Anpachi (Gifu)
Anpachi 安八町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°20′7.2″N 136°39′55.4″E / 35.335333°N 136.665389°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 18.19 km2 (7.02 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2018-yil 1-dekabr) |
15 072 |
Zichligi | 830 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0584-64-3111 |
|
Anpachi (yaponcha: 安八町 Anpachi-chō ) Yaponiyaning Gifu prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-dekabr holatiga koʻra, shaharda 5291 ta xonadonda 15072 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 830 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 18,16 kvadrat kilometrni tashkil etdi (7,01 mi²).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anpachi Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy hududida, Nobi tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahardan Ibi daryosi va Nagara daryosi oqib oʻtadi. Shahar botqoqli tekisliklarda bunyod etilgan boʻlib, koʻpincha suv toshqinlari yuzaga kelishi kuzatiladi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Anpachida oʻrtacha yillik harorat 15,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1877 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[2].
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ampachi aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 12,354 | — |
1980 | 13,901 | +12.5% |
1990 | 15,085 | +8.5% |
2000 | 15,078 | −0.0% |
2010 | 15,271 | +1.3% |
2020 | 14,355 | −6.0% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anpachi atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan va „Anpachi“ nomi Nara davri yozuvlarida, shu jumladan Nihon Shokida ham uchraydi. Edo davrida u asosan Ōgaki domeni tomonidan nazorat qilingan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Anpachi tumani tarkibida tashkil etilgan. 1955-yilda Musubu, Namori va Maki nomli uchta qishloq birlashib, Apache qishlogʻini tashkil etgan. 1960-yil 1-aprelda Anpachi shaharcha maqomini oldi[4].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi (guruch, sabzavot, sut, parrandachilik) va yengil sanoat (kompyuter bilan bogʻliq mahsulotlar, sut mahsulotlari, kimyo) mahsulotlari husoblanadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anpachida uchta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda yoʻlovchi temir yoʻl qatnovi mavjud emas.
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Meishin tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnaish
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda uzunligi 300 m dan ortiq boʻlgan fotovoltaik energiya ishlab chiqarish inshooti Quyosh Arkasi joylashgan[5].
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiyada
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fukui, Fukui, Yaponiya
Chet elda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anpachilik taniqli odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arashiyama Jirō — 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha kumush medal sovrindori
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ampachi town official statistics(yaponcha)
- ↑ Anpachi climate data
- ↑ Anpachi population statistics
- ↑ „History of Anpachi“ (Japanese). Anpachi official website. 2011-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
- ↑ „Sun Ark“ (Japanese). Anpachi official website. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
- ↑ „International Exchange“ (English). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)