
Tavalludi |
22-iyun (4-iyul) 1886-yil Kronshtadt, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
30-aprel 1971-yil Leningrad, SSSR, RSFSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | folklorshunoslik, tarixshunoslik, oʻqituvchi, olim, publitsist |
Sohasi | folklorshunoslik |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mashhur shogirdlari | B. F. Yegorov, B. N. Putilov |
Mukofotlari |
Anna Mixaylovna Astaxova (22-iyun (4-iyul) 1886-yil, Kronshtadt, Sankt-Peterburg – 30-aprel 1971-yil, Leningrad) – sovet filologi va folklorshunosi, Rus Shimoli folklor tadqiqotchisi[1]. Filologiya fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anna Mixaylovna 1886-yil 22-iyunda Kronshtadtda harbiy dengizchi oilasida tavallud topdi. Olti yoshida onasidan ayrildi, 1903-yilda otasi ham vafot etdi. 17 yoshida ota-onasiz qolib, dars bera boshladi. Anna Muqaddas Yekaterina ordenining Peterburg maktabini imtiyozli diplom bilan tamomlab, 1903—1908-yillarda Sankt-Peterburg ayollar pedagogika institutining ogʻzaki-tarixiy boʻlimida tahsil olgan.
Astaxova Rossiya imperiyasining bir qator shaharlaridagi gimnaziyalarda tarix va adabiyotdan: Lifland guberniyasining Valka shahrida (1908—1909), Kavkazdagi Tbilisi guberniyasining Tiflis shahrida (1909—1911), keyin Sankt-Peterburg/Petrogradda Tenishev maktabida (1912—1920) dars bergan.
Astaxova 1921—1931-yillarda rus adabiyoti oʻqituvchisi, Davlat sanʼat tarixi institutida (GIII) ilmiy xodim lavozimida ishlab, taʼlim muassasining oliy kurslarini tamomlagan. 1926-yilda Zaonejye Davlat sanʼat va madaniyat institutining birinchi yirik keng qamrovli ekspeditsiyasida qatnashadi. Ekspeditsiya davomida dehqonlar madaniyatini koʻrib chiqqach, folklorshunos boʻlishga qatʼiy qaror qilgan. Sovet folklorshunosligi tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan GIIIIning keyingi uchta ekspeditsiyasi Rus Shimolidagi daryo havzalarining keng hududlarini qamrab oldi: Pinega (1927), Mezen (1928), Pechora (1929).
1931-yilda Davlat sanʼat tarixi instituti Davlat sanʼatshunoslik akademiyasi (GAIS) qilib qayta tashkil etilib, undan folklorshunoslik boʻlimi SSSR xalqlarini oʻrganish institutiga (IPIN) oʻtkazildi. 1933-yilda IPIN Antropologiya va Etnografiya muzeyi (Kunstkamera) bilan birlashtirilib, SSSR Fanlar Akademiyasi (IAE) Antropologiya va etnografiya institutini tashkil etadi. Shunga koʻra, bu davrda M. K. Azadovskiy (1888—1954) rahbarlik qilgan folklor seksiyasi 1933-yildan 1939-yilgacha ushbu institutning tarkibiy boʻlinmasida faoliyat yuritgan. 1939-yilda Folklor komissiyasi (1937-yildan nomi) SSSR Fanlar akademiyasining Adabiyot institutiga (Pushkin uyi) oʻtkazildi va u yerda SSSR xalqlar folklori boʻlimiga aylangan.
Anna Mixaylovna 1930-yillarning boshlarida Leningrad shahar qoʻshiqchilarining ashulalarini yozdi. „Leningradskiye ulichniye pevtsi“ toʻplami 1932-yilda deyarli nashrga tayyorlandi, ammo senzura tufayli chop etilmaydi. Pushkin uyining fono arxivida IPIN da qoʻshiqchilardan birining ovozi yozilgan roliklar, institutning qoʻlyozma boʻlimida esa qoʻlyozma matni va tuzuvchining izohlari bilan qoralama qoʻlyozma saqlanadi[2].
Anna 1939—1965-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Rus adabiyoti instituti ilmiy xodimi, xalq ijodiyoti boʻlimi kotibi, folklor qoʻlyozmalari ombori boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib bordi. Astaxova Ulugʻ Vatan urushi paytida 1941/1942-yillar qishidan omon qolgan Leningrad qamalida qoldi. 1942-yil iyul oyida Pushkin uyining omon qolgan boshqa xodimlari bilan birga Qozonga evakuatsiya qilindi. 1944-yilda „Severniy period v istorii russkoy bilini“ doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning qoʻlyozmasi 1948-yilda qayta koʻrib chiqilib, „Russkiy bilinniy epos na Severe“ monografiyasi shaklida nashr etilgan[3]. 1949-yilda professor darajasini olgan.
Professor Anna Mixaylovna Rus Shimoliga bir qator folklor ekspeditsiyalarini uyushtirdi. Kareliya, Pinega, Mezen, Pechora, Pomoriye va Sibirda, shuningdek, Moskva va Leningrad viloyatlarida oʻtkazgan ekspeditsiyalarida rus xalq ogʻzaki adabiyotining 10 mingdan ortiq asarlarini, birinchi navbatda, dostonlarni yozib oldi va keyinchalik tadqiq qildi. Anna folklorga oid 200 dan ortiq asarlar muallifi.
Dostonlarni oʻrganishda 1920-yillarda „Poetika i genezis bilin“[4] asarida ifodalangan A. P. Skaftimovning tarixiy yondashuvni tanqid qilgan va badiiy ijoddan xabardor boʻlishga chaqirgan nuqtai nazarini qoʻllab-quvvatlagan.
1956-yildan (birinchi jildning nashr etilishi) umrining oxirigacha koʻp jildli ilmiy nashr „Russkiy folklor“ toʻplamini (1-13 jildlar) tahrir qildi.
Anna Astaxova 1971-yil 30-aprelda vafot etdi va Sankt-Peterburgning Shimoliy qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Hurmat Belgisi“ ordeni
- „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali
- „Leningrad mudofaasi uchun“ medali
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Астахова Анна“ (ru). Петрозаводск ГОВОРИТ | Gazeta „Petrozavodsk“ online | Novosti Petrozavodska i Karelii (2014-yil 11-may). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- ↑ N. Komelina, M. Lure, S. Podrezova. Pesni ulichnogo pevsa Vladimira Yegorova v fonograficheskoy zapisi A. M. Astaxovoy// Antropologicheskiy forum. 2013. № 19
- ↑ „Русский былинный эпос на Севере“. 2020-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-may.
- ↑ Skaftimov A. P. Poetika i genezis bilin : ocherki – Saratov ; Moskva : Izd-vo V. Z. Yaksanova, 1924. – 224 s.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Astaxova Anna Mixaylovna | Mahalliy etnograflar va antropologlar. XX asr
- Astaxova Anna Mixaylovna (1886-1971) | Rossiyaning shimoliy etnografiyasi va folklori
- Astaxova Anna Mixaylovna | Yozuvchilar kitob doʻkoni
- Astaxova Anna Mixaylovna (1886-1971), folklorshunos, adabiyotshunos (F. 724; 443 ta) | Rus adabiyoti institutining elektron nashrlari (Pushkin uyi) RAS – Qoʻlyozmalar boʻlimining shaxsiy toʻplamlari
- Astaxova Anna Mixaylovna (1886-1971) – Shimoliy qabriston | Sankt-Peterburg va uning atrofidagi nekropol